VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Radikalizm tahdidi ijtimoiy adolatsizlik hisobiga ortmoqda


20/09/2009

Markaziy Osiyo musulmonlari ro’za hayitini turli kunlarda nishonlashmoqda. O’zbekistonda hayit 21-sentyabrga belgilandi. Qozog`istonda esa 20-sentyabrdan boshlandi.

Mintaqa hukumatlarining dindorlarga munosabatida ham farq mavjud, biroq bu farq tobora uyg’unlashib bormoqda. Davlat va dindorlar munosabati keskinlashar ekan, hukumatlar turli choralar ko`rishmoqda.

Tojikistonda shu yildan boshlab maktabda islom asoslaridan ta`lim berish boshlangan. Qirg'izistonda dindorlarga nisbatan liberal munosabat yakuniga yetmoqda. Diniy bag'rikenglikni shior sifatida ko`targan Qozog`istonda ham vaziyat qoniqarli emas. Qozog`iston BMT Qochqinlar qo`mitasi himoyasida bo`lgan dindorlarni O`zbekistonga qaytarib turadi.

Diniy ekstremizm tahdidi qanchalik kuchli?

O`zbekistonda esa diniy tazyiqlarning yangi to`lqini boshlangani xabar qilinmoqda. Mahalliy faollar maktablarda, jamoat joylarida kuzatilgan ta`qiblarni shunday baholaydi.

“Tazyiqlar yangi cho`qqiga ko`tarilayapti deyish mumkin. Jamoat joylarida namoz o`qish, bu joylarga diniy libosda kirish taqiqlanmoqda. Teleradiokompaniyada ish joyida namoz o`qiganlar 15 sutkagacha qamoq jazosi, ma`muriy javobgarlik bilan ogohlantirilgan. Kompaniyadagi dindor ayollar bilan gaplashdim, hozir ular hijoblarini yechib, ro`mol o`rashga majbur bo`lishgan”, - deydi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov.

O`zbekiston diniy e`tiqod cheklovlari bo`yicha dunyodagi sanoqli davlatlardan biri sifatida e`tirof etiladi. Hukumat diniy ekstremizmni xavfsizlikka bosh tahdid sifatida ko`radi. 

O`zbekiston Islomiy Harakati dunyo miqyosida ekstremistik tashkilot sanalgan guruhlardan biri. So`nggi paytda o`zbekistonliklar ishtirokidagi Islomiy Jihod Ittifoqi haqida ham ko`p gapirilmoqda. O`zbekiston uchun diniy ekstremizm tahdidi qanchalik kuchli ekani bahsli masala.

“Men buni hukumat himoyasi yoki boshqalar himoyasi uchun emas, Olloh dini himoyasi uchun aytishimiz kerak. Tan olish kerak, hozir tashqi tahdidlardan ko`ra ichki tahdid kuchli. Bu tahdid din niqobini kiygan kuchlar tahdididir. Asosiy tahdid shu ekan, unga qarshi kurashish kerak”, - deydi sharhlovchi Ulug`bek Sharipov.

Nafaqat  mahalliy faollar, ayrim fuqarolar ham bunday qarashni qo`llab-quvvatlashmaydi.

“Hizb-ut-Tahrir deydi, boshqa deydi, men sizga aytsam bular hammasi tuzumni saqlab qolish uchun. Nimanidir olabo’ji qilib ko`rsatish kerak, men bularga ishonmayman”, -deydi fuqarolardan biri.   

Radikalizm ortidagi omillarni ochiq tahlil qilish kerak

Tahlilchilar nazarida jamiyat yopiq, erkinlik yo’q, ijtimoiy iqtisodiy vaziyat og’ir, dindorlarga tazyiqlar kuchli, hukumat islohotlar boshlamas ekan, tahdid kuchayaveradi.

“Hukumat odamlar dinni o`rganishidan qo`rqayapti. Nima to’g’ri, noto’g’riligini hukumat belgilashi kerak emas. Odamlar o`zi biladi, belgilab oladi. Milliy, azaliy qadriyatlarni beruvchi hech narsa yo`q. Qadriyatlar deganda faqat kuy-qo`shiq, raqsga tushishni nazarda tutayapmiz. Bulardan tashqari qancha qadriyatlarimiz bor. Odamlar turli yo`llar bilan bo`lsada ma`naviy qashshoqlik o`rnini to`ldirishga urinayapti. Hukumatni o`zi to’g’ri yo’l tanlayotgan yoshlar yo’lini to’sib, boshqa yoqqa burmoqda”, - degan fikrda sharhlovchi Rahmatilla Qiyomov.

Mamlakatda ekstremistik guruhlarga kimlar qanday sabablarga ko`ra qo`shilayotgani ochiq, xolis tahlil qilinmagan. Faollar nazarida so`z erkinligini ta`minlash, jamiyatdagi norozilikni ochiq aytish imkoniyati aholini radikallashishdan saqlovchi muhim jihat.

“Radikal diniy tashkilotlarning nizomini o`qidim, varaqalari bilan tanishdim, erlari qamalgan ayollar bilan gaplashdim. Avval “Hizb-ut-Tahrir”ga kirayotganlar o`qimishli, oliy yoki o`rta  ma`lumotli, dunyoviy va diniy ta`lim bilan qiziquvchi kishilar edi. Hozir esa boshqa bir an`ana ko`zga tashlanmoqda. Ko'plarida faqatgina qarshilikka, nafratga asoslangan dunyoqarash bor”, - deydi “Birdamlik” harakati vakili Dilorom Ishoqova. 

Dindorlar mamlakatda diniy tarbiya yo`lga qo`yilmagan deydi. Tojikiston maktablarida islom asoslari haqida dars o`tish tajribasini O`zbekistonda ham qo`llash lozim.

“Bu narsa shubhasiz yoshlarimizni dinga munosabatini shakllantiradi, radikalizm kabi notabiiy sifatlarni oldini olgan bo`lardi. Shu narsa (radikalizm) lozim deb bilsa kerakki, buni iloji bo`lmayapti. Lekin Tojikiston tajribasi O`zbekiston uchun namuna bo`lishi kerak. Yoshlar dunyoviy jamiyatda ko`ngliga taskin beruvchi narsani topolmayotgani uchun dinga intilmoqda. Bunga to’siq qo`yish esa qiziqishni kuchaytiradi”, - deydi Rahmatilla Qiyomov.

Amnistiya bu yili ham diniy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin

Mulohazalarga ko`ra aholining radikallashishi ijtimoiy adolatsizlik hisobiga ortmoqda. Diniy e`tiqod bo`yicha qamashlar, qiynoqlar to`xtamagani kuchli norozilikni shakllantirmoqda. 

Huquq himoyachilari fikricha bu yilgi amnistiyaning ham diniy mahbuslarga tegishi qiyin. Diniy mahbuslar maxsus ro`yxatda. Ko`plari soxta ayblar bilan qayta qamalgan. Avf etilishi uchun mamlakat prezidentidan kechirim so`rashi lozim.

“Dastlabki natijalari hali ko`zga tashlanmadi, lekin so`zsiz ozod qilinishi lozim bo`lgan diniy mahbuslar bor - qamoqxonada kasal bo`lgan, ahvoli jiddiy yomonlashgan mahbuslar. Hozircha ularga amnistiya qo`llangani haqida  ma`lumotga ega emasmiz”, - deydi Abdurahmon Tashanov.

Faollarning aytishicha, O`zbekiston islomiy davlatga aylanish ehtimoli yiroq, biroq jamiyatda  adolatsizlik hukm surar ekan, aholi qarshiligi kuchayib boraveradi.

“Xalq yildan yilga chidab kelayapti, lekin bir kun yoriladi va boshqarish qiyin bo`lgan vaziyatga olib keladi. Hozirgi otishmalar ham hech kimga kerak emas, terrorchilik O`zbekistonda bo`lishi qiyin. Lekin ijtimoiy adolatsizlikdan jabr chekayotgan qasoskorlar paydo bo`lishi mumkin. Minglab odamlar begunoh qamalmoqda, minglab odamlarni huquqlari toptalmoqda”, - deydi huquq himoyachisi Surat Ikromov.  

Norozilikni bildirish imkoniyati bo'lmagan bir paytda ...

Salkam 20 yil buyon cho`zilib kelayotgan o`tish davri qiyinchiliklari tugamadi, deydi tahlilchilar. Mamlakatda korrupsiya kuchaygan, maoshga tirikchilk qilish og`ir, qashshoqlar tabaqasi yildan yilga kengayib bormoqda.     

Hukumat aqidaparast diniy muxolifatga, islomni zamonaviylashtirish istagidagi  guruhlarga ham, dunyoviy muxolifatga ham birdek tazyiq qo`llamoqda.

“Dunyoviy muxolifat quvg`inga uchragan, norozilikni bildirish imkoniyati bo`lmagan bir paytda, har qaday odam o`zini borligini bildirish uchun joy qidirishni boshlaydi. O`zbekistonda shunday joy yo`q. Hatto yoshlar uchun ham boradigan joy yo`q. “Kamolot” tashkilotini tuzdi, lekin u boshida qanday sun`iy tuzilgan bo`lsa, hozir ham shunday ushlab turilibdi”, - deydi Dilorom Ishoqova.  

Son`ggi paytda “Nurchilik” oqimida ayblangan o`nlab yoshlar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular orasida jurnalistlar ham anchagina edi.

“Nurchilik” oqimida gumon qilingan jurnalistga ko`ra, qamoqqa tashlangan “nurchilar” yurtparvar, diniy va dunyoviy ilmni egallagan, jamiyatda islohotlar qilishga intilgan yigitlar edi. Uning aytishicha, hukumat organlari diniy tahdidni bo`rttirishdan manfaatdor, “nurchi yigitlar” shu siyosat qurboniga aylandi.

Hukumat islomning an`anaviy ko`rinishini qo`llab-quvvatlaydi. Ulamolarning siyosiy-ijtimoiy hayotdagi ishtiroki hukumat ko`rsatmasiga ko`ra amalga oshishi mumkin. Masjiddagi ma`ruzalarda, imom xatib va`zlarida musulmonlar turli oqimlarga nisbatan hushyorlikka chaqariladi, biroq jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar  chetlab o`tiladi.

“Nega masjidlarimizda muammolar ko`tarilmaydi, o`zbeklar turli diniy guruhlarga qo`shilib ketayapti deb va`z o`qish bilan cheklanib o`tilaveradi. Masjiddan bir domlani o`qitish uchun chaqirsangiz 100 ming so`m so`raydi” - deydi jamiyat va din munosabatlari haqida fuqarolardan biri.

O`zbekiston hukumati so’nggi paytda mamlakatda kuzatilgan portlashlar, otishmalar va qotilliklarda diniy ekstremistik tashkilotlarni ayblamoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
O'zbekistonda kelajak egalari qay ahvolda?
Mintaqada ekstremizm kuchaygani haqiqatmi?
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
AQSh: Mutaassiblik sabablaridan biri siyosiy repressiya
Hukumat erkinlikdan tahdid yasashda davom etmoqda
Hizb-ut-Tahrir Markaziy Osiyoda hamon faol, kim unga ergashmoqda?
Toshkentda imom pichoqlab ketilgach turli mish-mishlar
O'zbekiston "Freedom House" dan eng past baho oldi
Karimov jurnalistlarni ichki senzuradan qutulishga chaqirmoqda
Tojikistonda Salafiylar oqimi rahbari, yana 40 kishi qamoqda
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz asoratlarini yashirib bo'lmaydi
O'zbekiston ta'lim tizimi tub o'zgarishlarga muhtoj
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
Amerikalik professor O'zbekistondagi talabalarini eslaydi
Yoshlar va zamon: Tojikiston misolida
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Inqiroz paytida yoshlar uchun ish topish yanada qiyinlashgan
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor  
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available