VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston tashqi siyosatida Rossiya faktori


11/08/2009

Karimov
Islom Karimovning strategik hamkorlari tez tez o'zgarib turadi
Markaziy Osiyoda demokratik boshqaruv usullari yoyiladi degan umid tobora so`nib bormoqda. 

Bu tamoyillardan tortinish harakati ko’zga tashlanar ekan, bunda Rossiyaning roli katta ekani ta’kidlanadi.

Tahlilchilar nazarida Kreml hamisha  mintaqa davlatlarini bir-biriga qarshi qo’yib kelgan va bu ziddiyatlardan unumli foydalanadi. 

So`nggi paytda O`zbekiston va Qirg`iziston aloqalari keskin nuqtaga ko`tarilshida Moskvaning o`rni alohida qayd etiladi.

Mintaqada, deydi sharhlovchilar, ziddiyatlar to'lqini Kreml rasmiy doiralarining tashriflari bilan boshlanadi.

Dmitriy Medvedev yaqinda O'zbekistonga safar qilganida Markaziy Osiyoda suv to'g'onlari qurishda o'zaro kelishib ishlash kerak deb aytgani bu borada turli pozitsiga ega Tojikiston va O`zbekiston orasidagi munosabatlarini bir qadar keskinlashtirgan edi.

Medvedev yaqinda Tojikistonda bo`lib, yana suv inshootlari haqida gapirdi va hamkorlik qilmoqchi ekanini aytdi. Mamlakat Rossiyadan buning uchun sarmoya kutmoqda. 

Medvedev Tojikistondan Qirg'izistonga o`tdi. Prezident Kurmanbek Bakiyev bilan yangi baza ochish haqida kelishuvga erishib O`zbekiston- Qirg`iziston orasidagi taranglikni yana bir pog'onga ko'tardi.  

“Rossiya” gazetasida bosilgan maqolaga ko'ra,  Qirg`izistonning Moskavadagi elchisi Raimkul Attakurov uning davlati Rossiya qo'shinlarini aynan O'zbekiston bilan chegara yaqinida joylashtirishni maqsad qilayotganini aytgan.

Sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov fikricha Rossiya ta`sirining oshishi demokratiya oroli bo`lib kelgan Qirg'izistonda ham avtoritarizm kuchayishiga olib kelmoqda.

“Rossiya Markaziy Osiyoni qayta koloniya qilib olishni o`ylamoqda. Mintaqada kechayotgan barcha harakatlar Rossiya maxsus xizmatlarining ishi.  Inson huquqlari bo`yicha Qozog`iston va Qir`gizistondagi vaziyatni 1-2 yil avvalgiga solishtirsak, avhol og`irlashayapti. Rossiya bilan yaqinlashgan sari demokratiyadan uzoqlashish bo`layapti”, - deydi Xudoyberganov.

Islom Karimov ma'muriyati mintaqada Rossiya qo'shinlarining ko'payishi ekstremistik xurujlar va milliy nizolar chiqishiga sabab bo'ladi deya xavotir bildirmoqda.

Lekin O`zbekiston bu borada faqat bayonot bilan cheklanishga majbur, deydi mutaxassislar, chunki Toshkentda Kremlga ta`sir qilish imkoniyati yo`q.

Iskandar Xudoyberganov "O'zbekiston G`arb bilan aloqalarni rivojlantirishi kerak",- deydi.

“O`zbekiston hukumati inson huquqlari masalasidan cho`chiyapti. Bu borada G`arb bilan kelisha olmayapti. Lekin O`zbekistonda boshqa imkoniyat qolmayapti. Agar hozirgi og`ir ahvoldan chiqishni xohlasa, Yevropa bilan yaqinlashish, demokratiya sari harakat qilish kerak. Shunda aloqalar yaxshilanadi.  G'arb iqtisodiy krizisdan Rossiya va O`zbekistonga nisbatan ham oson chiqib ketmoqda.  Rossiya bu borada O`zbekistonga yordam bermaydi, aksini qilishi mumkin”, - deydi sharhlovchi.

O`zbekiston so`nggi paytda Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan muloqotni jadallashtirgan. 

Ayrim mulohazlarga ko`ra Qirg`iziston janubida Rossiya qo`shinlari paydo bo`lishi Kremlning bu o`zgarishlarga nisbatan javobidir.

“Rossiya bu bilan mintaqa bilan hamkorlik qilayotgan boshqa tomonlarga bu yerda kim hukmron ekanligini ko`rsatib qo`ymoqchi”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov. 

O`zbekiston tashqi siyosatida uzoq yilga mo'ljallangan aniq yo'nalish kuzatilmaydi. Strategik hamkorlar doimo o'zgarib turadi. G'arb bilan uzoq muddatli sheriklik O`zbekiston hukumatiga qator jiddiy shartlar qo'yadi. Ular orasida siyosiy erkinliklar, inson huquqlari, so'z va matbuot erkinligi singari sohalarda  xalqaro me'yorlarga javob berish talablari ham bor.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Mintaqada ekstremizm kuchaygani haqiqatmi?
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
O'zbekiston Rossiyaning mintaqadagi yangi bazasiga qarshi
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available