VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tojikiston maktablarida islom darsi o'tilmoqda


18/09/2009

Tojikiston Ta’lim vazirligi qaroriga mufoviq, endilikda o’rta maktablarda “Islom ma’rifati” fani o’tilmoqda. Bu tashabbus haqida qarashlar turlicha. Shu paytgacha bolalar “Dinlar tarixi”dan saboq olib kelayotgan edi.

Tojikiston Islom Uyg’onish Partiyasi respublika boshqaruvi a’zosi Ubaydullaxo’ja Fayzulloyevning aytishicha, bu yangilikda ularning ham hissasi bor. Uning fikricha, maktablarda bu mavzuni islomshunoslar emas, mullalar o’rgatsa ma’qul bo’ladi.

“Islomiy darslarni musulmon odam berishi kerak, islomshunos emas. Musulmon odamni muammosini  islomshunos bilan hal qilib bo’lmaydi. Musulmonni muammosini musulmon olimi bilan hal qilib bo’ladi”, - deydi Fayzulloyev.

Bu esa Tojikistonda ayrim  inson huquqlari himoyachilari va tahlilchilarning tanqidiga sabab bo’layotir.

O’qituvchi Ahmadjon Murodov yangi fan tarafdori. “Chunki hozir turli xil oqimlarga kirib ketishlar bor. “Hizb ut-Tahrir”, “Vahhobiy” deyishadi… Albatta maktablarda o’tilishi kerak bo’lgan fan bu”, - deydi u.

Fayzulloyev maktablarda yangi fan o’qitilishiga madrasa ko’rgan mullalar jalb qilinishini maqsadga muvofiq sanaydi. Uning fikricha, madrasa ko’rgan bolalar 3-4 oy pedagogik kurslarni o’tsa yaxshi bo’ladi.

So’g’d  viloyatidagi “Jigdalik ota” jome machiti imomi noibi Bahodirxo’ja Ismoilov “Islom ma’rifati” fanining o’rta maktablarda o’qitilishi yoshlarni ekstremizmdan saqlab, to’g’ri yo’lga soladi, deb hisoblaydi.

“Kim bo’lishidan qat’iy nazar, maorif bo’limidan tasdiqlangan programma orqali islomdan dars berishsa agar, xatarli joyi yo’q. Bunday islom ta’limini olguchilar ekstremizmga qarshi chiquvchilar bo’ladi”,- deydi Ismoilov.

Pedagogika fanlari nomzodi, tahlilchi jurnalist Ilhom Yusupov maktablarda islom darslari kiritilishiga qarshi. “Bu narsa respublika konstutusiyasining davlat dindan ajratilgani borasida moddasiga zid. Islom mamlakatlarining o’zida o’nlab o’qimlar bir-birlari bilan it-mushuk bo’lib, go’shtlarini g’ajib yurishibdi”, - deydi.

“Shunday ekan, biz qanday qilib yagona islom sistemasini bolalarga o’rgata olamiz? Tojikistonimizni o’zida shialar bor, boshqa oqimlar bor. Ularga bu qanday ta’sir etarkin? Bunda nafaqat huquq chegaralanib qoladi, bu Konstitusiyamizga mutloq zid. Taraqqiyotimizga zid narsani olib kirishmoqda bular. Men tushunmayapman, kelajakda etapma-etap islom davlatiga o’tkazib yubormoqchi bo’lishayaptimi, shuni boshlanishimi bu?” - deb savol beradi Yusupov.

Mulla Bahodirxo’ja “ har tashkilot, har xonadon, har kishining o’z shaxsiy fikri bor” deydi.

“Bizlar ularni qoralamaymiz. Kim islomni yaxshi ko’radimi, kim yomon ko’radimi - o’zlarini shaxsiy huquqlari. Alloh umrlariga baraka bersin, hech narsa demaymiz”, - deydi mulla Bahodirxo’ja.

“Islom ma’rifati” fani hozircha tojik maktablari yuqori sinflaridagina o’qitiladi. Kelajakda bu fan barcha o’rta maktablarga o’quvchilarning millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar doimiy saboq sifatida kiritilishi rejalangan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mintaqada ekstremizm kuchaygani haqiqatmi?
Tojikistonda rus tilida ish yuritish man etilishi mumkin
Tojikiston, Pokiston jangarilarga qarshi hamkorlik qiladi
Tojikistonda Salafiylar oqimi rahbari, yana 40 kishi qamoqda
 
  Bosh mavzu
Jorj Kroll: AQSh-O'zbekiston xalqlari o'rtasida rishtalarni mustahkamlaylik

  Boshqa xabarlar
G'arb Eron qaroridan afsusda
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available