VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Xitoy namoyishchilarni jazolamoqchi; Turkiya boykotga chaqirmoqda

09/07/2009

Xitoy davlat "Shinxua" axborot agentligining xabar berishicha, ijtimoiy xavfsizlik vaziri Shinjondagi tartibsizliklarga bosh bo'lgan odamlarni qattiq jazolash, qo'lga tushgan namoyishchilarni yaxshilab tarbiyalash lozim degan. Hukumat hisobiga ko'ra, uyg'urlar va xitoylar o'rtasida vujudga kelgan to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan, mingga yaqini jarohat olgan. Uyg'urlar esa aslida 800 ga yaqin kishi o'lgan demoqda.

Viloyat poytaxti Urumchida bir kunlik komendant soatidan so'ng avtobus qatnovi tiklangani, deyarli ikki yarim million kishilik shaharni xavfsizlik kuchlari va harbiy texnika nazorat qilayotgani aytilmoqda.

Pekindagi jurnalist Alison Kleymenga ko'ra, shaharda vaziyat ancha tinch.

"Shahar normal hayotga qaytmoqda. Do'konlar qayta ochilgan. Yakshanbadan beri odamlar ilk bor ishga chiqdi," deydi u.

Shu paytgacha bir yarim mingga yaqin kishi namoyish tashkilotchilari sifatida hibsga olingan. Rasmiylar ular qattiq jazolanadi, to o'lim jazosigacha deydi. Parijda joylashgan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti bergan ma'lumotga ko'ra, taniqli uyg'ur iqtisodchi Ilhom Tohti ham hibsga olingan. Unga Internetdagi sayti orqali zo'ravonlikni targ'ib qilish aybi qo'yilmoqda.

Xitoy hukumati AQShda yashayotgan jahon uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodirni asosiy tashkilotchi deya ayblamoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo'g'li AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton va qator Yevropa rahbarlari bilan muloqot qilib, masalani BMT Xavfsizlik Kengashiga oshirishni taklif qilgan. Bosh vazir Rajap Toyyib Erdog'an esa bugun Anqarada Urumchidagi voqealarni vahshiylik deb atagan. Turkiya Savdo vaziri Nihat Ergun vatandoshlarini Xitoyda ishlangan mahsulotlarni sotib olmaslikka chaqirgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi masalani Xavfsizlik Kengashiga olib chiqishga hojat yo'q, chunki Shinjondagi voqealar Xitoy ichki ishi degan. Undan ko'ra, deydi vazirlik rasmiysi, jahon hamjamiyati rasmiy Pekinning barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan harakatlarini qo'llab-quvvatlasin.

Jurnalist Alison Kleymenning aytishicha, Urumchida barqarorlikni ta'minlash uchun minglab askarlar safarbar etilgan.

"Uyg'urlar yashaydigan hududlarda harbiylar ko'p. Bozorda, shahar janubida," deydi muxbir.

Politsiyachilar mashinada yurib megafon orqali aholini totuvlikka, xitoylarni uyg'ur qo'shnilariga hujum qilmaslikka chaqirmoqda. Alison Kleymen politsiya va harbiylar "aholini himoya qiling, mamlakatni himoya qiling, jamiyatni xalos eting" degan chaqiriqlar bilan shaharni kezib yuribdi deydi.

Italiyada Katta Sakkizlik sammitiga yo'l olgan Xitoy prezidenti Xyu Tsintao safarini uzib, mamlakatga qaytishga qaror qilgan.

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama rasmiy Pekinni zo'ravonlikka berilmaslikka da'vat etgan. O'tgan yili Tibet poytaxti Lxasada namoyishlar bo'lganida Xitoy hukumati xorijda yashayotgan Dalay Lamani ularni uyushtirganlikda ayblagan edi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Kommunizmdan keyingi Rossiya hamon o'zligini qidirmoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak