VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Turkiy davlatlar yig'inida O'zbekiston qatnashadimi?


27/09/2009

[insert caption here]
Turkiy davlatlar parlament assambleyasining bu galgi yig'inida turkiy xalqlar aloqasi, assambleya qarorgohini belgilash kabi masalalar ko'riladi
Ertaga Bokuda turkiy davlatlar Parlament Assambleyasining  ikkinchi sammiti ish boshlaydi. Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va Qirg`iziston vakillari yig`ilishadi. 

O`zbekiston qatnashadimi, yo’qmi noaniq, rasmiy Toshkent assambleyaga qo`shilmagan. Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasini tuzish taklifi Istanbulda Turkiya, Qozog`iston, Qir`giziston va Ozarbayjon tomonidan ma’qullangan. 

Birinchi sammit Turkiyada o'tgan edi. Nizomga ko`ra, sammit yilda bir marta a`zo davlatlarning birida o`tkazilishi kerak. Navbatdagi yig’inda turkiy xalqlar o`rtasidagi aloqalarni shakllantirish, assambleya bosh qarorgohini belgilash kabi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

O’zbekiston siyosiy doiralarida turkiy birlik haqida gapirishdan cho'chishadi

Turkiy davlatlar sammiti, Turkiy davlatlar qurultoyi rasmiy nashrlarda, matbuotda taqiqlangan mavzulardan. Rasmiy Toshkentning turkiy davlatlar bilan munosbati ham qoniqarli  emas. Sharhlovchilar nazarida turkiy davlatlar ittifoqi imkoniyatlar, ayniqsa, tashqi ziddiyatlarni hal etuvchi, yo`nalishlarni muvofiqlashtiruvchi maydon .

“Bu anjuman Markaziy Osiyo davlatlari, O`zbekiston uchun ham nihoyatda muhim, uni qo`llab-quvvatlash kerak. Bu tadbir nafaqat turkiy xalqlarni madaniy- iqtisodiy aloqlarini belgilovchi, balki xalqaro ahamiyatga, geosiyosiy kuchga ham ega bo`ladi”, - deydi siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov.

Sharhlovchilarning aytishicha, rasmiy Toshkentning bu sammitda qatnashmayotgani o`zbek xalqining xohish-irodasini aks ettiradi deb tushunmaslik kerak.

“Buni o`zbek xalqini emas, hukumatda o`tirganlarni ishi deb bilish kerak bo`ladi. Bundan faqat o`zbek xalqi aziyat chekadi. Nazarimda sammitda ishtirok etayotganlar buni juda yaxshi anglashsa kerak. Turkiylik davlatlardan ko`ra millatlarga xizmat qiladigan narsa”, -deydi o`zbek muxolifati faollaridan biri Baxtiyor Isabek.        

Rasmiy Toshkent o'zini bekorga olib qochayapti

Rasmiy Toshkent nima sababdan turkiy xalqlar qurultoyini, turkiy xalqlar sammiti, Parlamentlar assambleyasini  inkor etib kelayotgani xususida turli munozarai fikrlar bor. Ayrim sharhlovchilar bu harakatlar ortida Turkiya turibdi demoqda.

“To’g’ri, O`zbekiston anchadan buyon turkiy davlatlar sammiti, qurultoyida qatnashmayapti. Bunga sabab o`sha dastlabki vaqtlardan boshlab mintaqa bilan yaqinlashgan Turkiya turli siyosiy maqsadlarni ko`zlaganidir. Shuning uchun ham sammitlar natijasiz tugayapti. Keyingi paytda Turkiya Ozarbayjon bilan yaqinlashdi va sammitlarni  ko`proq Bokuda o`tkazishni taklif qilmoqda”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov.

Farhod Tolipov so’zlariga ko`ra, tukiylar ittifoqida gegemonlik emas, yetakchilik haqida gap bormoqda.

“Sammitda qancha xalqlar, davlatlar ishtirok etayapti, nahotki ularda bu borada shubha tug`ilmayotgan bo`lsa? Turkiya gegemonlikka intilayapti deyish o`rinsiz, chunki shunday bo`lganda faqat O`zbekiston emas, boshqa davlatlar ham bu sammitlardan bosh tortgan bo`lardi.  Gegemonlik bilan yetakchilik degan tushunchani almashtirmaslik kerak. Tarixan bu tashabbus Turg`ut O`zal tomonidan ko`tarildi,  g`oyani Turkiya olib chiqdi”, - deydi Tolipov.  

Faollar nazarida turkiy xalqlar birligi, turkiylar ittifoqi kabi tuyg`ular O`zbekiston hukumati uchun begona tushunchaga aylangan.

“Bu hukumat tepasiga turkiylikni yomon ko`rgan, uni radikal yo`nalish deb tushungan odamlar kelgani bilan bog’liq”, - deydi Baxtiyor Isabek.  

Turkiylar ittifoqi va rasmiy Toshkent munosabatida Turkiya-O`zbekiston aloqalari, jumladan, o`zbek muxolifati bilan bog’liq vaziyat muhim o`rin tutadi. Farhod Tolipov deydiki, hukumat avtoritar ekan, biror birlashmalarga qo`shilishi murakkab.

“Faqat demokratiya sari borayotgan davlatlargina bir-birlariga ochiq bo`lishi mumkin”, - deydi u. 

Turkiy xalqlar kelajagi - birlikda

O`zbek jamoatchiligida turkiy birlik tarafdorlari ko`p, ayniqsa, ziyolilar uchun bu mustaqilikdan keyin ham amalga oshmagan milliy g`oya sifatida qolmoqda.

“Turkiy xalqlar kelajagi birlikda, hozir kuzatilayotgan tarqoqlik, bir-biriga dushmanlik, bir-biridan uzoqlashish,  bu faqat halokatga eltadi”, - deydi yozuvchi Zohir A`lam.

XXI asr boshlari va oxirlarida kuzatilgan milliy ozodlik harakatining bosh g’oyasi  turkiy birlikka asoslangan edi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, bu g’oya muxolifat bilan birga tazyiqqa uchradi. O`zbek siyosatidan farqli ravishda, allomalar faoliyatida, o`zbek she`riyati, nasrida turkiy birlik g`oyasi eng avj pardalarda kuylanadi. 

Yoshlarga turkiy birlik g'oyasi yot bo'lib bormoqda

Sharhlovchilar fikricha, so`nggi paytda hukumat yuritgan aksilturk siyosati natija bera boshlagan. Bugungi yoshlarning turkiy birlikka munosabati o`zgarmoqda.

“To’g’ri, oldin Turkiston deb atalgan, shuni ichiga o’sha beshta millat kirib ketgan. Hozirgi paytda hammasi mustaqil. Endi millatlar o`rtasida yaqinlashish bo`lishi mumkin, lekin bir millat sifatida rivojlanmaydi, chunki boshqa-boshqa g`oyalarga, dunyoqarashga ega”, - deydi o`zbek yoshlaridan biri.

Mustaqillikda keyin turkiy xalqlar birlashishini tabiiy hodisa sifatida bilgan ziyolilar bugun bu g’oya iqtisodiy-siyosiy ehtiyoj sifatida yuzaga chiqayotganini ta`kidlashmoqda.

“Turkiston g`oyasi har bir turkiy millat uchun bosh maqsad bo`lishi kerak, shundagina o`zini saqlab qolishi mumkin. Aks holda tassavvur qiling, to`rt millionlik qirg’izlar yonida 1,5 millardlik Xitoy turibdi. Din ham millatni asrab qoluvchi vosita. Hozir shu mavzuda bir ilmiy ish qilayapman. Turkistonda dinini o`zgartirayotganlar ko`paymoqda, O`zbekistonning o`zida qanchasi boshqa dinga o`tib ketdi. Bu tushunchalar biri-birini to`ldirib keladi”, - deydi o`zbek ziyolilaridan biri.

O'zbekiston hukumati uchun turkiy birlik g'oyasi notanish emas 

1990-yillarning o`rtalarida O`zbekiston prezidenti Islom Karimov “Turkiston umumiy uyimiz” shiorini ko`tardi, mintaqa prezidentlari Toshkenda yig`ilishgan edi. O`zbekistonda Qozog`iston kunlarini, Qozog’istonda O`zbekiston kunlarini o`tkazish belgilandi, mintaqa davlatlarida qardoshlik, til, urf-an`analar birligi haqida gapirila boshlandi. Markaziy Osiy xalqlari madaniyati assambleyasi tashkil etildi. Marhum Chingiz Aymatov rahbar qilib saylandi.   

Keyinchalik bu tashabbuslar unutildi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi, shu maqsadda tashkil topgan fond ham mablag` yetishmovchiligi bois tugatildi.



Sharh va izohlar:

1.

O'zbekiston bu yig'inga qo'shilnmaganining sababi, bir neca yil oldin tur millatparastlar tomonidan Nurchilar guruhi odamlarning miyasini zararlantirib kelishdi. Keyinchalik orada sovuqchilik... Shu sababli!! Yuqorida yozilgan jumlalarda ikki davlat, Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida tuzilgan bitim tugaganining sababi, ikki davlat hozirda O'rta Osiyoda yetakchilik uchun "ot chopar" qilishvotti...!
Fikr bildiruvchi: Sultan (Uzbekiston)
10-08-2009 - 11:55:50

2.

XXI asr oxiri hali kelmagan.
Fikr bildiruvchi: Qardosh ()
09-28-2009 - 02:58:02

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda kelajak egalari qay ahvolda?
Turkiya siyosiy va iqtisodiy qudratini oshirish harakatida
Tahlilchilar: uyg'ur masalasi turkiylar qurultoyida ko'tarilisin
O'zbekiston-Turkiya aloqalarida jiddiy siljish kuzatilmayapti
Turkiyadagi o'zbeklar kelajak haqida ijobiy fikrda
Tatarlar tarixiy vataniga qaytishni istaydi, biroq...
O'zbekistonlik olimlar: mintaqa rahbarlari kelishib ishlashi lozim
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
Alifbo islohoti O'zbekistonni intellektual tanazzulga yetaklamoqda
Umumiy Turkiston hamon orzuligicha qolmoqda
UNESCO Mahmud Qoshg'ariyning ming yilligini nishonlamoqda
Markaziy Osiyo ittifoqi O'zbekiston ishtirokisiz tuzilishi mumkinmi?
O'zbekiston va Turkmaniston turkiy davlatlarga qo'shilmoqchi emas
Chingiz Aytmatov Nobel mukofotiga tavsiya etildi
Olimlar fikricha yagona turkiy til uzoq va puxta izlanishni talab qiladi
Turkiy xalqlar siyosiy, iqtisodiy jihatdan birga ishlashga qiynalmoqda
Uyg'urlar mustaqillik va xalqaro nufuz so'rashda davom etmoqda
Turkiya Markaziy Osiyoda avvalgi mavqeini tiklamoqchi
Turkiyzabon xalqlar vakillari Bakuda qurultoy o'tkazdi
Turkiya-O'zbekiston aloqalarining istiqboli qanday?
O'zbekiston Turkiya qarori ketidan viza tartibini bekor qilishi amrimahol
Markaziy Osiyo umumiy tarixini yozish taklifi muhokama ostida
O'zbekiston kirill alifbosiga qaytadimi?
Markaziy Osiyo ittifoqi tashabbusi xomxayolmi?
Alisher Navoiy ijodiga yetarli e'tibor qaratilmayapti
Mintaqada diktatorlar davri poyoniga yetmoqda
O'zbekiston turkiy davlatlar rahbarlari sammitida qatnashmadi
Antaliyada turkiy davlatlar rahbarlarining sammiti yakunlandi
Yagona imlo - turkiy birlashuv yo'lidagi muhim omil
Turkiy davlatlarning asosiy muammosi demokratiyadir
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available