VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Uyg'ur-Xitoy mojarosi o'zbekistonliklar nigohida

09/07/2009

[insert caption here]
O'zbekistonda 150 mingdan oshiq uyg'ur yashaydi. Ammo mamlakat rasmiylari ham, uyg'ur jamoatchiligi ham biror bayonot bermagan
O’zbekiston ziyolilari Xitoyda uyg’urlar namoyishi qonli ravishda bostirilganini qoralamoqda. Minglab uyg’urlar yashovchi Markaziy Osiyo bo’ylab esa hukumatlar sukutda.

O’zbek ziyolilari fikricha, mintaqa davlatlari jim turishi ayanchli.

“Uyg’urlar Markaziy Osiyodagi turkiy qavmlarning eng yirigi. Mintaqa davlatlarining u yerdagi voqealarga indamasdan, go`yoki bu elat bo`lginchidek turishi noma’qul. Qandaydir siyosiy, iqtisodiy manfaatlar deb o’z qardoshlariga munosabat bildirmaslik -- siyosiy passivlik, uyg`ur qardoshlarimizga nisbatan sotqinlik”, - deydi adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabek.

Sharhlovchilar deydiki, g’alayonning bosh sababi Xitoyda inson huquqlari, erkinliklar toptalayotganidir.

“Uyg’urlarni xitoylashtirishdan tashqari, u yerda yuqori lavozimlarga xitoylar qo’yilayapti. Shu yo`l bilan uyg`urlarni millat sifatida tugatishga harakat qilinayapti. Bu voqealar shu siyosatga qarshi javob”, - deydi Baxtiyor Isabek.

Sharhlovchi Komron Aliyevning aytishicha, Xitoy zabt etilgan barcha yerlar va xalqlarni xitoylashtirish siyosatini davom ettirmoqda.

“Xitoydagi 1,5 milliard aholining hammasi xitoylardan iborat deb tushunmaslik kerak. U yerda boshqa xalqlar, millatlar ham ko`p, jumladan, Sharqiy Turkistonda  o`zbeklarga eng yaqin bo`lgan uyg`urlar yashaydi. Ilgari Tibetda qozg`olonlar bo`lib o`tgan edi. Hozir buni Uyg`uristonda kuzatayapmiz. Hududda katta gaz konlari ochilgan, u yerga xitoyliklar olib kelinayapti. Maqsad uy`gurlar sonini kamaytirish. Afsus, O`zbekiston hozirgacha uyg`urlar himoyasi uchun hech narsa qilgani yo`q. Sababi O`zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zoligi bo`lishi mumkin”, -  deydi sharhlovchi.

Uyg`urlar o`tgan asrda Turkiston mintaqasi zabt etilgach, mustaqillikda ajralgan yirik turkiy xalq. Rasmiy hisoblarga ko`ra, O`zbekistonda 150 mingdan oshiq uyg`ur bor. Biroq O’zbekiston uyg`urlari madaniy markazi Urumchidagi qonli voqealar yuzasidan munosabat bildirmagan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi