VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi


01/09/2009

[insert caption here]
Moskvada ishlayotgan o'zbekistonliklar
Musofirlik dunyoning hech bir burchagida oson emas. Rossiyaga non topish uchun borgan millionlab o’zbekistonliklar buni ayniqsa yaxshi biladi. 

O’tgan yillar ichida bu mamlakatda o’nlab o’zbeklar millatchi guruhlar qo’lida jon berdi, yana qanchasi turli jinoyatlarda ayblanib, panjara ortiga tashlandi.

Rossiyaning qahrli nuqtalarida qora terga botib, qurilish maydonlari-yu oshxonalarda, omborxona-yu korxonalarda mehnat qilayotgan o’zbeklar “churka” deb kamsitiladi. Ikki yildan beri Sverdlovsk oblastida yashayotgan muhojir deydiki:   

”Yaqinda kompyuterim uchun elektron lug’at sotib oldim. Izohlarga, so’zlarning ma’nosiga qarang. Churka – qo’pol , hissiyoti yo’q, madaniyatsiz odam. Ikkinchi ma’nosi, churka- O’rta Osiyo va Kavkaz xalqlari haqida aytiladigan qo’pol so’z. Ko’rdingizmi, hatto lug’atga kiritishdi bizni va qanday ko’rinishda”.

[insert caption here]
Rossiyaga ish qidirib ketayotganlar
Bu o’zbek yigitining ism-sharifini oshkor eta olmaymiz, ammo uning  boshqa ko’plab migrantlardan farqi shundaki, u ruschada yaxshi gapiradi. 

U til bilmagan, ammo ish deb Sibirning sovuq o’lkalariga borib qolgan 17-18 yoshli yurtdoshlari hayotning achchiq-chuchugini qanday tortayotganiga har kuni guvoh.

Ruslarning boshqa xalqlarga nisbatan munosabati salbiy ekani sir emas. 

Ammo bu yigitni uning yurtdoshlari orasidagi munosabat ko’proq tashvishga soladi. Maqsad pul topish ekan, insoniylik ko’p hollarda chetga surib qo’yilgan.    

“Rossiyada o’zbek-o’zbekni ko’rganida, ko’p hollarda, qishloqdosh yoki vatandosh deb o’ylamaydi. Birinchi o’rinda u – konkurent. Mana shu shaharda men borman. Yana kimdir kelib qolsa, oh, o’zimizni qo’yarga joy topa olmaymiz, chunki konkurent paydo bo’ldi. Birinchi o’rinda, militsiya yoki migratsion xizmatlar emas, mahalliy aholi yoki neonatsistlar ham emas, o’zimiz o’zimiznikilarni, o’zbek o’zbekni, tojik tojikni sindirishga harakat qiladi”,- deydi bu muhojir.    

Bunday xulosa qilishga bu yigitning o’z isbot-dalili bor. 

Kushva, Rossiya
Oybek Isariyev Rossiyaning Kushva shahrida sudlandi
19 avgust kuni Sverdlovsk oblastining Kushva shahrida 35 yoshli andijonlik, ikki bolaning otasi, Oybek Isariyev 9 yilga qamaldi.

U o’z xo’jayini, xorazmlik Do’stchan Mahmudovni bolta bilan chopib o’ldirganlikda ayblanib, Rossiya jinoyat kodeksining 105-moddasiga binoan sudlangan. Isariyev Rossiyaga bir yil oldin Mahmudov ko’magi bilan borgan. 

Mahmudov O’zbekistondan ishchi olib kelib, mahalliy bizneslar bilan ishlab, vositachilik qilib ancha oyoqqa turib olgan ishbilarmonlardan biri bo’lgan. Millatdoshlariga nisbatan qo’pol munosabati bilan tanilgan. Ishchilarning haqini vaqtida bermagan. 

Isariyev Mahmudov nazorati ostida bir necha oy mardikorlik qilgan: qurilishda ishlagan, mol boqqan. Maoshini ololmay mushkul ahvolda kun kechirgan. Isariyev qotillikni bo’yniga olib, voqeani sudga o’zi tarjimon yordamida aytib bergan. Suhbatdoshimiz jarayonni yaqindan kuzatgan:

"Shu yilning 31 may kuni Mahmudov biznes sheriklaridan katta pul olgan, barcha ishchilarga xizmat haqini tarqatish uchun. Lekin bir yil ishlab vatanga qaytish ilinjida yurgan Isariyevga bir shart qo’ygan. Mahmudovning o’ynashi bo’lgan. O’ynashining esa eri bor, bu odamni yo’qotish kerak. Mahmudov Isariyevga “Agar shu odamni o’ldirsang, haqingni olasan, bo’lmasa yo’q" degan. “To’g’ri seni qamashadi, lekin tanish-bilishlarni ishga solib, seni ruhan kasal deb xulosa qildirib, bir oyda chiqarib yuboraman. Haqingni ham beraman,  O’zbekistonga ketasan bolalaring va xotining oldiga” degan. Isariyev bunga rozi bo’lmagan. Ko’p tortishishgan. Isariyev “Menga yomonlik qilmagan odamga qo’l ko’tarmayman” deb turib olgan. Mahmudov esa boshqa iloj yo’qligini aytib, “Mana pichoq, unga dori ichiramiz, sen mana shu ishni qilasan” deb zo’rlagan. Rosa ichishgan, janjal bo’lgan va oxir oqibat hamma mast holatda uyquga ketganda, Isariyev Mahmudovning o’zini yotgan joyida bolta bilan chopib tashlagan. 10 dan ortiq zarba berib, dahshatli holda o’ldirgan”.    

Jinoyat Mahmudovning ma’shuqasi Natalya va uning eri Sergeyga qarashli dachada ro’y bergan. Mahmudov Isariyevni u yerga bu oila bilan kabobxo’rlikka taklif qilgan. Natalya va Sergey tortishuv sabablaridan bexabar bo’lgan.  

Isariyevni davlat tomonidan belgilangan advokat himoya qilgan. Sudlanuvchi hibsda tomirini kesib, o’z joniga qasd qilishga uringan. Hozir ancha o’ziga kelib qolgani aytiladi. Sudga uning yaqinlari kela olmagan.

O’zbekistonning Yekaterinburgdagi vakolatxonasi jarayon bilan qiziqmagan. Isariyev ishi bo’yicha huquq-tartibot organlari ham umumiy ma’lumot berish bilan cheklanadi xolos.  

[insert caption here]
O'zbekistonliklarning ko'pi qurilish, savdo va qishloq xo'jaligida mehnat qiladi
Nodavlat tashkilotlari taxminicha bugun Rossiya va Qozog’istonda 5-8 million orasida o’zbekistonlik mehnat qilmoqda. 

Hukumatlar bunga biror aniqlik kiritmaydi, lekin migrantlar ta’biricha bu raqam haqiqatga yaqin.  

”Men o’zim namanganlik bo’lsam, ko’plab qishloqlardan mehnat qilishga layoqatli, qo’lida hunari bor odamlar Rossiya yoki Qozog’istonga chiqib ketganini bilaman. Boshida faqat erkaklar ketardi, hozir ayollar ham. 9-sinfni bitirib, bolalar chiqib ketishayapti. Hamma Rossiyaga borsam deydi.  Qishloqlarda odam topolmaysiz”,- deydi suhbatdoshimiz.

Bu o’zbekistonlik fikricha o’zga yurtda qora ish qilib bo’lsa-da, vatanda oilani boqish millionlab insonlar uchun noyob imkoniyat.

Ona diyor qanchalik aziz bo’lmasin, hayot uchun kurash odamlarni musofirchilikka, uning anduhini tortishga majbur etmoqda. 

O’zga yurtda yashashning ham zavqi bor, biroq hamma jamiyatlar ham begonalarga quchog’ini ochavermaydi. Qolaversa ochko’zlik, shafqatsizlik va baxillik na chegara tanlaydi, na millat.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
To'fonlar ostida kuy bastalayotgan iste'dod sohibasi
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available