VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston Yevropadan ichki ishlarga aralashmaslikni so'rayapti

15/09/2009

[insert caption here]
Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashgan, ammo huquq ahvoli yuzasidan kelishmovchiliklar munosabatlarga soya solishda davom etmoqda 
Yevropa Ittifoqi O’zbekiston hukumatini inson huquqlari hurmat qilinishi va jamiyat erkinlashishi uchun shaxdamroq qadam tashlashga undamoqda. 

Bu chaqiriqqa javoban Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov blokdan uning davlati bilan teng darajali va o’zaro ishonchga asoslangan aloqa yuritishni so’ramoqda. 

Norov kecha Bryusselda ittifoq rasmiylari bilan muloqot qilgan.  

O’zbekistonda parlament saylovlari yaqinlashar ekan, Yevropa hamjamiyati nazarida jarayon adolatli va xalqaro me’yorlarga mufojiq o’tishi uchun sharoit yaratilishi kerak.

Shuningdek, blok biznes sohasini rivojlantirish, tashqi sarmoya oqimini oshirish, korrupsiya qarshi kurash va mustaqil adliya tizimini joriy etish uchun nimalar qilish kerakligi haqida Islom Karimov ma’muriyatiga qator tavsiyalar bilan chiqqan. 

[insert caption here]
Yevropa Ittifoqi serqirra aloqalarni yo'lga qo'yishga tayyor, ammo O'zbekistonga demokratiya va taraqqiyot bobida o'z tavsiyalarini ma'lum qilgan
O’zbekiston rasmiylari fikricha esa Yevropa Ittifoqi musulmon jamiyatlarini tushunmaydi va vaziyatni baholashdan avval hukumatlar bilan til topishishga harakat qilmog’i lozim. 

Blok esa respublika bilan serqirra munosabatlar o’rnatishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.

Norovning  aytishicha Yevropa demokratiya va huquq bobida qo’yayotgan talablar aloqalarga ta’sir qilmay qolmaydi.

Norov
Vladimir Norov, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri
“Biz, O’zbekiston delegatsiyasi, bu yerga biror mavzu yuzasidan javob yoki hisobot berish uchun kelmadik”,- deydi Tashqi ishlar vaziri.

“Yevropa Ittifoqi respublikamizdagi vaziyat ustidan biror nazoratga ega emas. Biz hamkormiz va o’zaro manfaatlarni ko’zlagan holda ishlashimiz kerak”,- deydi Vladimir Norov. 

O’zbekistonning 1992 yilda qabul qilingan konstitutsiyasi, deydi vazir, demokratiya, inson huquqlari va fuqaro jamiyati uchun zamin hozirlagan.  

Norovning qayd etishicha, 70 yil Sovet tuzumi ostida yashagan xalq barcha qiyinchiliklarni bir necha yilda yenga olmaydi.



Sharh va izohlar:

1. Chetdan nazar

Hurmatli Kamoliddin va Ulug'bek! O'zbekiston ehtimol, darhaqiqat to'g'ri yo'ldan borayotgandir. Uni bu yo'ldan hech kim qaytarmaydi. Lekin bu dunyoda O'zbekiston bir o'zi emas va ba'zida dunyo bilan aloqa qilib, tajriba almashib turish foydadan holi bo'lmaydi. O'zbekistonda erkinlik va demokratiya rivojlangan deb baralla ayta olishingizga ishonmayman. O'zbekistonlik barchaga omad!
Fikr bildiruvchi: Shermuhammad (Qirg'iziston)
09-21-2009 - 06:33:31

2. Shahsiy Fikr

Men Kamoiddin akaning fikriga to'laqonli qo'shilaman. "Yaxshi ot keyin chopadi" va marraga birinchi bo'lib yetib keladi. Mening yurtim mavjud bo'lgan taraqqiyot yo'llarining eng ma'qulini tanlagan va bu yo'ldan hech qanday og'may (har qancha og'dirishga urinishlar bo'lishiga qaramasdan) o'z kuchi bilan va o'zligini sotmagan holda marra sari intilmoqda. Men bu yo'lda barcha yurtdoshlarimga OMAD tilayman. Bu mening fikrim edi. Javob kutaman.
Fikr bildiruvchi: Ulug`bek (O`zbekiston)
09-18-2009 - 04:55:38

3. mulohaza

Mening fikrimcha bizning davlatimizda Yevropa yoki rivojlangan davlatlar ta'kidlagan talablar bajarilmaydi. Chunki biz yaqinda mustaqil bo'lgan davlatmiz hamda bizda o'sha biz rivojlangan deb oylaydigan davlatlardek jinoyat botqog'iga botmaganmiz. Ular bu darajaga buyuk jinoyatlari bilan erishgan. Bizning davlatimiz esa haqqoniy va mashaqqatli yo'lni tanlagan. Nima uchun faqatgina endi rivojlanmoqchi bo'lgan davlatlar kamchiliklari ko'rilib, unga choralar ko'riladi? O'sha biz zo'r deb bilgan davlatlar xatolariga ko'z yumiladi. Men yurtimning ham o'sha rivojlanib, jinoyat botqog'iga botishini xohlamayman. Biz faqat o'z kuchimiz bilan haqqoniy davlat tuzish tarafdorimiz. Men ularning hech qaysiga havas qilmayman. Mening yurtim shundoq ham to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Ular bizning fikrimizni sindirmoqchi xolos. Bizning rivojlaniyotganimizni ko'rolmayapti. Mening fikrim shu. Javob kutaman.
Fikr bildiruvchi: KAMOLIDDIN (O'zbekiston)
09-17-2009 - 15:16:17

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mehmonlar va faollar huquq ahvoli haqida turlicha fikrda
Yevropa vakili O'zbekistonda kimning dardini tinglayapti?
O'zbekistonda parlament saylovlari muxolifatsiz o'tadi
O'zbekiston prezidentini tanqid qilgan shoir qismati
Karimov jurnalistlarni ichki senzuradan qutulishga chaqirmoqda
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz asoratlarini yashirib bo'lmaydi
O'zbekiston Shanxay-6 raisligini qo'lga olish arafasida
Yevropa delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifidan umidlar...
Paxta monopoliyada ekan, bolalar mehnatidan voz kechilmaydi
O'zbekistonga kirib-chiqish azob, fuqarolik masalasi murakkab
Muhojirlar: "Andijonni unutmaslik kerak"
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
O'zbekistonda advokatlar safi tozalanmoqda
Siyosiy mahbuslar yaqinlari bilan uchrasha olmayapti
O'zbekiston sarmoyaga muhtoj, ammo zarur sharoit yaratilmagan
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli
Yevropa-O'zbekiston: Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
Qamoqxonalarda ahvol ayanchli, deydi mahbuslarning yaqinlari
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi
O'zbekistonda turizm rivojiga nima halaqit bermoqda?
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
Ezgulik: Otishmada o'lgan ayolning terrorchilarga aloqasi yo'q
Mehnatkash va mehnatning qadri pasayib ketgan
O'zbekiston Bosh prokuraturasi otishmalar borasida izoh bergan
Amnistiyadan umid, ozodlik bu safar kimga nasib etmoqda?
18 yil avval va'da qilingan buyuk kelajakdan hozircha darak yo'q
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available