VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tojikistonda imkoniyatlar ko'paygan, ammo iqtisodiy ahvol hamon og'ir


12/09/2009

[insert caption here]
Mustaqillik e'lon qilingach, ko'p o'tmay - 1992 yilda boshlanib besh yil davom etgan fuqarolik urushi Tojikistonni qattiq holdan toydirgan. Urushdan so'ng xorij yordamida mamlakat sekin-asta oyoqqa turgan, biroq qashshoqlik hamon katta muammo. Iqtisodiy jihatdan asosan paxta, alyuminiy va ishchi muhojirlar jo'natayotgan mablag'ga tayanadi.
Tojikiston yaqinda mustaqillikning 18 yilligini nishonladi. Jamoatchilik mamlakatda yangi imkoniyatlar paydo bo’lganini tan olsa-da, iqtisodiy ahvoldan shikoyat qilmoqda.

Qashshoqlik asosiy muammolardan biri sanalmish Tojikistonda aholi mustaqillikka turlicha baho beradi. 

Tadbirkor Botirjon Boltuyev istiqlol oddiy mehnatkashga ham sarmoya orttirish imkoni berganini ta’kidlaydi.

“Ilgari sovet davrida biznes bilan shug’ullanish, sohibkorlik yo’q edi. Hozir har bir mehnatkash harakat qilsa, tirikchiligini o’tkaza oladi. Qancha harakat qilsa, shuncha pul topishi mumkin,” -deydi u.

75 yoshli nafaqaxo’r Toshmat To’xtayev esa mustaqillikdan so’ng qo’shni respublikada yashovchi qarindosh-urug’larini ko’rishga pasportsiz bora olmasligini, borganda ham pasporti muhrlarga to’lib ketishini, natijada pul sarflab, hujjatlarini yangilashga majbur ekanligini aytadi. Nafaqasi esa atigi 72 somoni -17 dollar atrofida. 

“Mustaqillikni sharofati shu”, – deydi otaxon.

Yosh tojik olimi, filologiya fanlari nomzodi Bahrom Mirsaidov mustaqillikdan keyingi ijobiy o’zgarishlar osonlik bilan kelmaganini eslatar ekan, mamlakatda fuqarolik urushiga barham berilganini, bu tajriba Tojikistonning janubiy qo’shnisi uchun ibrat bo’lishi lozimligini aytadi.

“Tojikistonda AQSh va Yevropa Ittifoqi hamda qo’shni davlatlarning gumanitar ko’magi tufayli yirik o’zgarishlar yuz berdi. Gidroenergetik sohada Rossiya, yo’l qurilishida Xitoy, maorifda Turkiya, xalqaro sohalarda AQSh va Yevropa davlatlari bilan hamkorlik samara bermqoda”, - deydi Mirsaidov.

[insert caption here]
Aholisi 6 milliondan ziyod Tojikistonda o'rtacha ish haqi 200 somoni - taxminan 60 dollar
Ozbekistonning Andijon viloyati, Shahrixon tumanidan bo’lgan agronom Turobjon Ergashev Toshkentda qishloq xo’jaligi kulliyotini tugatgach, Tojikiston taklifi bilan respublikaning Nov nohiyasiga kelib qolganini va shu yerda uylanib, qolib ketganini aytadi. Qarindoshlari Andijon va Toshkentda yashab, mustaqillik tufayli o’rtadagi aloqalari uzilib qolgan.

“Men qirq besh yil Tojikistonda ishladim. Ota-onam, aka-uka, tog’a-jiyanlarim Andijonda - Shahrixonda, qizlarim-o’g’illarim ko’pchiligi Toshkentda. Borib-kelish muammo bo’lib turibdi”, - deydi Ergashev.

Tojikistonlik tadbirkor Botirjon  Boltuyev istiqlol bergan imkoniyatlardan, hayotidan xursandligini bildirar ekan, chet elga borib kelish va ishlash imkoniyatlari paydo bo’lganligi, yangi yo’llar ochilganligi, GESlar qurilayotganligini mustaqillik mevasi sifatida ko’radi.

“Hamma joyda tinchlik bo’lsa, shunchalik yaxshi, davlatimizni tinchligi o’zimizni qo’limizda, hayotimdan xursandman”, - deydi Boltuyev.

Huququshunos Karimjon Qosimovning aytishicha, Tojikistonda mustaqillikning ikkinchi o’n yilligi yakunlanayotgan bo’lsa-da, mamlakatda haligacha davlat mafkurasi to’la shakllanmagani hokimiyatning ojiz tomoni bo’lib qolmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Tojikistonda o'zbeklar o'z tiliga e'tibor va hurmat so'ramoqda
Tojikiston qo'shni davlat hamon notinch ekanidan xavotirda
Tojikiston: Yangi o'quv yiliga na maktablar, na o'quvchi tayyor
Tojikistonda hukumatdan norozi odamlar islomdan tasalli izlamoqda
Tojikiston ahli qo'shni davlatdagi vaziyat haqida nima biladi?
Tojikistonda millatchilik mafkurasi quloch yozmoqda
Nazif Shahroniy: O'zbeklar Afg'onistonda federal tuzum tarafdori
Tojikistonda jangari hujumlari kuzatilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda

  Boshqa xabarlar
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
AQSh va Rossiya Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor demoqda
AQSh diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar