VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Amerikada menhat qilib vatanga qaytayotgan yoshlar


17/09/2009

[insert caption here]
Nyu-York singari yirik shaharlarda restoran, bar va maishiy xizmat maskanlarida ishlayotganlarning aksariyati chet ellik yoshlar. Ular orasida o'zbekistonlik va sobiq Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan kelgan talabalarni ham uchratasiz.
Amerikada qanday qilib ish topish mumkin? O’qish-chi? Grin kartaga hujjat topshirish uchun nima qilish lozim? 

Bu singari savollar "Amerika Ovozi" tahririyatiga tez-tez tushib turadi. Ushbu saytning Ilm-fan bo'limidan ko’plab foydali ma’lumotlar topasiz. 

AQShga yoshlarni olib keladigan dasturlardan biri "Work & Travel USA" bo’lib, uning asosida talabalar 4 oy davomida bu mamlakatda ishlashi mumkin. Mehnat va sayohat taklif qiluvchi bu programmada qatnashish o’ziga yarasha sarmoya va shijoat talab qiladi.

Ishchan, g’ayrat va umidga to’la, qiziquvchan yoshlar ko’p. Intilganga omad yor deb yurgan yigitlardan biri yaqinda Amerikaga kelib uch oy ishlab ketdi.

Vatanga qaytishdan oldin "Amerika Ovozi" ga o’z taassurotlarini aytib berar ekan, uyalibgina “iltimos, ism-sharifimni bildirmang” dedi, har ehtimolga qarshi. 

Bu talaba O’zbekistonda o’qishini yakunlab, jamiyatga foydasi tegadigan bir mutaxassis bo’lish niyatida. Suhbatdoshimiz ingliz tilini yaxshi biladi, iqtisod va biznes yo’nalishida bilim olmoqda.  

"Work & Travel" dasturi haqida qayerdan bildingiz? - deb so’raymiz undan.

”Hamma studentlar hayotda bir marta bo’lsa-da, Amerikani ko’rib kelishni orzu qiladi. Dastur haqida borib kelgan bolalardan eshitganman. AQSh elchixonasining  www.usembassy.uz  saytidan ma’lumot olganman”,- deydi u. 

AQSh Davlat departamenti tomonidan ta’sis etilgan bu dastur CIEE (Council on International Education Exchange), Xalqaro Ta’lim Almashinuv Kengashi degan tashkilot tomonidan yuritiladi. Toshkentda u bilan “Resurs” (www.resursuz.com )  degan firma shug’ullanadi. 

Dasturda qatnashish uchun universitet talabasi bo’lishingiz shart. Ish ta’til paytiga mo'ljallanadi. Programma tekin emas.

[insert caption here]
Amerikaga mavsumiy ishlar uchun kelish o'ziga yarasha sarmoya va shijoat talab qiladi 
"Student bilan kontrakt tuziladi. 100 ming so’mdan ortiqroq pul to’laysiz buning uchun.  Keyin esa programma uchun to’lanadigan pul bor, 800 dan 900 dollargacha", - deydi qatnashchi.
 
Ana shu shartnoma asosida keyin tashkilot sizga ish va turar joy topib beradi. Amerikaga kelish uchun yo’lkirani ham o’zingiz qoplaysiz. 

O’zbekiston Havo Yo’llarida  Toshkentdan Nyu-Yorkka va Nyu-Yorkdan Toshkentga uchish 1200-1400 dollarga tushadi. Nyu-Yorkdan Amerikaning boshqa yaqin va uzoq shaharlariga yetib olish va orqaga qaytish xarajati ham o’z bo’yningizda.  

Odatda sizni kimdir kutib oladi, ammo o’zga yurtga borayotgan odam har narsaga tayyor turishi kerak.

"Meni hech kim kutib olmadi. Lekin ish beruvchi sizni kutib qoladi deyishgan edi. Telefon nomerlari va adreslarini berishgan edi. Men o’z ish beruvchimni kutib bir kunim bekor ketdi. Virjiniya shtatining Vudbrij shahrida", deya hikoya qiladi o’zbekistonlik student.
 
Suhbatdoshimiz avval basseynda qutqaruvchi bo’lib yollangan, ammo ish bu yigitning ko’ngliga o’tirmagan. Ish turini oldindan surishtirib olish, sizga ma’qul sohani tanlash maslahat beriladi. Borgach, bir gap bo’lar deb o’ylash yaramaydi. Chunki shartnomani buzsangiz jarima to’laysiz. 

“Birinchi kuni kontrakt imzoladik. Yotoq uchun 200 dollar depozit to’ladik. Kontraktni buzsangiz 450 dollar to’laysiz. 3500-4000 dollar naqd cho’ntakda bo’lishi kerak. Chunki programmaning o’zi taxminan 3000 dollar ketadi. Keyin ishni boshlab olguncha yashab turish kerak. Buning uchun yana kamida 500 dollar kerak bo’ladi”,- deydi talaba.

Basseyndagi ishini tashlagach bu yigit ikki oy yangi joy izlagan. “Juda qiyin bo’ldi, lekin epladim, boshqa chora yo’q edi”,- deydi u.  

[insert caption here]
Talabalarni ishga yollayotgan bizneslar ularga AQShdagi minimum ish haqi - soatiga 7 dollar 25 sent to'laydi
“Oxiri McDonalds dan ish topdim. U yoqda ham yarim kunlik ish. Soatiga 7 dollar 25 sent to’lashdi, Amerikadagi minimal ish haqi”. 

Shuncha harakat va xarajat arzirmikan?

“Men Amerikaga inqiroz paytida kelib qoldim. Taqdir ekan. Menimcha, uch oyda xarajatni qoplash mumkin. Programma ishlab, Amerikani ko’rib ketish uchun arziydi. Ammo bu dasturning studentlarga taklif qiladigan yaxshi bir imkoniyati bu ingliz tilini rivojlantirish, ingliz tilini yaxshilash deyishadi. Men bunga  qo’shilmagan bo’lardim. Chunki buning uchun yetarli imkoniyat yo’q. Atrofingizda faqat immigrantlar. Men yashagan va ishlagan joyda ko’proq immigrantlarni ko’rdim, amerikaliklarni ko’p uchratmaysiz”, -deydi talaba. 

Amerika murakkab jamiyat ekan, bu yerda kun ko’rish va oyoqqa turish ko’pchilik o’ylagandek oson emas ekan, deydi o’zbekistonlik yigit. Xilma-xil elat vakillarini uchratasiz, turli mentalitetlar, turlicha yondashuv. Odamlar har yerda har xil. Muhojir moslashuvchan bo’lishi, vaziyatga qarab ish tutishi kerak bo’ladi. 

”Amerika juda chiroyli va qudratli davlat. Lekin menga yoqmagan jihati odamlarning munosabati, muomalasi. Nazarimda juda soxta. Dilda boshqa, tilda boshqa”,- deydi suhbatdoshimiz.
 
Lekin, deydi bu talaba, Amerika safari uning hayotida o’ziga xos burilish yasagan va kelajak maqsadlarini o’zgartirgan bo’lsa ajabmas.

"O'zim haqimda ko’proq o’rgandim. Kamchilik va ustun tomonlarimni oynada ko’rgandek bo’ldim", - deydi u.

”Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan deyishadi. Hayotning past- balandini ko’rdim.  Ikki oy ishsiz yurishning o’zi bo’lmaydi. Nimadir qilish kerak, yashash kerak. Aytmoqchimanki, qiyinchiliklarda odam toblanadi. Eng asosiysi, o’tayotgan vaqtning qadriga yetishni o’rgandim. O’z ustimda ko’proq ishlashim kerakligini angladim”.

Amerikaga mavsumiy ish uchun kelgan talabalar odatda qutqaruvchi, farrosh yoki kassir bo’lib ishlaydi. Dam olish maskanlarida xizmat qiladi. Oshxona va restoranlarda idish-tovoq yuvishadi, yoki sotuvchiga yordamchi. Ofitsiantlik eng keng tarqalgan ish turlaridan,  shunindek, mehmonxonalarda yugurdaklik.   

Dastur yoqsa, kelasi yil yana kelish mumkin.  Bir mavsum to’rt oydan uzoqqa cho’zilmasligi kerak va bu muddat bitgach siz vatanga qaytishga majbursiz. Qatnashchiga J-1 vizasi beriladi. Bu degani siz homiy tashkilot nazorati ostidasiz va belgilangan sohalardan boshqasida ishlay olmaysiz. Shartga bo’ysunmaganlar noqonuniy muhojir sanaladi va javobgarlikka tortilishi yoki deportatsiya qilinishi va Amerikaga boshqa kiritilmasligi mumkin. 

Yozda Amerikada ishlab, O’zbekistonga qaytgan ayrim talabalar maxsus ruxsatsiz ketganlikda va tartibni buzganlikda ayblanib, o’qishdan haydalgani haqida ma’lumotlar bor. 

Masalan, bu yili Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universitetining kamida 10 studenti yuqorida tilga olingan sabablar bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. Yoshlar, tabiiyki, bu qarordan norozi va xorijga borib kelib, biror nomaqbul ish qilmaganini aytmoqda.



Sharh va izohlar:

1. Ish kerak

Salom, men O'zbekistondanman, chet elda ishlashni xohlayman. Iltimos yordam bersanglar.
Fikr bildiruvchi: Elyor (Uzbekistan)
10-09-2009 - 16:24:53

2. job offer

Men o'ylashimcha bu student kontraktni yaxshi tuzmagan va yana eng asosiysi, job offer qilgan odamga ham bog'liq. Mening do'stlarim borib kelishdi. Ular kelib hech ham nolishgani yo'q...
Fikr bildiruvchi: Gulomjon (Qirg'iziston)
09-30-2009 - 08:05:09

3. work and travel

Hozir ko'p firmalar O'zbekistonda aldashadi. Zo'r deydi, u deydi, bu deydi. Aldab pulni olishada. Amerikadagi sponsorlar ham sizga qarab ish tutmaydi. O'z bilganicha hal qilishadi muammolarni. Man 3 yil borib keldim. Shu 3 yildayam shunaqa bo'ldi. Bitta o'zbekni Immigratsiya (xizmati) tutib, 3 oyga yaqin qamab qo'ydi. Nimaga, hech bilmaydi. U legal (qonuniy) bo'lsayam, hech kim yordam berolmadi. Bechora qarz olib kegan ekan. Xudoga shukur, O'zbekiston baribir yaxshi, kim nima desayam.
Fikr bildiruvchi: to'stasin (O'zbekiston)
09-24-2009 - 01:27:54

Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbek jangarilari propagandaga zo'r bermoqda
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi
O'zbeklar siyosatga intilmoqda, tuzum kelajagi savol ostida
Faryobda o'zbeklar e'tibor va yordamdan umidvor
Afg'onistonda o'zbeklar kim prezident bo'lishini istaydi?
Nazif Shahroniy: O'zbeklar Afg'onistonda federal tuzum tarafdori
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
To'fonlar ostida kuy bastalayotgan iste'dod sohibasi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Amerikada o'qish - qancha va nima uchun?
AQShda o'qish: yangi qoidalar va o'zbekistonlik talabalar
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Sietl-Toshkent birodarlik aloqalari o'rnatilganiga 35 yil to'ldi
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
AQShda o'qish imkonini beruvchi tashkilot O'zbekistonda endi yo'q
Milliy mafkura O'zbekiston yoshlari ongida qanday aks etmoqda?
"Amerika sehrli diyor emas, imkoniyatlar makoni"
 
  Bosh mavzu
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Medvedevning tavbasi: Rossiya rahbari muammolarni tan oldi
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available
O'zbekistonda uyg'urlar masalasi - qaltis mavzu