VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tojikistonda o'zbeklar o'z tiliga e'tibor va hurmat so'ramoqda


08/09/2009

[insert caption here]
Imomali Rahmon Tojikistonda rasmiy til faqat tojik tili bo'lsin  deydi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon davlat tili haqidagi qonunni yangilamoqchi.  Amaldagi qonunga binoan tojik tilidan tashqari o’zbek tiliga ham e’tibor qaratilgan bo’lib, o’zbeklar yashovshi tumanlarda ona tilida ish yuritiladi.

Lekin yangi qonun loyihasida esa Tojikiston aholisining 25 foizga yaqinini tashkil etuvchi bu jamoa haqida biron jumla yo’q.

Loyiha Oliy Majlisga topshirilgani zahoti Rossiya dumasida ayrim deputatlar unga qarshi fikrlar bildirgan edi. Hatto, Tojikistonga viza tartibi joriy etish borasida so’zlar bo’ldi. Chunki prezident Rahmon mamlakatda tojik tili asosiy til bo’lsin, rus tili rasmiy muomaladan chiqarilsin degan taklifni olg’a surmoqda.

Tojikiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, adib Bobojon Ikromov fikricha “bu kabi keskin qonun uchun Tojikistonda hali etarli sharoit yo’q”.

[insert caption here]
Tojikiston aholisining deyarli chorak qismi o'zbeklardan iborat
Mamlakatning taniqli o’zbek jurnalisti Tursunali Aliyev bu muhim qonun loyihasi muhokamasida o’zbek jamoasi qatnashmayotganidan kuyunadi. Uning nazarida bu taklifga qarshi Rossiya Dumasi a’zolari bosh ko’tarayotgan bir vaqtda Tojikistondagi o’zbeklar birdamlikda bir ovozdan o’z fikrini bildirishi kerak. Aks holda, deydi u, Tojikistonda boshqa millatlarning til va erkinliklariga qaysidir bir darajada ko’rinmas to’siq qo’yiladi.  

“Bu degani, kelgusida bu qonun bilimi past odamlarning qo’liga tushib,  ular buni bayroq qilib milliy nizolarni ko’tarishi mumkin. Chunki Tojikistonda xalqlar bir bo’lib yashar ekan,  avvalo murosa va o’zaro hamjihatlik kerak.  Til haqida alohida qonunning zo’raki qabul qilinishi o’rinsiz. Tojikistonda shu kechayu-kunduzdagi sharoitda shu narsa shart emas, amaldagi qonun hech kimga  zarur keltirmayapti,- deydi ziyoli.  

[insert caption here]
Amaldagi qonunga ko'ra, o'zbeklar ko'pchilikni tashkil etuvchi nohiyalarda ish ularning tilida yuritilishi mumkin
Tojik jurnalisti No’mon Rajabzodaning fikricha uning ona tili davlat himoyasiga muhtoj.  

“Tilimiz himoyaga olinmasa boshqa tillar ta’siri ostida ehtimol oz mavqeini qo’ldan berib qo’yishi mumkin”,- deydi u.

Yosh o’zbek olimlaridan biri siyosiy bosim haqida gapiradi. 

O’zbeklar, uning nazarida,  hukumat bosimidan xavfsirab fikrini ochiq bildira olmayapti. 

O’zbek shoiri Ahli Rasul Muhammad esa "oddiy gap daryoning yuzidagi ko’piklarni ifodalasa, she’r  tubidagi javohirlarni ifodalaydi" deya o'z ijodidan namuna taqdim etadi.

Siz aytgan har bir so’z, egrimas, to’g’ri,
Siz mo’min musicha, biz-mushuk, o’g’ri,
Nohaq bo’lsangiz ham, baribir-haqsiz,
Chunki Siz dunyoda tanho-mutlaqsiz.
Biz-qora fuqaro, Siz-buyuk millat.
Biz-g’irt illatdirmiz, Siz-nuqul himat.
Sizga teglashmoqqa yo’l bo’lsin bizga,
Axmoq bo’libmizmi, teglashib Sizga.

Tojik jurnalisti Jo’ra Yusufiy ta’biricha til haqidagi yangi qonun loyihasi hozirgi ko’rinishida qabul qilinsa, respublikada o’zbek tilida chiqayotgan davlat  gazeta-jurnallari faoliyati to’xtatilishi mumkin.  

“Agar ish o’zbek matbuotini cheklshgacha borsa,  masala xalqaro matbuot va inson erkinligi haqidagi qonunlar, boringki, Strasburgdagi inson huquqlarini himoya qilish sudigacha borib yetadi”,- deyd


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Tojikiston: Yangi o'quv yiliga na maktablar, na o'quvchi tayyor
Tojikistonda hukumatdan norozi odamlar islomdan tasalli izlamoqda
Tojikiston ahli qo'shni davlatdagi vaziyat haqida nima biladi?
Tojikistonda millatchilik mafkurasi quloch yozmoqda
Rossiyadan tobutda qaytayotgan tojikistonliklar ...
Tojikiston hududini o'zbek minalaridan tozalamoqda
Tojikistonda "Tong" o'zbek gazetasi xodimlari shartli jazo olgan
O'zbeku-tojik chegarada yer talashmoqda
Yoshlar va zamon: Tojikiston misolida
Tojikistonda jurnalist huquqi kafolatlangan, lekin ...
Hizb-ut-Tahrir Markaziy Osiyoda hamon faol, kim unga ergashmoqda?
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Tojikistonda yosh jurnalistlar o'z kasbidan cho'chib qolgan
Birgina felyetonni deb jurnalist 5 yilgacha qamalishi mumkin
Tojikistonda radikal diniy oqim – salafiylar kuchaymoqda
Tojikiston korrupsiya chuqur ildiz otgan davlatlar ro'yxatida
Tojikistonda o'zbek tilidagi ko'rsatuv, eshittirishlar kamaygan
Tojikistonda darsliklar yetishmaydi, bori esa talabga javob bermaydi
Yoshlar orasida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p
Markaziy Osiyoda Xitoy ta'siri kuchaymoqda
O'zbek adiblari ma'naviyatning bugungi ahvolidan tashvishda
Tojikiston yosh va malakali kadrlardan ayrilmoqda
Tojikiston va O'zbekiston fuqarolari: viza tartibi bekor qilinsin
Tojikiston matbuoti qo'shni davlatlarga qaraganda erkinroqmi?
Tojikiston Eron va Afg'onistondan iqtisodiy imkoniyat izlamoqda
Markaziy Osiyoda suv uchun kurash ketmoqda
Tojikiston matbuoti yosh va o'tkir jurnalistlarga muhtoj
O'zbekiston-Tojikiston aloqalari tarangligicha qolmoqda
Adolatsizlik, omma fikricha, kishilarni egri yo'llarga boshlamoqda
Tojikistonliklar: yutuq ham, kamchilik ham bor
Siyosiy cheklovlar bois Tojikistonda o'zbeklar ona adabiyotdan mahrum
Tojikistonda o'zbek gazeta-jurnallari savdosi taqiqlangan
Tojikistonning olim vodiysidan: sil kasalligi keng quloch yozmoqda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available