VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Amerikada ham oshpazlik idish-tovoq yuvishdan boshlanadi


18/08/2009

[insert caption here]
Vashington San'at Insitutining pazandalik fakulteti taniqli dargoh
AQShda iqtisodiy krizis tufayli har hafta minglab odamlar ishidan ayrilmoqda. Kasbini o’zgartirayotganlar ko’p.  

Moliyaviy tanazzulga chidamli deya tilga olinayotgan hunarlardan biri – pazandalik.  Xo’sh, Amerikada oshpaz bo’lish uchun nima qilish kerak? 

AQShning Vashington San’at Instituti (The Art Institue of Washington) pazandalik fakultetidamiz. Juma kuni bo’lgani uchun shekilli studentlar unaqangi ko’p emas.

"Darslar deyarli tugab bo’lgan. Hozir imtihon payti", - deydi institut xodimasi Tiffani Yang.

Ba’zi talabalar yerda cho’kkalab o’tirib, kitob varaqlayapti. Narigi burchakda ikkitasi berilib, bir nima ustida bahs qilayapti. Chamasi 18-20 yoshlardagi bu qiz-yigitlarning hammasi formada  -  boshida oq qalpoq, egnida oq kamzul, katak shim.

[insert caption here]
Talabalar turli yoshda, ayrimlari kasbini o'zgartirayotgan amerikaliklar
Xezer va Tayler birinchi kursni bitirmoqda. Tayler 15 yoshidan beri oshxonada ishlab keladi. Xezerning bu sohada tajribasi yo’q, lekin oilaviy davrada dasturxonni tuzaydigan u.

Institut binoning yettita qavatini band etgan. Biz turgan, pazandalik darslari o’tadigan qavatda beshta auditoriya bor. Bu xonalarni auditoriya deb atash ham g’alati – liftdan chiqqanigniz zahoti restoran-oshxonaga duch kelasiz.

“Biz bu xonani laboratoriya deb ataymiz. Studentlar kelajakda restoranda ishlashi kerak bo’ladi. Hozirdanoq o’sha muhitga o’rgansin-da”, - deydi Tiffani Yang.

Eshiklarni bir-bir qoqib, ichkariga kirib, professor domlalar bilan tanishamiz. Andreas Flekenshtayn asli Shveytsariyadan. Studentlar topshiriqlarni bajarib bo’lgan, bugun faqat shokolad haqida hujjatli film tomosha qilib, tort pishiramiz, deydi oshpaz-domla. U darsiga kirib o’tirishimizga qarshi emas.

[insert caption here]
Talabalar tayyorlagan taomlar
Sinfxona kattagina, uch-to’rtta parta, bir yonda muzlatgich, sal narida gaz plitasi, umivalnik, alohida javonlarda esa un, ziravor, idish-tovoq deganday. 

Ovqat qilayotib, katta-keng oynalardan Vashingtonni ko’rib turish mumkin. Xonaning orqarog’iga o’tib, darsni kuzatamiz. Domla-talaba munosabatlari erkin, har zamonda kimdir hazil-luqma tashlaydi. Ora-sira echik ochilib, qo’shni auditoriyadan talaba kirib qoladi – ozgina un berib turing, deb.

"Pazandalik fakulteti institutning eng mashhur va ommabop bo’limlaridan",- deydi Tiffani Yang. 

O’tgan haftaning o’zida 20 odam hujjat topshirgan. Ular pazandalik, oziq-ovqat sohasida boshqaruv, vino va umuman ichimlik bo’yicha bakalavr diplomini oladi. Fakultetda o’qiyotgan studentlar kelajakdan ko’ngli to’q. Oshpazlik iqtisodiy krizisga eng chidamli kasblardan , deydi ular.

[insert caption here]
Vashington San'at Institutida nafaqat pazandalik balki restoran va oshxonalarni boshqarish sirlari ham o'rgatiladi
“Odamlar juda band, ovqat qilishga vaqti yo’q. Lekin hammaning mazali ovqat yegisi keladi”, - deydi talabalar. Har bir student kelajakda o’z restoranini ochgisi bor.

Amerika Oshpazlari Federatsiyasi (The American Culinary Federation) vitse-prezidenti Bill Tillingxast fikricha oshpaz bo’laman degan odam oldin bir oz oshxonada ishlab ko’rgani ma’qul.

“Hammamiz idish-tovoq yuvishdan boshlaganmiz. Odam bir yil ishlab ko’rib, undan keyin esa albatta o’qishga kirishi kerak. Chunki dars paytida siz pazandalik asoslarini o’rganasiz. Vaholanki, oshxona yoki restoranda menyuda bor taomlardan nariga o’tmaysiz”,- deydi talabalardan biri.

Janob Tillingxast nazarida Amerikada ishlamoqchi bo’lgan muhojir ingliz tilini bilishi kerak albatta, ammo eng muhimi pishir-kuydirga ustalik.

“Yoshligimda daniyalik va tayvanlik oshpaz bilan ishlaganman. Inglizchada zo’rg’a gapirsa-da, ikkisi ham ajoyib pazanda edi. Oshpazlikni astoydil yaxshi ko’rgani uchun ular bir-birini juda yaxshi tushunar, kelishib ishlar edi”.

"Ishni katta shaharlardan – Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko, Los-Anjeles kabi joylardan boshlang",- deydi u.

“Katta shaharlarda ish ko’rpoq. Oshxonalar son-sanoqsiz. Umuman tajribasi yo’q odamni chig’iriqdan o’tkazib, yaxshilab tayyorlaydi bu joylar.”

"Yillar o’tgani sari Amerikada odamlar uyida kamdan-kam ovqat qilayotganiga guvohman",- deydi Bill Tillingxast. 

Oilada hamma ishlaydi. Bu esa aholi restoran, kafe, ko’cha-ko’yda ko’proq tanovul qiladi, oshpazlarga talab ortadi demakdir.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available