VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Pittsburg - Katta Yigirmalik sammiti mezboni

21/09/2009

Pensilvaniya shtati, Pittsburg shahri 24 sentyabrda dunyoning eng yirik davlatlari sammitiga mezbonlik qiladi.

Kun tartibidagi bosh mavzu – global iqtisodiy krizis.

Tadbir uchun aynan Pittsburg tanlangani bejiz emas. Bir paytlar AQShning metallurgiya sanoati o’chog’i sanalgan bu azim shahar ko’p og’ir kunlarni boshdan kechirgan. 

So’nggi 30 yil ichida tamoman yangilanib, ilg’or texnologiya, ta’lim va ilm-fan markaziga aylangan.

Denis Veroski Pittsburg shahrining yuzi.  

Ishchi-mehnatkash oilasida tug’ilib ulg’aygan. Yoshligida zavodda ishlagan.

“1985 yili ishdan bo’shadim. So’ngra kasalxonaga ishga kirdim”, - deydi u. 

Pittsburg po’lat sanoati krizisga uchragach, Veroski tibbiy muhandislikka o’qib, yangi sohani egalladi. Yangilanish ruhi Pitsburg shahriga xos narsa. 

Jozef Sabino Mistik, sobiq rasmiy, hozir kollejda professor. Metallurgiya korxonalari yopilgach, shahar ahli yuzlashgan qiyinchiliklarni yaxshi eslaydi. 

“Bir ilojini qilmasak bo’lmasdi. E’tiborni ta’lim va sog’liqni saqlash sektoriga, ilm-fan,  maorifga qaratdik. Shahrimiz qiyofasi butunlay o’zgarib ketdi”, - deydi Sabino.

[insert caption here]

Karnegi Mellon Universiteti bugun kompyuter va robot texnologiyasi, kashfiyotlar o’chog’i. Shaharga yangi bizneslar kirib kelgan.

Pittsburg oliygohi qoshidagi tibbiyot maktabi va unga tegishli ilm maskanlari esa Pittsburg Tibbiyot Universiteti deb qayta nomlangani bejiz emas. Organlar  transplantatsiyasi, rak kasalligi va bolalar salomatligi bobida unga teng keladigani yo’q. 

Markaz rahbari Jeffri Romoff “Mavjud potensialni ishga solib, yangilandik”, deydi. Chetdan yordam kutib o’tirmasdan, Pittsburg shahri o’z kelajagini o’z qo’li bilan yaratdi.

Metallurgiya sanoati bilan bog’liq zaharli gazlar, ekologik muammolar o’tmishda qoldi. Bugun shahar osmoni musaffo. 

Sanoat qarorgohi bo’lgan osmono’par binoga Pitsburg Universiteti tamg’asi bosilgan. Aholining katta qismi shu yerda ishlaydi.

Pittsburg 1970-yillarda burqirab chiqayotgan tutunlar-u oqova suvlar, sanoatlashgan bir joy edi. Bugun uni kelajak shahri deb ta’riflashadi.

[insert caption here]

Ayni paytda AQShda ishsizlik 10 foiz atrofida, yil oxirigacha bundanda oshishi mumkin degan taxminlar bor. Yangi texnologiyalarga ixtisoslashgan Pittsburgda  biznes turlari ham ko’payib bormoqda.  

“Amerikaning boshqa shaharlariga o’rnakmiz”, - deydi Pittsburg shahar ma’muriyati rasmiysi Den Onorato. “Qolaversa krizisdan qiynalayotgan davlatlar undan ko’p narsa o’rgansa arziydi. 20-30 yil oldin xuddi shu ahvolda edik. Bugun ish o’rinlari yaratish bobida yetakchi”.

Prezident Obama dunyoning 20 yirik davlati sammiti ychun Pittsburgni tanlab, o’zgarishlarga boy, zamonga moslashuvchan iqtisodiyotini ko’z-ko’z qilmoqda. Muqobil energetikaga diqqat oshmoqda. 

“Pittsburg zamon bilan yonma-yon yashaydi”, - deydi professor Sabino Mistik. “Bir paytlar uni jahannam deya tasvirlashgan. Qarang, mana nimalarga erishdik, mag’rurlansa arziydi".

Pittsburg ahlining  kelajakka ishonchi baland. Muammolar talay, lekin ularni yengib o’tishga iroda yetarli.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available