VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Urumchi notinch ekan, Xitoy rahbari Italiya sammitini erta tark etdi


08/07/2009

[insert caption here]
Urumchida qattiq nazorat o'rnatilgan
Xitoyning Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida etnik to’qnashuvlar avj olar ekan, prezident Xu Tsintao xorijdan vatanga qaytgan. Uning Italiyada Katta Sakkizlik sammitida ishtirok etishi, so’ngra Portugaliyaga borishi kutilgan edi.

Uyg’ur va xitoy jamoalari o’rtasidagi qonli to’qnashuvlarga nuqta qo’yish uchun Shinjon markazi Urumchiga katta harbiy qo’shin kiritilgan. Kommendantlik soati bekor qilinib, transport qatnovi tiklangan.

Mahalliy rasmiylar “shaharda tartib o’rnatdik” desa-da, turli manbalarga ko’ra, ahvol hamon tang. Ko’chalarda namoyishchilar va politsiya o’rtasida vaqt-vaqti bilan to’qnashuvlar, tayoq ko’tarib yurgan odamlarni ko’rish mumkin. Qashg’arda ham norozilik chiqishlari kuzatilgan.

Mahalliy aholining aytishicha, kuchli xavfsizlik choralariga qaramasdan biror joyga qurolsiz chiqish xavfli. “Odamlar ishga tayoq yoki pichoq ko’tarib borayapti”, - deydi ayrimlar. 

Yakshanba kuni boshlangan namoyishlarda 156 dan ortiq odam o’lgan, 1500 ga yaqini qo’lga olingan. Hukumat qotillikda aybdor topilganlar o’limga mahkum etiladi deya ogohlantirgan. Urumchi va boshqa shaharlarda internet va uyali aloqa vositalari cheklangani bois ma’lumot asosan rasmiy manbalardan olinyapti.

Shinjondagi 20 million aholining qariyb yarmini tashkil etuvchi uyg’urlar markaziy hukumatni repressiya va diskriminatsiyada ayblaydi. Uyg’urlarning har qanday norozilik chiqishi odatda terrorizmga qiyoslanadi.   

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Chin Gang “Shinjondagi namyoyishlar ortida tashqi kuchlar turibdi” deydi. U xususan jahon uyg’urlari yetakchisi Robiya Qodirni ayblamoqda. Erkinlik kuychisi sifatida tanilgan, hozirda Amerikada yashayotgan Robiya Qodir ayblovni rad etadi va “xalqim Xitoy zulmidan to’yib ketgan” deydi. 

Kelasi hafta Osiyoga safar qilishi kutilayotgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton tomonlarni tinchlik saqlashga chaqirmoqda.

“Xitoydan kelayotgan ma’lumotga asoslanib, qon to’kilishi ortidagi sabablarni o’rganishga harakat qilyapmiz. Mintaqadagi ziddiyatlar uzoq tarixga ega ekanini bilamiz. Hozir eng muhimi zo’ravonlikni to’xtatish”, - deydi Klinton.

AQSh Davlat departamenti diplomatik kanallar orqali ham rasmiy Pekinga Shinjondagi vaziyat yuzasidan tashvish bildirgan. Kongressning ayrim a’zolari Xitoyning uyg’urlarga nisbatan qattiqqo’l siyosatini tanqid qilmoqda. “Rasmiy Pekin ular bilan muloqot boshlasin, huquqlarini ta’minlasin”, - deydi Palata spikeri Nensi Pelosi.

Yevropa Ittifoqi va BMT Inson huquqlari kengashi uy’gur-xitoylar o’rtasidagi mojaro tinch yo’l bilan hal qilinishi kerak deb chiqmoqda. Avstraliya Bosh vaziri Kevin Rudd Xitoydan ortiqcha kuch qo’llamaslikni so’ragan. Islomiy Konferensiya tashkiloti nazarida beqarorlikka olib kelgan omillar to’la o’rganilib, xolis tekshiruv boshlash lozim.

Turkiya  Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an o’z xalqi nomidan uyg’urlarga hamdardlik bildirib, ularni Xitoy va o’z davlati orasidagi ko’prik deb atagan. Xitoy Turkiyaga hamkor davlat ekanini tan olayotgan Erdog’an har ikki tomonni murosaga undamoqda.

Yevropa va AQShdagi uyg’ur jamoalar Xitoy elchixonalari qarshisida norozilik namoyishlari uyushtirmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Vashingtonda uyg'urlar namoyish o'tkazdi
Robiya Qodir uyg'urlar nomidan Xitoyga qator talablar qo'ymoqda
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
AQSh uyg'ur masalasida Xitoyni xotirjamlikka chaqirmoqda
Xitoy Urumchidagi qonli voqealarda uyg'ur yetakchini ayblamoqda
Urumchida uyg'urlar bosh ko'targan, to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available