VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh matbuoti: Urumchidan qolgan ruhiy jarohat hali beri bitmaydi

10/07/2009

[insert caption here]
Urumchidagi to'qnashuv etnik adovat naqadar kuchli, tinchlik qanchalik mo'rt ekanini, arzimagan voqea bir zumda alanga olishini isbotladi
Xitoy hukumati Shinjondagi g’alayon ortida turganlar jazolanadi demoqda. Mutaxassislar nazarida esa Urumchidagi qonli voqealar yetkazgan ruhiy jarohat hali beri bitmaydi.

Amerika matbuotining yoritishicha, qariyb ming kishi hibsda, jumladan yuzlab talabalar. To’qnashuvlarda o’lgan 156 kishining kim ekani oshkor etilmayapti.

Xitoy adliya tizimiga ishonch past va odamlar namoyishga chiqqani uchun yoppasiga qatl etilishi hech gap emas, deyiladi “The Washington Times” gazetasida bosilgan maqolada.

“The Washington Post” gazetasi uyg’urlar yetakchisi Robiya Qodir,  boshida hamisha do’ppi, o’zi bir tutam, ammo shijoati tillarda doston bu ayolni millat onasi deya ta’riflamoqda. 11 farzandning onasi, bir vaqtlar Xitoyning eng badavlat insonlari ro’yxatiga kirgan Robiya Qodir hozir 63 yoshda. “Xitoy hukumati meni ayblash o’rniga, uyg’ur xalqi dardiga quloq tutsin”, deydi u.

 “Uyg’urlar xitoylashtirish siyosatidan nolib keladi”, deya hikoya qiladi “The New York Times”. Hukumat Shinjonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun hududga ommaviy ravishda xitoylarni ko’chira boshlagan. Sanoat taraqqiy etsa-da, ijtimoiy tengsizlik kuchaygan. Hozirgi qo’zg’olon mana shu uzoq yillik bosim mahsulidir, deydi tahlilchilar. Mintaqada yashovchi boshqa millatlar, jumladan qozoqlar ham madaniyatini boy bermoqda, deyiladi “The New York Times”dagi maqolada.

Xitoy hukumati nazarida hozir asosiy maqsad – Shinjonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash. Ammo  qo’zg’olon etnik adovat naqadar kuchli ekanini, arzimagan voqea bir zumda alanga olishi mumkin ekanini isbotladi. Ba’zilar xitoylarni qonxo’r deb tanqid qilsa, boshqalar uyg’urlar ham ulardan qolishmaydi deb javob beradi.

AQSh Davlat departamenti Shinjondagi vaziyatdan xavotirda va tomonlarni bosiqlikka chaqirgan. Biroq ba’zi qonunchilar va uyg’ur faollari Obama ma’muriyatidan qat’iyroq bayonot kutmoqda. Hozircha Qo’shma Shtatlar arzigulik gap aytgani yo’q, deydi faollar.

“The Washington Post” gazetasining bugungi sonida “Uyg’urlarga yordam berishning ma’qul yo’li” nomli maqola chop etilgan. Muallif, Tashqi siyosat instituti olimasi Ellen Bork nazarida gap kommunist Xitoy siyosati yoki Shinjondagi diniy vaziyatda emas. 

Tibet haqida bong urib kelgan Qo’shma Shtatlar uyg’ur masalasida ham bir to’xtamga kelishi, demokratiya va erkinlik faqat tanish-bilishga ulashadigan ne’mat emasligini isbotlashi kerak, deb yozadi gazeta.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Obama Afg'onistonga yana 35 ming askar jo'natishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda siyosiy muhit iliqlashayotgani rostmi?
Illinoysning kichik shahri yangi Guantanamo bo'lishga tayyor
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim