VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Kongressda Xitoyni qoralovchi rezolyutsiya muhokamada


11/07/2009

[insert caption here]
Qonunchilar Dana Rorabaker va Vilyam Delaxant
AQSh Kongressining ayrim a’zolari Obama ma’muriyatini Xitoyning uyg’urlarga nisbatan siyosatini keskin qoralashga chaqirmoqda. 

Xitoy hukumati Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida tinch namoyishlarni kuch bilan bostirgan, deydi ular. 

5 iyul kuni boshlangan etnik  to’qnashuvlarda, rasmiy manbalarga ko’ra, hozirgacha 200 ga yaqin odam o’lgan. Viloyat markazi Urumchi harbiylarning qattiq nazorati ostida. Hukumat ko’rsatmasiga binoan, kecha shaharda masjidlar yopiq edi.

Rasmiy Pekin namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turibdi deya, xususan jahon uyg’urlar yetakchisi Robiya Qodirni ayblagan. Uyg’urlar taqdiriga e’tibor qaratayotgan qonunchi, demokrat kongressmen Villiam Delaxantning aytishicha, Xitoy da’volari g’irt safsata.

“Kommunistik rejim Robiya Qodirni terrorchi deb tasvirlashga, uni Shinjondagi voqealarga javobgar qilib ko’rsatishga urinmoqda. Bu ayblovlar mutlaqo asossiz”, -deydi Delaxant.

Kapitoliyda qonunchilar bilan uchrashgan Robiya Qodir namoyishlarga bosh bo’lganini rad etadi. Uning aytishicha, Shinjonda politsiya begunon odamlarni hisbsga olishda davom etyapti. Tashkilotchilarni qattiq jazolash, hatto o’limga mahkum etish lozim degan chaqiriqlar yangramoqda.  

AQSh qonunchilari olg’a surayotgan rezolyutsiyada Shinjon - Sharqiy Turkiston, Robiya Qodir esa Xitoy-uyg’ur ziddiyatlarini tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirayotgan yetakchi, demokratiya tarafdori deb tilga olinadi. Hujjat rasmiy Pekinni unga nisbatan tuhmat-bo’htonlarni bas qilishga chaqiradi.

Kongress a’zosi Dana Rorabaker nazarida, demokratik dunyo, ayniqsa Qo’shma Shtatlar erkinlik va o’z huquqlarini talab qilib chiqayotgan uyg’urlar taqdiriga, ular boshdan kechirayotgan azob-uqubatga tinch qarab tura olmaydi. “Biz ularni qo’llab-quvvatlashimiz kerak”, - deydi qonunchi.

Rezolyutsiya loyihasida mustaqil kuzatuvchi va jurnalistlarga Xitoyda erkin harakatlanish huquqi berilsin, jinoyatda ayblanayotganlar ustidan sud jarayoni ochiq o’tsin deyilgan. Xitoy hukumatidan hibsdagi begunoh odamlarni qo’yib yuborish so’ralmoqda.

Villiam Delaxant va Dana Rorabaker AQSh-Xitoy munosabatlarida uyg’ur masalasini ko’tarishga undab kelayotgan qonunchilardan. Ularning aytishicha, Guantanamo  qamog’ida yaqingacha saqlangan uyg’ur mahbuslar Xitoy razvedkasi tomonidan so’roq qilingan va AQSh Mudofaa vazirligi Pentagon bu borada tushuntirish berishi kerak.

Uyg’ur faollar shu kunlarda AQSh va Yevropaning turli shaharlarida chiqishlar uyushtirib, G’arb dunyosidan yordam so’ramoqda. Xalqaro hamjamiyat Shinjondagi ahvoldan boxabar turishi kerak, deydi ular. Kuni-kecha Oq uy qarshisida ham namoyish o’tkazilgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh matbuoti: Urumchidan qolgan ruhiy jarohat hali beri bitmaydi
Uyg'ur masalasi Turkiya-Xitoy aloqalariga sovuqlik olib kirgan
Xitoy Shinjondagi aksariyat masjidlarni yopgan
Uyg'ur-Xitoy mojarosi o'zbekistonliklar nigohida
Xitoy namoyishchilarni jazolamoqchi; Turkiya boykotga chaqirmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari Urumchi borasida sukutda
Urumchi notinch ekan, Xitoy rahbari Italiya sammitini erta tark etdi
Vashingtonda uyg'urlar namoyish o'tkazdi
Robiya Qodir uyg'urlar nomidan Xitoyga qator talablar qo'ymoqda
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
 
  Bosh mavzu
Obama Afg'onistonga yana 35 ming askar jo'natishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda siyosiy muhit iliqlashayotgani rostmi?
Illinoysning kichik shahri yangi Guantanamo bo'lishga tayyor
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim