VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Rossiyada musulmon aholi nimadan norozi?


10/08/2009

[insert caption here]
Rossiya maktablarida "Pravoslav madaniyati asoslari" fanini kiritish taklifi boshqa din vakillari e'tiroziga sabab bo'lgan
Prezident Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyada musulmon aholi bilan aloqalar samimiy. 

Moskvada Rossiya muftiylari bilan o`tgan uchrashuvda Medvedev musulmonlarni e`tiqod erkinligi bilan ta’minlash uchun davlat barcha imkoniyatlar yaratgan deya ta`kidladi.

Musulmonlar Rossiyada ham  siquv ostida. Kreml siyosatidan norozi musulmonlar soni ortib bormoqda. 

Rossiya fuqarosi bo'lgan musulmonlar federativ huquqlardan mahrum qilingan, mamlakatda millatchilik avjida.

Prezidentning Moskvadagi masjidga tashrifi, muftiylar bilan uchrashuvi Islom Konferensiyasi Tashkiloti tomonidan ijobiy baholangan.

Medvedev muftiylar bilan uchrashuvda musulmon jamoalarining davlat taraqqiyoti uchun qo`shayotgan hissasi, millatchilik, ekstremizmga qarshi kurashdagi o`rnini ta`kidladi.

Medvedev: Rossiya ekstremistik tashkilotlar faol davlatlardan biri

“Biz beqarorlikka sababchi holatlarni bartaraf etishning barcha choralarini ko`rishga majburmiz. Bunday sharoitda bizning vazifamiz ko`p millatli mamlakatimizda tolerantlik, sabr-toqat g`oyalarini targ`ib qilish, ma`naviy qadriyatlar, an`analarga hurmat ko`rsatish. Bu jarayonda musulmonlar idorasining o`rni muhim”, - dedi Medvedev.

Tahlilchilarga ko`ra, Kreml tomonidan ochiq namoyish etilayotgan buyuk millatchilik, pravoslavlikni davlat dini sifatida targ`ib qilish musulmonlarni radikallashishga majbur etmoqda.
 
“Bilasizmi, biror davlatda agar unda ko`p millatli va turli dinlarga e`tiqod qiluvchi xalqlar yashayotgan bo`lsa, davlat miqyosidagi katta tadbirlarda faqat bitta din, bir konfessiyaga e`tibor berilganini ko`rmaysiz. Rossiyada esa kattaroq bayram, tadbirlarda prezident yonida albatta pravoslav dinining rahbari o`tiradi. Bu esa mamlakatda millatchilikni yanada avj oldirayotgan holatlardan biri”,- deydi sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov.

Sharhlovchiga ko`ra, Rossiya ko`plab milliy-hududiy birliklarni  yo`qotib, ularni sun’iy ravishda tashkil qilingan ma’muriy hududlarga birlashtirmoqda.

“Bu albatta tasodif emas. Rossiya tushunadi, demokratiya boshlanishi bilan millatlarda mustaqillikka intilish kuchayadi. Albatta, Tatariston, Boshqirdiston kabi respubliklarni Rossiya birinchi tahdid sifatida ko`radi”, - deydi sharhlovchi.

Rossiyadagi Islamnews.ru axborot agentligining yozishicha, 2009 yilning birinchi yarmida 400 dan ortiq fuqaro rus millatchilari tomonidan o`ldirilgan.

Moskva metrosida hijobli qizning taqirboshlar hujumiga uchrashi Rossiya musulmonlarining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi.

Rossiya muftiylaridan biri Gabibulla Ashirov mamlakatda musulmonlar uchun alohida kvartallar tashkil etish lozimligi haqida bayonot bilan ham chiqdi.

Unga ko’ra, Rossiyada musulmon ayollar, qizlar hayoti xavf ostida, millatchilik qurbonlari soni borgan sari ko’paymoqda.

Kremldagi amaldorlar islom haqida ko'proq o'qishi kerak

Tarixchi Rinat Shaxabiddinovga ko`ra, muammo Kremldagi amaldorlarda islom haqida tasavvur yaxshi shakllanmaganida.

“Agar Rossiya hukumatida islomni tushunadigan, unga hurmat bilan yondashadigan rahbarlar bo`lganida edi, Rossiya uchun mamlakatdagi islom ummasi eng sodiq ittifoqdosh bo`lishi mumkin edi. Rossiya imperiya emas, federativ davlat, biroq Krelmning imperiyaga xos qarashlardan qutulishi qiyin kechmoqda.  Pravoslav dinini yuqori ko`tarib, islomga boshqa bir nazar bilan qarash noto’g’ri. Agar ellik yil oldinga qarasak, Rossiya aholisining yarmini musulmonlar tashkil qilishi muqarrarligini ko`ramiz”, - deydi Shaxabiddinov.  

Sharhlovchilarga ko`ra, Rossiyada boshlanishi mumkin bo`lgan beqarorlikka millatchilik sabab bo`lishi mumkin.

“Bunday guruhlarni siyosiy doiralarning o`zlari ham o`ylab topishadi yoki yaratishadi”, - deydi Shaxabiddinov.

Rossiyada 20 milliondan oshiq musulmon yashaydi

Kreml diniy ektremizm, ayniqsa, Kavkazda faol ekanini ta`kidlab keladi. Kremlning Kavkazdagi siyosati xalqaro maydonda jiddiy tanqidlarga sabab bo`lgan. Kavkazdagi inson huquqlari tashkilotiga intervyu bergan Kareliya muftiysi vaziyatni shunday izohlaydi.

“Chenistondagi rus askarlari okkupatsiya-bosqinchi psixologiyasiga ko`ra tayyorlangan. Checheniston okkupatsiya qilingan yer. Rossiya imzolagan xalqaro qonunlarga ko`ra, bu taqiqlangan. Demak, avvalo aniqlashtirish kerak, Checheniston bu -- okkupatsiya orqali qo`shib olgan yurtmi yoki rostan ham bizga tegishli yer, xalq ham biznikimi? Bu borada aniq bir xulosaga kelish kerak. Agar ular begona bo`lsa, tegmaslik kerak. Agar ular bizniki bo`lishsa, shunga muvofiq himoya qilishimiz, hurmat ko`rsatishimiz, sevishimiz kerak. Chechenlar zararli xalq, ularning e`tiqodi xavfli, ular bizning dushmanlarimiz degan qarashni to`xtatish kerak”, - deydi Kareliya muftiysi Kavkazdagi inson huquqlari tashkilotiga bergan intervyusida.

Yaqinda Tatariston milliy majlisi faollari Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev, Tatariston prezidenti Mintimer Shaymiyev va BMT Bosh kotibiga yo`llagan murojaat e`lon qilindi.

Murojaatga ko`ra, Kreml tub aholini assimiliyatsiyalash, ularning etnik huquqlarini cheklash siyosatini kuchaytirmoqda. Milliy majlis faollari Tataristonga to`liq mustaqillik berish talabini ilgari surishadi.

Mazkur murojaat Milliy majlis faollariga nisbatan tazyiq kuchayishi munosabati bilan tarqatilgan.

“Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi davlatlarga haqiqiy ma’nodagi federativ vakolatlar berilmas ekan, albatta, bu respublikalarda mustaqillikka intilish kuchayadi”, - deydi Rinat Shaxabiddinov.

Rossiya pravoslav emas, dunyoviy demokratik davlat

Kreml pravoslavlikni hukmron din sifatida targ`ib qilishi Rossiya ziyolilari tomonidan ham qarshilikka uchramoqda.

Rossiya Fanlar Akademiyasi a`zolari hukumatga yo`llagan murojaatda Rus cherkov xizmatining jamoatchilik hayotiga faol aralashishiga chek qo`yish lozim deyiladi. Bu murojaat Nobel mukofoti sovrindorlari, akademiklar Vitaliy Ginzburg, Jozef Alferovlar  tashabbusida olg’a surilgan.

Rossiyada “Pravoslav madaniyati asoslari”  darsini maktab ta`lim dasturiga kirishi mumkinligi boshqa konfessiyalar tomonidan norozilik bilan kutib olingan.

Moskva Islom Unversiteti rektori Murat Murtazinning matbuotga bergan intervyusiga ko`ra, Rossiya pravoslav emas, demokratik davlat.  Maktablarda faqat pravoslav qonunlari o`qitilishi jiddiy norozilikka sabab bo`ladi. Rossiya musulmonlari o`zlariga ikkinchi toifadagi qatlam siifatida qaralishiga yo`l qo`ymaydi, deydi u.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Rossiya Chechenistondagi aksil-terror operatsiyasini yakunladi
Rossiyada muhojir ishchilar hayoti yanada og'irlashgan
Moliyaviy inqiroz mehnat muhojirlarini uyiga qaytarmoqda
Rossiyada millatchilik va shovinizm avj olmoqda
Rossiyadagi ishchi migrantlar saviyasi ularga pand bermoqda
"Buyuk rus shovinizmi" yana siyosiy sahnaga ko'tarilgan
Rossiyada millatchilik falokatli tus olmoqda
Rossiyada aholi kamaymoqda, lekin musulmonlar soni ortmoqda
Rossiyada o'zbekistonlik ishchi migrantlar tahqirlanmoqda
Rossiyada millatchilik kuchaymoqda
Rus millatchilari muhojirlarga kun bermayapti
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available