VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Ramazon oyida Amerika musulmonlari Qur'on ulashmoqda


27/08/2009

[insert caption here]
Amerikada ham musulmonlar ro'za tutib,  iftorliklarga yig'ilmoqda
Muqaddas Ramazon oyida Amerika musulmonlari o’z dini, madaniyati, urf-odatlari bilan o’rtoqlashadi. Jamoalar birga iftorlik qiladi.

Amerikaning turli chekkalarida islom tarixi, musulmonlarning bu jamiyatdagi roliga bag’ishlangan tadbirlar o’tmoqda. Qur’on kitobi ommaga tarqatilmoqda.

Oddiy amerikaliklar bilan suhbatlashsangiz, ayrimlari islom asosida zo’ravonlik yotadi deydi. Ba’zilar musulmonlar haqida deyarli bilmaydi, bu dinning mohiyatini tushunmaydi. Yana ayrimlar esa "Musulmonlardan qo’rqaman", deydi. 

2001 yilda sodir etilgan terroristik xurujlar ketidan Amerikada islom dini haqidagi tasavvur ancha salbiylashgan desak xato bo’lmaydi.

Vashingtondagi Amerika-Islom Aloqalari Kengashi bu din haqidagi tushunchalarni to’g’rilashga bel bog’lab, yaqinda yangi kampaniya boshladi. Tadbir doirasida Amerika jamoat arboblari va tashkilotlarga 100 ming dona Qur’on kitobi tarqatiladi.

Qur'an
Musulmon tashkilotlar omma orasida Qur'on tarqatib, dinni targ'ib qilmoqda
Prezident Barak Obama shu yilning iyun oyida Qohiradan turib musulmon dunyosiga murojaatida Qur’onni tilga olgan.

“Bir-birimizni tinglashimiz,  o’rganishimiz, bir-birimizni hurmat qilib, murosani odat qilishimiz kerak. Muqaddas Qur’onda yozilganidek: Xudoni tan olib, faqat haqiqatni so’zlamoq kerak”, - deydi Obama. 

Amerika-Islom Aloqalari kengashi ijrochi direktori Nihad Avadning aytishicha, bu mamlakatda ko’pchilik islom dini mohiyatidan bexabar, uni noto’g’ri talqin qilishadi.

“Obama Qur’ondan ko’plab misollar keltirdi. Inson hayoti bebaho ekani, irqiy tenglik va bag’rikenglik, faqat haqiqatni so’ylash to’g’risida”, - deydi Nihad Avad.

Tashkilot oldiga qo’ygan maqsadlardan biri mahalliy hokimiyat, qonunchilar, siyosatchi arboblar, axborot vositalari va jamoat yetakchilari bilan bog’lanish. 

"Qur’onni ular bilan bo’lishamiz", - deydi Nihad Avad, "toki islom dini haqida shov-shuv gaplar emas, kitobdagi misralar asosida xulosa qilishsin".

“Qur’on nimalarni targ’ib qilishi haqida odamlar o’zlari o’qib ko’rishsin. Islomda inson hayoti qadrlanadi, mehr-muruvvat va boshqa din vakillariga hurmat, tinchlik, mehnatsevarlik madh etiladi”, - deydi u.

“Qur’onni bo’lishing” nomini olgan kampaniya uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, unga musulmon tashkilotlari homiylik qilmoqda. Kitoblar arab va ingliz tillarida, qo’shimcha izoh bilan.

Islom haqida axborot ulashish maqsadida o’tkazilayotgan yana bir tadbir musulmonlarning Amerika jamiyatidagi roliga nazar tashlaydi. 

Tadqiqotchi Amir Nashid ochgan ko’rgazma AQShda 1700-yillardan beri istiqomat qilayotgan musulmon aholi, muhojirlik tarixi haqida hikoya qiladi.

“Biz bu jamiyatning ajralmas qismimiz.  Bu rad etib bo’lmaydigan fakt. Tarixiy hujjatlar, qo’lyozmalar, bu mamlakatdagi qabristonlar bunga guvoh”, - deydi Amir Nashid. 

Amerikada musulmonlar qariyb 7 million. Ramazon oyi islom dini haqida ko’proq o’rganish, madaniyat va urf-odatlar bilan o’rtoqlashish uchun imkoniyat.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda Ramazon oyi rasmiy qutlovsiz boshlandi
Faol muslimalar: Eskicha qarashdan voz kechish kerak
AQSh musulmonlari siyosatdagi o'zgarishni amalda ko'rmoqchi
Dunyo ahli Obamani qanday baholamoqda?
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Barak Obama musulmonlarga "keling, do'st bo'laylik" demoqda
Obama musulmon olamiga: Ayollarni hurmat qiling
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi

  Boshqa xabarlar
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available