VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Markaziy Osiyo davlatlari Urumchi borasida sukutda


08/07/2009

[insert caption here]
Qozog'iston hukumati aholini Shinjonga safar qilmaslik haqida ogohlantirgan
Qozog’istonda taxminan 400 ming uyg’ur istiqomat qiladi. Ular Sovet ittifoqi davrida ham, undan keyin ham kuchli siyosiy nazorat ostida yashab kelgan. 

Mutaxassislar fikricha, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga qo’shilgan qardosh, musulmon davlatlar ham uyg’urlarga g’animday munosabatda. 

Qozog’istonda uyg’urlar jamiyati  yetakchisi Qahramon Xojamberdi nazarida Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh davlatlar Urumchidagi voqealarni ehtiyotkorlik bilan kuzatmoqda. Qozog’iston hukumati aholini Shinjonga safar qilmaslik haqida ogohlantirgan.

Qahramon Xojamberdining aytishicha, Urumchida ro’y berayotgan hodisalar Qozogi’ston matbuotida kam yoritilmoqda.

“Bu yerda Rossiyaning uch telekanali ishlaydi. Faqat shu kanallar yoritdi, “Sinxua” axborot agentligiga tayanib. Urumchida talabalar, yoshlar namoyishga chiqibdi ekan, deb xabar berdi bugun,” – deydi u.

Qahramon Xojamberdi so'zlariga ko'ra, Qozog’istonda uyg’urlar jamiyati rivojlanishi, tili, madaniyatini saqlab qolishi uchun sharoit bor. Uyg’ur maktablar, teatrlari ishlamoqda. Ammo, deydi u, uyg’urlar yig’ilishi, namoyish o’tkazishi man qilingan. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirgan Qozog’iston Xitoyning yonini olishga majbur, deydi u.

Qozog’istondagi uyg’urlar xalqaro tashkilotlarga murojaat qilib, Sharqiy Turkistondagi vaziyatni tekshirishni so’ramoqda.

[insert caption here]
Qozog'istonda uyg'urlar madaniyati va tili rivojlanishi uchun sharoit bor, ammo bu xalq yig'ilish, namoyishlar o'tkazishi man qilingan
“Markaziy Osiyo davlatlari, Qozog’iston Urumchidagi voqealar yuzasidan rasman munosabat bildirishini, Xitoydan qirg’inni to’xtatishni talab qilishini xohlar edik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari, xorijlik muxbirlar mintaqaga borib, haqiqiy vaziyatni yoritsin,” – deydi Xojamberdi.

Uning aytishicha, bu voqealarga turtki bergan bosh omil - Xitoyning Sharqiy Turkistondagi repressiv siyosati.

“Xitoy hukumati doim xato siyosat yuritib keladi. Namoyishchilar bilan birinchidan suhbat, dialog o’tkazish kerak edi. Xitoy hukumati ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa ochiqchasiga murojaat qilib, milliy siyosatini qayta ko’rib chiqishi kerak,” – deydi u.


Download Suhbatni tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Suhbatni tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Kommunizmdan keyingi Rossiya hamon o'zligini qidirmoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak