VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qirg'iziston parlamenti deputati mamlakatni tark etdi

16/09/2009

Qirg'iziston parlamentidagi eng liberal qonunchi deb ta'riflanayotgan, sotsial-demokratlar fraksiyasi raisi Baktibek Beshimov hayoti xavf ostiga tushayotganini sezgach, AQShga chiqib ketishga majbur bo'lgan. Prezident saylovlarida birlashgan muxolifatdan nomzod, sobiq bosh vazir Olmosbek Atambayev kampaniyasiga boshchilik qilgan bu arbobning aytishicha, bir vaqtlar Markaziy Osiyoda "demokratiya oroli" nomini olgan mamlakatda avtoritar tuzum kuchaymoqda.

Baktibek Beshimov Qirg'iziston parlamentida AQSh qo'shinlarini Manas avibazasida qoldirish uchun ovoz bergan yagona qonunch. Unga ko'ra, Qirg'iziston siyosatida Rossiyaning roli ortib bormoqda. Amerikaliklarni "Manas"dan chiqarish evaziga Rossiyadan millionlab dollar undirgan Bakiyev hukumati Kremlga qaram bo'lib qolgan. Qirg'iziston parlamenti qonunlar yaratayotganda Rossiya Dumasi hujjatlaridan andoza sifatida foydalanadi, ko'p hollarda Rossiyaga tegishli matn qolib ketadi, ba'zida esa qonun loyihalarini rossiyalik mutaxassislarning o'zi tayyorlab beradi, deydi Beshimov.

Harbiy tahlilchi, AQSh armiyasi podpolkovnigi Robin Fillipsning aytishicha, Rossiyaning Qirg'iziston siyosatiga faol aralashuvi hamda MDH Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tezkor kuchlarini O'shda joylashtirish rejasi qo'shni O'zbekiston tomonidan salbiy qarshilanmoqda.

Uning aytishicha, Rossiya mintaqa nazoratini o'z qo'liga olishga intilib, harbiy va etnik mojarolar uchun muhit yaratmoqda.

"Bu hol O'zbekistonni asabiylashtirib, AQSh bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirishga majbur qilyapti," deydi tahlilchi.

O'z vaqtida sobiq prezident Askar Akayev siyosatiga qarshi turgan Baktibek Beshimov Qurmanbek Bakiyev prezidentligi davrida vaziyat yanada yomonlashgan deydi.

O'tgan yili Novqat shahrida o'nlab mahalliy o'zbeklar Hizbut-Tahrir diniy oqimiga a'zolikda ayblanib, uzoq muddatga qamalgan edi. Beshimovning aytishicha, ularga qarshi ayblovlar soxta bo'lgan, ba'zilari qiynoqlarga solingan. Qirg'izistonlik o'zbeklar Bakiyev siyosatiga qarshi bo'lsada, tazyiqlardan qo'rqib, unga ovoz berishga majbur bo'lgan, deydi Beshimov.

Baktibek Beshimovning xavotir bildirishicha, Bakiyev hukumati qonuniy muxolifatni siyosiy maydondan siqib chiqarib, uni islomiy kuchlar tomonidan egallanishiga beixtiyor sharoit yaratmoqda.

Qirg'izistonning Akayev prezidentligi davrida AQShdagi elchisi lavozimida ishlagan Baktibek Abdurisayevning aytishicha, Bakiyev 2005 yilda hokimiyatga kelganidan beri mamlakatda 25 ta siyosiy qotillik sodir etilgan, jumladan besh deputat o'ldirilgan. Prezident yaqinlari va o'g'illarini xavfsizlik organlarida rahbarlikka tayinlab, xavfsizlik apparatini kengaytirgan.

"Askar Akayev prezidentligi paytida odamlar davlat rahbarini istalgancha tanqid qila olar edilar. Hech kim buning uchun jazolanmas edi. Hozir esa odamlar qo'rqib qolgan. Siyosatchilar ham, jurnalistlar ham, huquq faollari ham ta'qib etilmoqda, o'ldirilmoqda," deydi sobiq elchi.

Baktibek Beshimov mamlakatni tark etgan bo'lsada, deputatlik mandatini saqlab qolgan, ammo bu hol qancha davom etishini aniq bilmaydi.



Sharh va izohlar:

1. Fikr

Darhaqiqat Qurmanbek Bakiyev kelganidan beri tobora qo'shni davlatlarga o'xshab ketmoqda. Akayev davridagi demokratiya qolmagan bo'lsa ham, har holda hozircha ancha-muncha muxolif fikrlarga o'rin bor. Bora-bora bu ham yo'q bo'lib ketsa ajab emas. So'nggi paytlarda o'zbeklarga nisbatan tayziqlar kuchaygani ham hech kimga sir emas. O'zbekiston o'zbeklar tarafini olib chiqishiga ishonmaganliklari uchun mahalliy o'zbeklar barchasiga sabr qilib yashashga majbur bo'lmoqda. Bu hol qanchagacha davom etadi. Shu ketis bo'lsa yaqin yillar ichida yoki millatlararo janjal bo'ladi, yoki o'zbeklar qirg'izga aylanib ketadi. Ba'zida Qirg'izistonda o'zbek bo'lib tug'ilganimdan afsuslanib ketaman. Fikrlaringizni kutaman.
Fikr bildiruvchi: Shermuhammad (Qirg'iziston)
09-21-2009 - 06:48:14

Download Bakitbek Beshimov Qirg'izistonni tark etdi
Download  (MP3)
Listen to This Report Bakitbek Beshimov Qirg'izistonni tark etdi
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available