VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda iqtisodiy krizis ta'sirini yashirib bo'lmaydi


24/09/2009

Shimoliy Amerika va Yevropa davlatlarida moliyaviy inqirozga qarshi ko’rilgan choralar asta sekin samara bera boshlagan. Iqtisodiy ishonch tiklanayotgani haqida dalillar bor. 

O’zbekiston hukumati “krizis mamlakatni chetlab o’tdi, iqtisodimiz jahon moliyaviy tizimiga u qadar bog’lanib qolmagani uchun katta zarar keltirmadi”, deya qayd etib kelmoqda. Jamoatchilik nazarida esa hukumat asl vaziyatni yashirish bilan ovora.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy inqiroz oqibatlari bartaraf etilganini shu yarim yillikda yalpi ishlab chiqarsih 8,2 foizni tashkil etgani bilan izohlaydi. Manbaga ko’ra prezident Islom Karimov tashabbusida amalga oshirilgan “o’zbek modeli” shunday natijalarga olib kelgan. 2009 yilda aholi daromadi 26 foizga oshgan.

Tahlilchilar esa rasmiy manbalarni shubha bilan qarshilashdi. Hukumat raqamlari mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi, aholi bir tomondan ishsizlikdan, boshqa tomondan naqd pul yetishmovchiligidan qiynalmoqda.

“Hukumatni bu da’vosi qilinayotgan ish bilan tasdiqlanmaydi. Vaziyatni hal etish o`rniga turli shubhali bayonotlar qilinadi. Statistikani vazifasi raqamlarga asoslanib iqtisodiy tahlil uchun asos berish. Lekin hukumatning bu raqamlari haqiqatdan uzoq. Butun boshli sanoatlar yakson bo`lib ketgan bir paytda hukumatni bunday da’vosi tushunarsiz”, - deydi sharhlovchi Jahongir Shosalimov.

Hukumat ishlab chiqarish o’sishida qanday sohani nazarda tutayotgani, aholining qaysi qatlami daromadlari oshayotgani tahlilchilar uchun noma'lum qolmoqda. 

Jahongir Shosalimov fikricha, so’nggi yarim yillikda o'zbek so'mining qadrsizlanishi evaziga aholi daromadi bir qadar pasaygan.

“O`zbek so`mi dollarga nisbatan 30-40 foizga arzonladi, buning evaziga aholi daromadi ham pasaygan. Byudjetdagilarni 3-4 oyki maosh bilan ta’minlash qiyin kechyapti, chunki byudjetni tashkil etuvchi sohalarni o’zi qiyin ahvolda”, - deydi sharhlovchi.

Hukumat moliyaviy inqiroz oqibatlari bartaraf etilgani haqida hisobot berar ekan, aholining ijtimoiy ahvoli tobora og’irlashayotgani xabar qilinmoqda.

“Viloyatlarda, ayniqsa nafaqaxo’rlar, nogironlar biulan bog’liq avhol qiyin. Odamlar nafaqasini ololmayapti. Naqd pul yo’q, men bu haqda viloyat rahbariga ham, prezidentga ham yozdim. Pochtaning oldida kechasi soat uchdan 100 dan ziyod navbatda turgan odamlarni ko`rish mumkin”, - deydi farg`onalik  faollardan biri G’anixon Madixonov.

Hozirgacha biror bir davlat moliyaviy inqiroz oqibatlaridan qutulgani haqida ochiq bayonot bergani kuzatilmaydi. Sharhlovchilar O`zbekiston hukumati bayonotini navbatdagilardan biri sifatida qabul qilishadi, xolos.  

“Vaziyatni kuzatib borayotgan iqtisodchi sifatida shuni aytishim mumkin -inqiroz tubi bizda yil oxirlarida kuzatiladi. Ishsizlar ko`paymoqda, tashqarida sotilayotgan mahsulotlar ichki bozorda ham o`tmay qolayapti”, - dedi Jahongir Shosalimov.

Mustaqil ekspert Rashid Taymurov ta’biricha, boshqa davlatlar moliyaviy inqirozni yengib o`tmas ekan,  O’zbekistonda inqiroz bartaraf etilgani haqida gapirish mumkin emas.  

“Chunki O’zbekiston inqirozning bilvosita ta’siridan aziyat chekayotgan davlatlardan. Agar AQShda inqirozdan o’tib o’sish boshlansa, shunda ma`lum vaqtda buning ta`siri O`zbekistonda sezilishi mumkin. Yoki Rossiya iqtisodini olaylik, bu mamlakatdagi tiklanish tufayli O’zbekiston iqtisodida o’zgarishlar bo’lishi mumkin”, - deydi ekspert.    

Rossiya hukumati vakillari yaqinda moliyaviy inqiroz bo`yicha mamlakat Dumasida hisobot berdi. Bu hisobotga ko'ra Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat  2012 yilga borib tiklana boshlashi mumkin.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash uchun nima zarur?
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
O'zbekistonda bolalar mehnati AQSh Senati diqqatida
Qishloq farovonligi yilida yangi banklarga ishonch past
O'zbekistonda maosh kartochkada to'lanmoqda; xalq nima deydi?
Hukumatlar ochiq aytmasada, Markaziy Osiyo krizisda
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
O'zbekistonda fermerlar o'tkazilayotgan yer islohotidan norozi
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Iqtisodiy tanazzul dunyo ahli uchun siyosiy-ijtimoiy sinov
O'zbekistonda moliyaviy tanglik oqibatlari ko'zga tashlanmoqda
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Inqiroz paytida yoshlar uchun ish topish yanada qiyinlashgan
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
Iqtisodiy tanazzul mehnat muhojirlari hayotini qiyinlashtirmoqda
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi

  Boshqa xabarlar
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available