VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Toshkentda imom pichoqlab ketilgach turli mish-mishlar


03/08/2009

Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunovga  uyushtirilgan suiqasd yuzasidan tergov surishturuv ishlari boshlangan. Kuni kecha Yangiobodda uyi yaqinida pichoqlab ketilgan Anvar qori hozirda kasalxonada.  

Anvar qori Tursunov 1 avgust kuni kechki tomon o'z uyi oldida noma'lum kishilar tomonidan bir necha bor pichoqlangan.

Imom darhol shifoxonaga yetkazilib, shifokorlarning aytishicha, hayoti u qadar xavf ostida emas. 

Anvar qori Tursunov jamoatchilikka nafaqat imom sifatida, shuningdek O`zbekiston televideniyesida namoyish etilayotgan  “Hidoyat sari” ko`rsatuvi boshlovchilaridan biri sifatida ham yaxshi tanish.

Xatibga qilingan hujum borasida aholi orasida turli gap-so`zlar yuribdi va hozircha huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan biror bayonot bermayapti.

Anvar qori Tursunov  “Ko`kaldosh” madrasasi  yonidagi Xoja Ahror Valiy masjidining imomi. Mahalliy faollardan biri Jahongir Shosalimov “Chorsu” bozorida tadbirkorlik qiladi va namozni  shu masjidda o`qiydi.

“Bu suiqasd kutilmagan voqea bo`ldi. 1 avgust kuni kechqurun nomozga chiqqan odamlardan Anvar qorini sog`ayib ketishi uchun duoiy fotiha qilish so`ralgan. Voqea uni Yangioboddagi uyida bo`lgan. Buni Anvar qorining maschiddagi yordamchisidan so`rab bildim. Anvar qorinikiga borgan odamlar uni xudoyiga aytish bahonasi bilan uyidan chiqarib olishgan, keyin pichoq bilan hamla qilib, qochib ketishgan.  Hozir ular topilganicha yo`q. Anvar qorining o`zi shifoxonada, jarohati hayotiga xavf soladigan darajada emas”, -   deydi Shosalimov.

Ayrim manbalarga ko’ra Anvar qoriga uyushtirilgan suiqasdga imom xatibning tijorat bo`yicha faoliyati sabab bo’lgan. Bu biznes kelishmovchilik oqibati, deydi ular. 

Boshqa  ma`lumotlarga ko`ra esa Anvar qori suiqasd uyushtirilishidan biroz avval ko`p xotinlikda ayblangan.

Ba’zi tomonlar fikricha esa imomdan norozi musulmonlar juda ko’p. Anvar qori Tursunov diniy ishlar bo'yicha tuzilgan komissiya ekspertlaridan biri bo`lgan. Ekstremizmda ayblanib qamalganlarning ishi ko'rilganida imom fikrlari hisobga olingani ma'lum. 

“Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti vakili Abdurahmon Tashanov voqeani sharhlashga shoshmaslik kerak deydi.

“Vaziyatni qaltisligi shundaki, hozir biror yo`nalish haqida gapiradigan bo`lsangiz, bundan hukumat foydalanishi, yangi repressiyalar boshlanishi mumkin. Bu yerda har tomonni hisobga olib, xolis tergov o'tkazish kerak. Hukumat tomonidan hozirgacha bir narsa deyilmadi. Savollarga javob yo’q.  O`zbekistonda operativ holatda ma`lumot  tarqatishni o`zi ham yo`lga qo`yilmagan ”, - deydi Abdurahmon Tashanov.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
O'zbek-qirg'iz chegarasida nazorat kuchli, savdo sust, aholi norozi
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Suv ustidan raqobat davlatlarni ikkiga ajratib qo'ymoqda
Hukumat erkinlikdan tahdid yasashda davom etmoqda
Yoshlar va zamon: Tojikiston misolida
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Shayx Abduvali-qori Mirzayevning oila a'zolari avtohalokatga uchragan
Adolatsizlik, omma fikricha, kishilarni egri yo'llarga boshlamoqda
O'zbekiston "Freedom House" dan eng past baho oldi
Pokiston: Baytulloh Mas'ud uchun 615 ming dollar
Andijonlik ona shahridagi vaziyatni sharhlaydi
O'zbekiston ta'lim tizimi tub o'zgarishlarga muhtoj
O'zbekistonga kirib-chiqish azob, fuqarolik masalasi murakkab
Odam savdosi – bugunning yirik fojeasi
Yozuvchi va shoirlari xor mamlakat
O'zbekistonda advokatlar "sinovlardan" shikoyat qilmoqda
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
AQShda Andijonni qanday eslashmoqda?
Muhojirlar: "Andijonni unutmaslik kerak"
O'zbekistonda yana bir jurnalist qamoqqa olingan
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
Obamaning murojaati O'zbekistonda yoritilmadi
Andijonda militsiya postiga hujum, bir kishi o'zini portlatgan
Xalqaro tashkilotlar o'zbek jurnalisti ozod etilishini talab qilmoqda
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
"Amerika Ovozi", "BBC" va "Ozodlik" haqida jamoatchilik nima deydi?
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available