VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obama: AQSh-Xitoy hamkorligi XXI asr taqdirini hal qiladi

28/07/2009

Obama
Obama AQSh-Xitoy forumida gapirdi
AQSh va Xitoy iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish harakatida. 

Vashingtonda bu boradagi muzokaralarda strategik bitimlar imzolangan.

AQSh prezidenti Barak Obama Xitoy “bizning yaqin hamkorimiz bo’lib qoladi” demoqda.

“Qoshma Shtatlar va Xitoy orasidagi munosabatlar XXI asr taqdirini hal etuvchi asosiy omil. Jahon tinchligi va ravnaqini belgilovchi juda muhim rishtalar”,- deydi Obama.

Ikki davlat orasidagi muzokaralar tashqi ishlar va moliya vazirlari tomonidan olib borilmoqda.  Dialogni Barak Obama ochib berdi va diqqatni global ahamiyatga ega masalalar – iqtisodiy krizis, energetika va yadroviy qurollanishga qaratishni so’radi.   

Obama fikricha Koreya yarimoroli yadroviy qurollardan xoli zona bo’lishi kerak. Shimoliy Koreya xalqaro qonunlar va talablarni hurmat qilib,  atom maqsadlaridan qaytishi lozim, deydi AQSh prezidenti.  

Xitoy bu borada Amerika bilan bir fikrda ekanini bildirmoqda. 

[insert caption here]
Xitoy rasmiylari AQSh bilan hamkorlik qilishga majbur ekanini ta'kidlamoqda
“Iqtisodiy tanazzuldan chiqish uchun birga ishlashga majburmiz”, deya qo’shadi bu davlat rasmiylari. 

Bu yil Xitoy iqtisodiyoti rejadagidek 9 foiz emas, 7,1 foizga o’sishi kutilmoqda.

Xitoy bosh vazir o’rinbosari Vang Kushan “ Hozirgi sharoitda bu yomon ko’rsatkich emas”,  deydi. “Bizning iqtisodimiz kengaysa, bu butun dunyoga, jumladan AQShga ham foyda”,- deydi u.

AQSh Xitoyni inson huquqlari bobida tanqid qilib keladi. Vashington nazarida Xitoyda fuqaro erkinliklari va mayda millatlar huquqlari cheklangan. Obama “AQSh va Xitoy orasida bu boradagi qarashlar turlicha ekani haqiqat va biz ochiq fikr almasha olishimiz kerak” deydi.  

"Bugun dunyo tinchligiga yirik davlatlar orasidagi raqobat emas, ektremistlar, uyushgan jinoyatchilik tizimlari, yuqumli kasalliklar va fuqarolar orasidagi qarama-qarshiliklar rahna solmoqda. Xalq ravnaqi uchun xizmat qilish eng buyuk vazifa”,- deydi Obama.

Aytish kerakki, Xitoy Amerikaga eng ko’p kredit ajratadigan davlat. Amerikadagi biznes sarmoyasi 800 milliard dollardan oshadi. 


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQShdan uyg'ur masalasida Xitoyga ishonmaslik so'ralyapti
Xitoy Markaziy Osiyo uchun 10 milliard dollar ajratmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari kelajakni birga quradimi yoki alohida?
O'zbekiston Shanxay-6 raisligini qo'lga olish arafasida
R. Qodir: Uyg'urlar diniy tuzum emas, ozodlik uchun kurashmoqda
Uyg'ur xalqi AQShdan yordam va e'tibor so'ramoqda
Shimoliy Koreya terror homiylari ro'yxatiga qayta kirishi mumkin
AQSh: Xitoyning bu yerdagi moliyaviy manfaatlari joyida
Pan Gi Mun: Xalqaro maydonda o'zboshimchalikka o'rin yo'q
Nuri Turkel: Uyg'ur mahbuslari AQShga tahdid emas
Pxenyan muloqotdan qochib, yadro salohiyatini oshirmoqda
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Shimoliy Koreya atom dasturini jonlantirishini aytmoqda
Xitoy ikki uyg'urni terrorda ayblab qatl etgan
Katta Yigirmalik umumiy dasturga kelishib oldi
AQSh Afg'onistonda Rossiya, Xitoy va Hindistonga tayanadi
Obama iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda hamkorlikka chaqirmoqda
Xitoy Qashg'ardagi uyg'ur mahallalarini buzmoqda
AQSh Xitoy harbiy salohiyatidan xavotirda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Xitoy uyg'ur va Tibet ozodlik harakatlariga zarba bermoqchi
Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro sahnadagi rolini oshirish harakatida
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonlik muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?