VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda bepul tibbiy xizmat faqat qog'ozda

14/09/2009

[insert caption here]
O'zbekistonda mavjud qonunlarga binoan har bir fuqaroga bepul tibbiy xizmat ko'rsatilishi shart
Markaziy Osiyoda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, sog’liqni saqlash sohasining xususiy bo’lishi bozor iqtisodi sekin rivojlanayotgan jamiyatlarda aholi salomatligini tahdid ostiga qo’yadi.  

O’zbekistondagi mavjud qonunlarga ko`ra fuqarolar bepul tibbiy xizmat bilan ta`minlanishi kerak. Biroq shifoxonalarda bepul  dori-darmon yoki muolaja haqida gapirish qiyin. Aksariyat odamlar xususiy markazlarda davolanish imkoniyatiga ega emas. 

“Fuqarolar sog`lig`ini muhofazalash” to'g'risidagi qonunga muvofiq davlat aholiga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish majburiyatini olgan. Har bir fuqaro bepul muolaja olishi shart.

So`nggi yillarda hukumat sog'liqni saqlash sohasini isloh qila boshladi.  Bu islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida, O'zbekiston prezidenti qaroriga ko'ra, 2007 yilda ishchi guruh tuzildi.

Asosiy e'tibor pullik xizmat turlarini ko'paytirishga qaratildi. Davlat tasarrufidagi shifoxonalar ham qisman pullik xizmat ko`rsatish tizimiga o`tdi. Mamlakatda xususiy tibbiy markazlar rivojlana boshladi.

Lekin respublikada o'rtacha bozor talabiga javob bermas ekan, aholining aksariyat qismi o'z salomatligiga qaray olmayapti. 

“Homilador ayollarga yordam  bepul bo`lishi kerak, lekin bu faqat qog`ozda. Aslida esa hammayoqda pul. Kasalxonaga tushsangiz, pulingiz bo`lsa davolanasiz, bo`lmasa qarzga botib yotaverasiz yoki qabul qilmaydi. Homilador ayol tug'ishi uchun bir dunyo pul kerak. Aslida esa bu tekin xizmat deb belgilangan", - deydi  farg`onalik faollardan biri G`anixon Madumarov.

Oddiy fuqarolar, ayniqsa ijtimoiy nochor qatlam uchun malakali tibbiy xizmat olish eng og`ir muammolardan.  Davlat shifoxonalarida ham, xususiy klinikalarda ham davolansih juda qimmat.

Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida, masaslan, oddiy bemorning bir kunlik davolanishi o`rta hisobda 150 ming so`mga to`gri keladi.  Mamlakatda esa o`rtacha ish haqi o`zi 150 ming so`m atrofida.

Sog'liqni saqlash tizimi korrupsiyaga botgan soha ekani ham sir emas. G`anixon Madumarov fikricha muammo shifokor va bemorni birdek qiynab keladi.

“Go'dak vaqtida pulini (ijtimoiy yordam) olmasa, ona vaqtida ovqatini yemasa, albatta kasal bo'ladi-da. Sog'liqni saqlash vazirligi "Vaqtida pulini bermasang odamlar kasal bo`ladi. Indinga boshqa  kasalliklar ko`payadi. Qachon bu muammolar bartaraf bo'ladi"? deb masalani prezident oldiga olib chiqa oladimi? Kecha shifoxonada bo`ldim. Hamshiralar hali avgustning maoshini olmagan. Shuning ham 50 foizini plastik kartochkaga o'tkazayapti. Tibbiy xodimlarning o'zi hozir yig'lab o'tiribdi”, - deydi Madumarov.

O'zbekisonda ijtimoiy xavfi yuqori kasalliklarga, jumladan sil hamda immunitet taqchilligi virusi va undan vujudga keluvchi sindrom (SPID) ga qarshi kurash ham muammoligicha qolmoqda.

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ma`lumotiga ko`ra O`zbekistonda sil xastaligi tezlikda tarqalmoqda, ayniqsa uning kuchli turlari.  

Respublika yuqumli kasalliklarga qarshi choralar ko'rish uchun xalqaro tashkilotlardan ko'mak oladi.  

Silga qarshi kurash yo'lida, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi moliyaviy ko'magida, O'zbekiston Sog'qliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda, bir necha loyihalar yo'lga qo'yilgan. 

“HOOP dasturi samarasi bilan silni aniqlash tizimi yaxshilandi. Butun respublika bo`ylab treyniglar o'tkazilib, silga qarshi kurashda mutaxassislar malakasi oshirildi”, -  deydi bu loyiha mutaxassisi Umida Matkarimova.

Mamlakatda ijtimoiy vaziyat og'ir ekan, aholi salomatligi ham xavf ostida. Aksariyat fuqarolarda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun mablag' yo'q. Kasallikning oldi vaqtida olinmasa, bu nafaqat oilaga qimmatga tushadi balki atrofdagilarga ham yuqish ehtimoli yuqori.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
O'zbekiston ta'lim tizimi tub o'zgarishlarga muhtoj
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston SPID bo'yicha mintaqada birinchi o'rinda
O'zbekiston kasalxonalarida VICH yuqtirish hollari ko'paygan
O'zbekiston donor qoniga tashna
O'zbekistonda ayollarning siyosiy faol bo'lishi uchun sharoit yo'q
AQSh SPIDga qarshi kurashda O'zbekiston bilan hamkorlikka tayyor
O'zbekistonda immunitet taqchilligidan azob chekayotganlar soni mavhumligicha qolmoqda
O'zbekistonda yoshlar jinsiy hayotni erta boshlamoqda
O'zbekistonda SPID mamlakat kelajagini yemirmoqda
O'zbekistonda qoradori savdosi va giyohvandlik ildiz otmoqda
Sog'liqni saqlash Amerikada eng dolzarb masalalardan biri
Amerikada tibbiy sug'urtasiz yashash xavfli va qimmat
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Vashington SPID bo'yicha AQShda birinchi o'rinda
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
Suvchechakni yengib, tibbiy inqilob qilgan olim
Yoshlar va seks: Jinsiy tarbiya ortidagi bahslar
Afg'onlar bolani ko'knor berib ovutadi, dardni afyun bilan yengadi
SPIDga qarshi vaksina izlanmoqda, shifodan darak bormi?
SPID Osiyo mamlakatlari bo'ylab keng tarqalmoqda
Giyohvandlik afg'on jamiyatini yemirmoqda
Amerikalik olim: O'zbekiston iqtisodiyoti o'smoqda, lekin muammo ko'p
Nohukumat tashkiloti haqiqatdan no-hukumat tashkilotimi?
Saratonning oldini olish unga qarshi kurashdan arzon
O’zbekistonda SPID bilan kasallanganlar ikki baravar ko’paydi
Musulmon dunyosi SPID balosini qachongacha yashiradi?
 
  Bosh mavzu
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available