VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Xitoy Shinjondagi aksariyat masjidlarni yopgan

10/07/2009

Uyg'ur-xitoy ixtilofiga mamlakatning o'zida turlicha munosabat bildirilmoqda. "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashgan ba'zi xitoyliklar uyg'urlarni tanqid qilib, ularning mustaqillik uchun kurashi Xitoy yaxlitligiga tahdid desa, boshqalar nazarida Kommunistik tuzum odamlarni ayanchli ahvolga solmoqda.

AQSh Kongressi qoshidagi tadqiqot xizmati xodimi, Xitoyda inson huquqlari borasidagi hisobot muallifi Tomas Lamning aytishicha, Urumchidagi voqealar bir kunda yuzaga kelmagan.

"Qonli voqealar Xitoy hukumatining siyosati ish bermayotganini namoyish etdi. Odamlarga arzu dodlarini aytish uchun sharoit yaratilmas ekan, bundan keyin ham zo'ravonliklarga guvoh bo'lamiz," deydi u.

Xitoy hukumati namoyishlarni uyg'urlar yetakchisi Robiya Qodir Amerikadan turib uyushtirgan deydi.

"Bu bir kunda bo'lgan narsa emas. Odamlarning g'azabi, hukumatdan shikoyatlari uzoq vaqt mobaynida to'planib qolgan. Uyg'urlar Xitoydagi iqtisodiy islohotlar ularga foyda keltirmaganidan norozi," deydi Tomas Lam.

Urumchidagi muxbirimiz Alison Kleymenning aytishicha, odamlar jurnalistlar bilan muloqot qilishga cho'chiydi. Urumchilik uyg'urlarning hech biri hukumatning Robiya Qodirga qo'ygan aybloviga ishonmaydi, deydi u.

"Men suhbatlashgan odamlarning barchasi namoyishlar Guandonda uyg'urlarga tajovuzdan so'ng boshlandi deb hisoblaydi," deydi Alison Kleymen.

Tomas Lamga ko'ra, AQSh Kongressida Xitoydagi voqealarga munosabat turlicha.

"Ba'zi qonunchilar mamlakatda inson huquqlari ahvolidan, uning poy-mol etilayotganidan tashvishda. Boshqalar Xitoy bilan aloqani buzmoqchi emas, shu sabab masalaga ehtiyotkorona yondashuv tarafdori. Qolganlari esa bir vaqtning o'zida ko'p ishlar bilan shug'ullangani uchun, aynan ushbu masala bo'yicha yetarlicha ma'lumotga va aniq fikrga ega emas," deydi Lam.

AQSh Kongressi tadqiqotchisi fikricha, sodir bo'lgan qonli voqealarning nimadan boshlangani ikkilamchi masala. Muhimi, deydi u, hukumat tartibsizliklarning takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko'radi. Ular repressiv bo'ladimi yoki rasmiy Pekin voqea sabablarini o'rganib, to'g'ri xulosa chiqaradimi, deb so'raydi Tomas Lam.

Bugun Xitoy rasmiylari Urumchidagi aksariyat masjidlarni yopib, odamlarni uyda namoz o'qishga chaqirgan. Urumchida kuchli xavfsizlik choralari ko'rilmoqda.

Ko'pchilik uyg'urlarga ko'ra odamlar masjidga deyarli bir haftadan beri chiqmagan. Ba'zilari yopiq bo'lsa, boshqa hollarda odamlar uydan chiqishga qo'rqmoqda. Ular xavfsizlik kuchlari va xitoylar tajovuziga uchrashdan cho'chiyapti, deya xabar beradi muxbirimiz Alison Kleymen.

Urumchidagi katta bozor yaqinidagi yirik masjidga odatda 3-5 ming atrofida musulmon chiqadi. Bu hafta esa bir necha yuz kishi ibodat qila olgan xolos.

Yashil formadagi harbiylar masjidga kirish joyida va minoralar tepasida nazorat qilgan. Odamlar vaziyatdan norozi.

Uyg'ur ulamolari shu haftadagi zo'ravonliklarni qoralab, ularni islom ta'limotiga zid degan.

Italiyada Katta Sakkizlik sammitini erta tark etgan Xitoy prezidenti Xyu Tsintao bugun televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, ijtimoiy tartibni saqlashga chaqirgan. Urumchidagi voqealarni mamlakat tashqarisi va ichkarisidagi bo'lginchi va terrorchi kuchlardan ko'rgan.

Bugun Vashington va Nyu-Yorkda turkiy tashkilotlar Xitoyga qarshi norozilik namoyishi o'tkazilmoqda. Kongressda esa Xitoyning uyg'urlarga nisbatan siyosatiga munosabat bildiriladi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available