VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda demokratiya tantana qilinmoqda


15/09/2009

[insert caption here]
O'zbekistonda tuzum o'zini demokratik deb ataydi, ammo avtoritar ruhda ish olib boradi
Bugun Xalqaro demokratiya kuni ekan, mamlakatda demokratiya rivojiga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tmoqda. 

Lekin biror muxolif siyosiy partiya tan olinmagan O'zbekistonda demokratiya haqida gapirish qiyin. 

Parlamentdagi partiyalar - hukumat tarafdorlari. Haqiqiy oppozitsiya esa, deydi sharhlovchilar, kishanlangan va toptalgan ahvolda.  

BMT Bosh Assambleyasi ikki yil muqaddam 15 sentabrni Xalqaro demokratiya kuni sifatida belgilagan edi. Bu yilgi tantanalarda siyosiy tolerantlikka e'tibor qaratilmoqda. 

BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi respublika bo'ylab radioviktorinalar, yoshlar ishtirokida davra suhbatlari o'tkazmoqda.

O'zbekiston qonunan demokratik tuzumga ega bo'lsa-da, amalda avtoritar boshqaruv ostida ekani ta'kidlanadi. Hozirgacha biror muxolif siyosiy partiya ro'yxatga olinmagan, muxolifatchilar qamoqda yoki quvg'inda.

Oliy Majlis
Oliy Majlisda qonunchilik o'rinlariga biror partiya amaldagi siyosatni savolga tuta olmaydi
“Demokratiya kunida men chiroyli gaplar aytib, tabriklar yo'llashni xohlardim. Lekin afsuski demokratiyadan juda yiroqdamiz.  O'zbekistonda buni bayram qilish, kun sifatida nishonlash uyat. Chunki hukumat demokratiya uchun nima lozim bo'lsa, buning teskarisini qilib,  demokratik tamoyillarni mensimaslikda davom etmoqda”, - deydi muxolifatdagi “Birdamlik” harakatining O'zbekistondagi rahbari Dilorom Isxoqova.

Mamlakatda tan olingan, rasmiy partiyalarning birortasi amaldagi siyosatni savolga tuta olmaydi. Hokimiyatni javobgarlikka tutish esa asosiy demokratik tamoyillardan biri. 

Demokratik qadriyatlar haqida bong urilayotgan tadbirlarda hukumat ko'klarga ko'tariladi va bugungi siyosat eng raso yo'nalish sifatida maqtaladi. 

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi vakili Hayitboy Abdullayev fikricha haqiqiy oppozitsiya uchun eshiklar juda mahkam yopilgan va ularni ochish qiyin masala. 

“Muxolifat bo'lmasa, qanday o'sish bo'ladi? Qars ikki qo'ldan chiqadi. “Birlik” ham, “Erk” ham o'z holida. Hokimyat ham o'z holida. Ular muloqotga borishga harakat qiladi, lekin hukumat eshiklarni berkitib olgan”, - deydi Abdullayev.

[insert caption here]
Hukumat demokratik qadriyatlarga sodiq ekanini aytib keladi, ammo fikrini ochiq aytgan shaxslar tazyiq ostida
Xalqaro hamjamiyat bilan muloqotga tayyor ekanini ta'kidlayotgan Islom Karimov ma'muriyati demokratik qadriyatlarga sodiq ekanini ta'kidlab keladi.      

14 sentabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasida demokratiya va inson huquqlari bo'yicha muloqot bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropa Ittifoqini o'zaro tanqidlarsiz hamkorlik qilishga chaqirdi.

Mahalliy faollarning qayd etishicha mamlakatda demokratiya tarafdori  bo'lgan va erkin so'zlagan insonlarning qo'liga kishan solish tabiiy bir hol. 

“Mamlakatda qolgan muxolifat juda ozchilik. Oyoq-qo'llari bog'liq, matbuotga yo'l yo'q.  To'rtta odamni to'plab majlis qilsang, albatta qamashadi, sudga tortishadi. Bugun muxolifat haqida gapirganda juda tor bir doira nazarda tutiladi”, - deydi Dilorom Isxoqova.

Hayitboy Abdullayev fikricha muxolifatni keskin tazyiqqa olish O'zbekistonda kuzatilayotgan so'nggi tahdidli voqealardan ham bilinmoqda.

“Qo'poruvchilik harakatlari muxolifat yo'qligidan kelib chiqmoqda.  Odamlarda o'z fikrini aytish, bildirish imkoniyati yo'q. Masalan “Birlik” bilan hokimyat biron marta suhbat qilgan emas. Boshqalarni tan olgisi kelmaydi. Butun dunyoda hukumatdagilar muxolifat bilan muloqot qiladi. Ularning fikrini tinglaydi. Xulosa chiqaradi. Munozara va maslahatga yo'l beriladi”, - deydi Abdullayev.

Mustaqillikning ilk yillarida O'zbekistonda muxolif partiyalar bir qadar erkin faoliyat yuritgan.  Biroq keyinchalik ularning a'zolarini qamoqqa tashlash boshlandi va ularning ko'pi bosim ostida mamlakatni tark etdi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mehmonlar va faollar huquq ahvoli haqida turlicha fikrda
O'zbekistonda bepul tibbiy xizmat faqat qog'ozda
Xavfsizlikka tahdid – AQSh va O'zbekistonni bog'lovchi omil
Ezgulik: Otishmada o'lgan ayolning terrorchilarga aloqasi yo'q
Mehnatkash va mehnatning qadri pasayib ketgan
O'zbekiston Bosh prokuraturasi otishmalar borasida izoh bergan
Amnistiyadan umid, ozodlik bu safar kimga nasib etmoqda?
18 yil avval va'da qilingan buyuk kelajakdan hozircha darak yo'q
Bayram arafasida Toshkent notinch, otishmada bir necha kishi o'lgan
O'zbekistonda Ramazon oyi rasmiy qutlovsiz boshlandi
Toshkentda taniqli imomlarga hujumlar, hukumat nega jim?
O'zbek jangarilari propagandaga zo'r bermoqda
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi

  Boshqa xabarlar
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available