VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tahlilchilar: O'zbekistonda saylov aslida tayinlov


23/09/2009

Oliy Majlis, Toshkent
Oliy Majlis, Toshkent
O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko`ra, 22 sentyabrdan saylov kampaniyasi boshlandi,  27 dekabr saylov kuni deb belgilangan. 

Oliy Majlisning qonunchilik palatasiga bu yil 150 deputat saylanishi kerak. Nomzodlar rasmiy partiya vakillaridan ko`rsatiladi. 

Mamlakatda hukumatga ochiqchasiga muxolif fikr bildirgan rasmiy partiya yo`q, yangi qonunga ko`ra, mustaqil tashabbus guruhlaridan nomzod ko`rsatish ham taqiqlangan. 

Sharhlovchilar deydiki, saylov xalq tanlovi uchun emas, partiyalar o`rtasida parlamentdagi o`rinlarni bo`lish uchun o`tkazilayotgani muqarrar.

Avvalgi saylovlarda mustaqil tashabbus guruhidan deputatlikka da`vogarlik qilgan faxriy jurnalist nazarida rasmiy partiyalar muammoni ochiq aytishdan qo`rqadi.

“Mardikorlar muammosi tan olinmayapti yoki plastik kartochkalarni oling. Xalq qiynalib ketdi-ku! Bu muammoni deputatlar ko`tarishi mumkin, lekin buni qilolmaydi. Saylovda kurash bo`lishi mumkin, faqat to`rtta partiyani ichida. Buni xalqqa aloqasi yo`q. Ehtimol, kimni nomzodi o`tishi yuqoridan belgilanmas. Qaysi biri ko`proq, qaysi biri kamroq o`tar, lekin mohiyatan buni ahamiyati yo`q. Tom ma`noda xalq tanlagan nomzod, xalq vakili o`tishi mumkin emas”, -  deydi u.

Muxolifatdagi “Birlik”partiyasi vakili Hamdam Sulaymon so’zlariga ko`ra, muxolif fikr bildirish imkoniyati yo`q.

“O’tgan saylovlarda muxolifat vakillari, xalq orasida ko`zga ko`ringan odamlar tashabbus guruhlari orqali harakat qilishayotgan edi. Bu yil shu narsa ham yo`q, partiyasiz odamlar uchun hech qanday imkoniyat qolmadi. Rasmiy partiyalardan saylangan deputatlar xalq dardini ko`tarmagan, ko`tarmasa ham kerak. Faqat saylov yaqinlashganda harakat qiladi, keyin tinchishadi”, - deydi muxolifatchi.

Parlament saylovlari boshlanishidan avval O`zbekistonda saylov huquqlariga bag`ishlangan bir nechta xalqaro konferensiyalar o`tdi. Saylov qoidalari, qonuniy me`yorlar muhokama qilingan anjuman ishtirokchilari O`zbekistonda demokratik saylovlar uchun sharoit yaratilganini  ta`kidladi.  

Hukumat bu yilgi saylovlar haqiqiy ma`noda demokratik talablarga mos o`tishini bildirmoqda. Biroq bu bayonot sharhlovchilarda shubha uyg`otadi. Rasmiy partiyalar ishtirokida navbatdagi saylov tomoshasi kutilayotgani gumon qilinmoqda.

“Bu saylov emas, tayinlov. Kimni nomzodi o`tishi avvaldan prezident devonini tasdig`idan o`tgan. Shuncha pul yo`qotib saylov o`tkazgandan ko`ra, shu mablag`ni muhtojlarga tarqatgan ma`qul deb hisoblayman. Bu nomzodlar va`da ham berolmaydi, hech narsani uddasidan ham chiqolmaydi. Saylovdan puli borlar, korrupsiya, mafiya orqali ko`rsatilgan nomzodlar o`tadi”,- deydi sharhlovchi Bahodir Chig`atoy.  

Kutilayotgan saylovlarda O`zbekiston Liberal Demokratlar Partiyasi, Xalq Demokratik Partiyasi, “Milliy tiklanish” va “Adolat” Sotsial-demokratlar Partiyasi ishtirok etadi. Yangi tuzilgan O`zbekiston Ekologlari Harakati ham saylovda qatnashadi. Ekologlar uchun Oliy Majlis qonunchilik palatasida 15 deputatlik o`rni ajratilgan.



Sharh va izohlar:

1. Saylov

Fikri ojizimcha bizning mamlakatimizdagi deputatlar qayerda o'tirganlari u yoqda tursin o'zlariga yuklatilgan vazifalarni umuman his etish va anglab yetish uchun aqliy salohiyatlari yetmaydi. Ulardan aksariyati egallab turgan lavozimiga noloyiq kishilardir. Umid qilaverib ishonch yo'qoldi ularga nisbatan xalqda deb o'ylayman. Bu yilgi saylovlarda ham har doimgi ssenariy takrorlansa ajablanmayman. O'qib chiqqaninglar uchun tashakkur.
Fikr bildiruvchi: Abdusamadxon (O'zbekiston)
09-25-2009 - 21:52:43

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda parlament saylovlari muxolifatsiz o'tadi
O'zbekistonda maosh kartochkada to'lanmoqda; xalq nima deydi?
O'zbekistonda korrupsiya ortida hukumatning o'zi turibdi
O'zbekiston saylov qonunlariga o'zgartirish kiritilgan
Siyosiy mahbuslar yaqinlari bilan uchrasha olmayapti
Markaziy Osiyo ayoli uchun siyosat darvozalari hali ham yopiq
O'zbekistonda ayollarning siyosiy faol bo'lishi uchun sharoit yo'q
O'zbekistonda amnistiya e'lon qilindi
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
"Fidokorlar" va "Milliy tiklanish" birlashishi mumkin
Sud mustaqil emas ekan, adliya islohotidan foyda yo'q
Islom Karimov kadrlarni chiylamoqda
Islom Karimov prezidentlikning yangi muddatini boshladi
O'zbekiston hukumatida kadrlar almashmoqda
Islom Karimov - Liberal-demokratlar nomzodi
Prezidentlikka Oliy Majlisdagi partiyalardan nomzodlar ko'rsatilmoqda
"Adolat" partiyasidan prezidentlikka nomzod taklif qilindi
Partiyalar prezident saylovlari haqida gapirishni xohlamaydi
Qonunga muvofiq Islom Karimovning prezidentlik vakolati tugadi
O'zbekiston rasmiylari Germaniyaga safar qilmoqda
O'zbekistonda prezident saylovlari 23 dekabrda o'tadi
Prezident Karimov muxolifat yaratish payida
O'zbekistonga demokratiyaning universal shakli to'g'ri kelmaydi?
O'zbekiston tashqi siyosati Sharq tomon o'zgarmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available