VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
"O'zbek jangarilari - Markaziy Osiyo Toliboni"


25/09/2009

Jangarilar
Tahlilchi Ahmad Rashid nazarida o'zbek jangarilari Tolibon shogirdlari va ko'p hollarda ulardan-da xavfli
Pokistonning Janubiy Vaziriston mintaqasidagi jangari harakatlarini yoritayotgan mahalliy jurnalistlarning xabar berishicha, hududda bugun arablar deyarli qolmagan. 

Aksariyat jangarilar pokistonlik, afg’on yoki markaziy osiyolik.

Ma'lumotlarga ko'ra, al-Qoidaning arab a’zolaridan ko’pi Osama bin Laden buyrug’i bilan hududni ancha ilgari tark etgan. Yaqin sharqliklar reja tuzadi, ularni amalga oshiradiganlar esa ko'p hollarda Janubiy va Markaziy Osiyodan, deydi bu borada izlangan mutaxassislar.  

O’zbeklar haqida gap ketganda asosan O’zbekiston Islomiy Harakati va Islomiy Jihod Ittifoqi tilga olinadi. Ular Tolibon safida jang qilib, o’tgan oylarda katta talofatlar ko’rgan. Bir necha kun oldin Islomiy Jihod Ittifoqi yetakchisi Najmiddin Jalolov AQSh havo hujumlarida halok bo’lgan. 

"Amerika Ovozi" bu guruhlar faoliyatini yaqindan o’rgangan pokistonlik tadqiqotchi jurnalist,  Tolibon, jihod va al-Qoida xususida hamda AQSh, Pokiston, Afg’oniston va Markaziy Osiyo davlatlari siyosati haqida tahliliy kitoblar muallifi Ahmad Rashid bilan muloqotda bo’ldi.

Ahmad Rashid
Ahmad Rashid radikalizm va ekstremizm haqida qator kitoblar muallifi. Jangari harakatlarini yaqindan o'rganib keladi.
"Amerika Ovozi":
Ahmad Rashid janoblari, siz avvaldan o’zbek jangarilari al-Qoida va Tolibonning ishongan kuchlari, ular ko’p hollarda tan soqchilari va eng dahshatli xurujlarga safarbar etiladigan a’zolar deb kelasiz. Bugun ham shunday deb o’ylash uchun qanday isbot-dalillar bor?

Ahmad Rashid: O’zbekiston Islomiy Harakati va Islomiy Jihod Ittifoqi orasida shaxsiy va  mafkuraviy tafovutlar bor. Ammo ular hamon birgalikda Tolibon safida kurashib kelayotgani tashvishga molik masala. Islomiy Jihod Ittifoqi Al-Qoida tomonidan yaqindan quvvatlanadi. Al-Qoida liderlari ko’plab bayonotlarida bu guruhni maqtagan, homiyligini  yashirmaydi.  Al-Qoida ishonchiga sazovor bo’lish uchun bu guruhlar faqat mahalliy emas, global maydonda kurashga otlangan bo’lishi kerak. Faqat regiondan emas, dunyoning har chekkasidan odamlar yollayotgan bo’lishi kerak. Al-Qoida jihod deganda faqat sharqni emas, butun yer yuzini nazarda tutayapti. Islomiy Jihod Ittifoqi singari guruhlar al-Qoida uchun oldingi saflarda jang qilayotgan bo’linmalar.

"Amerika Ovozi": Islomiy Jihod Ittifoqi yetakchisi Najmiddin Jalolovning halok bo’lgani va Pokiston rasmiylari iddao qilayotganidek, o’tgan oylarda jangarilarning ko’p zarba yegani, ular solayotgan xavf darajasini pasaytirdi deya olamizmi? 

Ahmad Rashid: Islomiy Jihod Ittifoqi hozir faqat Markaziy Osiyo emas, Turkiya, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlardan ham odam yollay boshlagan. Minglab sonda bo’lmasligi mumkin, ammo 10 yangi a’zo ham ular uchun katta gap. Tashkilot yashirin ishlashga o’rgangan va odami oz bo’lsa-da, kuchli xurujlarga qodir. Mening taxminimcha hozir Pokiston- afg’on chegarasida 5000 ga yaqin o’zbek va boshqa turkiy xalqlar vakillari bor. Ularga regiondan yangi a’zolar qo’shilayotgani, menimcha, cheksiz xavf tug’diradi.    

"Amerika Ovozi": Oxirgi oylarda O’zbekiston va Tojikistondan chiqqan jangarilar propagandaga zo’r berayotganiga guvohmiz. Mahalliy tillarda, rus va turk tillarida ham targ’ibot videolari va audio murojaatlar tarqatishga muvaffaq bo’lgan. Janubiy Vaziristondek ibtidoiy bir nuqtalarda harakatlanayotgan bu to’dalar qanday qilib shunday ishlarni amalga oshirmoqda?

Ahmad Rashid: AQSh diqqati asosan Iroq va  Afg’onistonda ekan, Pokiston hukumati o’z hududida Tolibon bilan tinchlikka erishishga urinib, Amerikadan chetda turishni so’rab keldi. Natijada Tolibon yaqingacha ham Pokistonda bamaylixotir faoliyat yuritdi. Ular qatorida o’zbek jangarilari ham. Ular 2001 yilda Afg’onistondan quvildi, ammo Pokistonda panoh topdi. Bu davr mobaynida ular ancha o’ziga kelib oldi. Bugungi propaganda va shiddatli janglar, nazarimda, ana shu erkin yurgan vaqtda qilingan ishlar mahsuli. Chunki AQSh ham, Pokiston ham havo hujumlarini mana shu yil boshladi xolos.

"Amerika Ovozi": Siz o’z kitoblaringiz va maqolalaringizda Markaziy Osiyo hukumatlarini ektremizm va terrorizm ortidagi muammolarga ko’z yumayotganlikda, qolaversa jangari kuchlar haqida cheklangan ma’lumot berib, axborot oqimiga to’siqlar qo’yayotganlikda tanqid qilib kelasiz… Toshkentda yaqinda imomlarga qilingan suiqasdlarni ham Afg’onistonda ulamolarga qilingan xurujlar bilan qiyoslaysiz. Aynan hozirgi sharoitda regionda radikalizmning oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

Ahmad Rashid: Erkinlik, erkinlik va erkinlik. Hukumatlar erkinlik beqarorlikka olib boradi deb o’ylaydi, ammo aslida buning aksi. Axborot vositalari, ayniqsa O’zbekistonda, bu davlatdan chiqqan terror tashkilotlari bugun global jihodchilarning bir qismi ekanini, qonxo’r va shafqatsiz to’dalar sifatida tanilganini bilishi kerak. Informatsiya qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Odamlar o’qib, eshitib tegishli xulosa chiqaradi. Yoshlar maxfiy narsalarga qiziqadi. Ishsizlik, imkonsizlik sabab bekor yurgan yoshlar qancha. Ularga mana pul, mana missiya desangiz, ko’p hollarda xo’p deyishi tayin. Ularning din va siyosat, dunyo ishlari haqida bilimi chuqur emas. Ikkinchi masalaga kelsak, Tolibon Afg’onistonda hukumat tarafdori bo’lgan peshvolarni hamisha nishonga olib kelgan. O’zbekistonda dindorlar hukumat bilan ishlamasa, siquv  ostida. Tuzumdan to’yganlar alamni ulardan olayotgan bo’lishi mumkin. 

"Amerika Ovozi": Siz shu yoz Qirg'iziston va O'zbekistonda kuzatilgan to'qnashuvlarda toliblarning roli bor degan fikrlarni ham olg'a surayapsiz... Buni qanday izohlaysiz?

Ahmad Rashid: Bilasizmi, o’zbek jangarilari Tolibondan ko’p saboq olgan, ularning shogirdlari. Shu bois men ularni Markaziy Osiyo Toliboni deyman. Yanada xavfli jihati shundaki, ular dunyoviy maktablarda o’qigan, uncha dindor bo’lmagan jamiyatlarda esini tanigan, ammo bugungi kunda jihodni hayotiy maqsad deb belgilagan yoshlar.

 


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbek jangarilari propagandaga zo'r bermoqda
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Afg'onistonda o'zbeklar kim prezident bo'lishini istaydi?
Nazif Shahroniy: O'zbeklar Afg'onistonda federal tuzum tarafdori
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
Amerikada menhat qilib vatanga qaytayotgan yoshlar
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi
O'zbeklar siyosatga intilmoqda, tuzum kelajagi savol ostida
Faryobda o'zbeklar e'tibor va yordamdan umidvor
Qirg'iziston Afg'onistonga qanday yordam berishi mumkin?
Barak Obama: "Qo'shinlar Afg'onistonda muqim qolmaydi"
AQSh mudofaa qarorlari ham umid, ham tashvish uyg'otmoqda
Radikalizm tahdidi ijtimoiy adolatsizlik hisobiga ortmoqda
O'zbekiston Islomiy Jihod Ittifoqi rahbari o'ldirilgan
BMT afg'on qochqinlariga yordam bermoqda
Afg'oniston: Tolibon ta'siri shimoliy hududlarga ham tarqalgan
Tojikistonda imkoniyatlar ko'paygan, ammo iqtisodiy ahvol hamon og'ir
Ilmsizlik, ishsizlik - aqidaparastlikka yetaklovchi omillar
Mehmonlar va faollar huquq ahvoli haqida turlicha fikrda
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available