VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Faryobda o'zbeklar e'tibor va yordamdan umidvor


20/08/2009

[insert caption here]
Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyati - Turkmaniston bilan chegaradosh muhim mintaqa. 

2 milliondan oshiq aholining yarmidan ko’pi o’zbeklar. Faryob yuz minglab tojik va pushtularga ham vatan.

Poytaxt Maymana Afg’onistonning obod shaharlaridan biri. 

Viloyat boshqa joylarga qaraganda nisbatan tinch. Lekin barqarorlik uzoq yillik urushlardan chiqa olmayotgan Afg’onistonning bu qismida ham o’zgacha ma’no kasb etadi. Boshqaruv zaif, jangarilar faol ekan, odamlar ertaga nima bo'lishini bilmaydi. 

[insert caption here]
Ommaning hukumatga ishonchi past
Faryob afg’on zaminining boshqa qismlari singari tarixiy va tabiiy jihatdan boy. Uning qa’ri zaxiralar bilan to’la degan ilmiy taxminlar ham bor. 

2001 yilda Tolibon hokimiyatdan ag’darilib, yangi tuzum ish boshlagach xalqaro hamjamiyatdan kelgan yordamning muayyan bir qismi Faryobda sarflandi. Qayta qurilish ishlariga Norvegiya davlati boshchilik qiladi. 

Ahvol nisbatan ijobiy ekaniga qaramay faryobliklar orasida ham ishsiz va savodsiz yurganlar, markaziy hukumatdan e’tibor va yordam kutib yashayotganlar ko’pchilikni tashkil etadi. 

Toshqin Bahoiy, maymanalik ziyoli fikricha bu viloyat bugungi saylovlarda amaldagi rahbar Hamid Karzay, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla va sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani Ahmadzay orasida bo’linsa ajabmas.   

“Saylov uchastkalariga ko’p odam keldi. Ayollar deysizmi, oqsoqollar, ziyolilar qatnashdi. Lekin bu yilgi saylov avvalgi prezident sayloviga qaraganda uncha qiziq bo’lmadi”,- deydi Bahoiy.

[insert caption here]
Saylovlar, deydi faryoblik o'zbeklardan Toshqin Bahoiy, besh yil avvalgisiga qaraganda u qadar qizg'in o'tmadi 
Ovoz bergan fuqaroning barmog’iga siyoh surtilar ekan, Tolibon “bu odamlarni topib, ularning barmog’ini kesamiz” deya tahdid qilgach, omma ancha dahshatga tushgan. Ziyoli nazarida saylov markazlarida xavfsizlik qanchalik mahkam bo’lmasin, jamoatchilik orasida ovoz berishdan tortinish ko’zga tashlangan.      

Toshqin Bahoiy Faryobda yaqin yillarda qayta ochilgan, ammo ancha nochor universitetda o’zbek tili va adabiyotidan dars beradi. Ilm maskanlarida, deydi u, mablag’, muallimlar va o’quv qurollari yetishmaydi. 

“Afg’oniston asosiy qonunining 6-moddasida o’zbek tili uchinchi rasmiy til deb tan olingan. 43-moddada yozilganki, davlat mana shu tillarning ravnaqi uchun vazifador.  Lekin Karzay janoblari hukumatda mana yetti yil o’tirgan bo’lsa, bu borada hech qanday amaliy qadam tashlamadi. Bir misol, 1-4 sinflar uchun o’zbek tili kitobi chop etildi, biroq bu darsliklar maktablarda necha soat o’qitilishi kerakligi belgilanmagan. Reja yo’q”,- deydi Toshqin Bahoiy.    

[insert caption here]
Afg'oniston ko'chalarida
Afg’onistonda xalq va hukumat bir-biridan juda uzoq, deydi muallim. Odamlar og’ir hayotga o’rganib ketgan. Muammolarni yechish uchun hukumatga murojaat qilishdan foyda yo’q deb yashaydi. 

Bugun prezident uchun ovoz berganlar kelajakdan umidvor ammo, deydi u, “Ertaga bu rahbarlar turmushimizni yengil qiladi deb ishonmaymiz”. 

“So’zdan amalga o’tish kerak. Hukumatga kim kelishidan qat’iy nazar bizga ishni eplay oladigan rahbar kerak.  Hukumatga ishlaydigan qo’mondon-u amaldorlar, hammasi hokimiyatga sherik bo’lishni istaydi. Siyosiy partiya va liderlarning talablari ko’p hollarda biznikidan farq qiladi. Ular oddiy xalq dardiga ahamiyat bermaydi. Odamlarning talabi chetda qolaveradi”,- deydi Toshqin Bahoiy.  

[insert caption here]
Faryob tabiati go'zal, hozirda nisbatan tinch viloyat
Afg’onistonda 15, 6 million odam ovoz berishi kutilgan edi. Ularning katta qismi saylov uchastkalariga chiqmagan. Saylovchilarning 40 foizga yaqini ayollar.

Afg’onistonda mahalliy qonunchilik organlariga ham vakillar saylash uchun ovoz berildi. 

Nomzodlar orasida o’zbek ayollari ham bor, xususan Faryobda Halima Shevo ismli faol viloyat kengashiga saylanish umidida.

Jarayonda ko’plab xato va muammolar kuzatilgan, ammo rasmiylar bu umum natijaga ta’sir qilmaydi deb ta’kidlamoqda. 

7367 mahalliy kuzatuvchi va xorijlik taxminan 442 mehmonning ko’pi xulosa qilishga shoshmayapti.

Afg’oniston Mustaqil Saylov Komissiyasining bildirishicha natija kelasi 2-3 kun ichida aniq bo’ladi.

Lekin tog’li, zamonaviy transport vositalari yetishi qiyin bo’lgan hududlarga byulletenlar asosan eshak va otlarda tashilgan. Saylov karvonlari qachon manzilga yetib, berilgan ovozlar sanalib, yakuniy raqamlar aytiladi, bu hozircha noma’lum. 

Saylovlarni, komissiyaning bildirishicha, 500 ga yaqin mahalliy va 255 chet el axborot vositalari yoritmoqda.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Afg'onistonda o'zbeklar kim prezident bo'lishini istaydi?
Nazif Shahroniy: O'zbeklar Afg'onistonda federal tuzum tarafdori
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
 
  Bosh mavzu
Obama Afg'onistonga yana 35 ming askar jo'natishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Illinoysning kichik shahri yangi Guantanamo bo'lishga tayyor
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim