VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston banklari moliyaviy inqiroz iskanjasida


28/08/2009

Xalqaro tashkilotlar nazarida O`zbekiston banklarida moliyaviy inqiroz ta`siri ko`proq sezila boshlagan. Mamlakat banklarida muammoli kreditlar ko`paygan, imkoniyatlar qisqarib bormoqda.

Banklar reytingini tuzuvchi “Moody’s” xalqaro agentligi hisobotiga ko’ra, O`zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari -- paxta va boshqa xomashyo bahosi ko`tarilmagani mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta`sir qila boshlagan. Bu esa banklar faoliyati susayishida bilinmoqda.

Xalqaro agentlik hukumat ko`magisiz, ayniqsa, xususiy banklar ishini davom ettirishi qiyin bo’ladi deya xulosa qiladi. Ta’kidlash lozim, “Moody’s” agentligi avvalgi hisobotida O`zbekiston banklari reytingini tuzib, vaziyatni barqaror deya ta’riflagan edi.

Yangi hisobot bank tizimi orqaga ketayotgani haqida ogohlantirmoqda. Ekspertlar fikricha, banklarda muammoli kreditlar ko’payishi tashvishli hol.

“Mantiqan olib qaraganda ham inqiroz davrida eksport mahsulotlariga talab tushgan, Markaziy bank naqd pul aylanishini, konvertatsiyani  sun`iy ravishda ushlab turgan bir paytda muammoli kreditlar miqdori ortib boradi. Kredit olgan tadbirkorlar bu sharoitda ko`proq inqirozga uchraydi, banklar esa daromadsiz qoladi”, - deydi ekspert Rashid Taymurov.

Uning aytishicha, O`zbekiston bank tizmi dunyo bank tizimdan keskin farq qiladi.

“Butun dunyoda banklar kredit foizlari o`rtasidagi farqdan foyda ko`rishadi. Bizda foizlar yuqoridan belgilangan, banklar daromadni boshqa usullarini topishga majbur”, - deydi ekspert.

Yevropada ayrim davlatlar, jumladan, Fransiya va Germaniya  inqirozdan chiqa boshlagani ta`kidlanadi. O`zbekistonda bu boradagi holat mavhum. O`zbekiston hukumati avvaliga moliyaviy inqiroz mamlakatni chetlab o`tayotganini ta`kidladi. Keyinchalik prezident Islom Karimov moliyaviy inqiroz O`zbekistonni chetlab o`tadi deb o`ylash xatoligini e`tirof etdi.

“Inqiroz oqibatida eksport mahsulotlariga nisbatan talabning pasayishi, bahoning tushini xo`jalik yurituvchi subyektlar, investorlarning eksportdan olayotgan tushumlari kamayishiga olib keladi. Bu oxir oqibat makroiqtisodiy ko`rsatkichlar o`sishiga, iqtisodning boshqa tomonlariga ta`sir qiladi”, -  degan edi Karimov.

Ayrim tahlillarga ko`ra, dunyoda moliyaviy inqirozdan chiqish boshlanganda O`zbekiston inqirozning eng og`ir davriga kirishi mumkin.

“Bu borada aniq bir narsa deyish qiyin, chunki iqtisodiyotga doir rasmiy ko`rsatkichlar haqiqiy vaziyatdan juda uzoq, real ko`rsatkichlar esa oshkor qilinmaydi”, - deydi Rashid Taymurov.

Moliyaviy inqiroz dastlabki jarayonda O`zbekiston iqtisodi izoyatsiyalangani bois unchalik ta`sir etmagan. Inqiroz chuqurlashishi, xomashyo bahosining tushishi, ishsizlar sonining keskin ko`payishi iqtisodiyotda endi-endi aks etmoqda.

“Naqd pul taqchillashishi, maoshlar ushlanishi, ishsizlik sur’ati kengayishi, konvertasiyaning deyarli yopib qo`yilishi -- bular hammasi inqirozning aholi hayotida bilinayotgan alomatlari”, - deydi Rashid Taymurov.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekiston nega iqtisodiy integratsiyadan chetda qolmoqda?
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz asoratlarini yashirib bo'lmaydi
"General Motors" O'zbekistondagi biznesidan mamnun
Jahon Banki Markaziy Osiyoni ekologik ogohlikka chaqirmoqda
Janubiy Koreya, O'zbekiston orasida 16 bitim imzolangan
Krizisdan aziyat chekkan davlatlarga yordam va'da qilinmoqda
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
Hukumatlar ochiq aytmasada, Markaziy Osiyo krizisda
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
Rossiyada muhojir ishchilar hayoti yanada og'irlashgan
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Amerika iqtisodiyotida biroz jonlanish kuzatilmoqda
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
Iqtisodiy tanazzul dunyo ahli uchun siyosiy-ijtimoiy sinov
Inqiroz paytida yoshlar uchun ish topish yanada qiyinlashgan
Iqtisodiy tanazzul mehnat muhojirlari hayotini qiyinlashtirmoqda
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
Iqtisodiy tanazzul, ishsizlik 2009 yilda davom etishi kutilmoqda
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Jahon bo'ylab iqtisodiyot rivojlanishi sekinlashgan
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
 
  Bosh mavzu
Jorj Kroll: AQSh-O'zbekiston xalqlari o'rtasida rishtalarni mustahkamlaylik

  Boshqa xabarlar
G'arb Eron qaroridan afsusda
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available