VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Demokratiya va adolat nima ekanini o'rgatuvchi video mashg'ulotlar

28/09/2009

[insert caption here]
BMT Oziq-ovqat dasturi doirasida yaratilgan, zo'ravonlikni inkor etuvchi, bolada insonparvarlik hissini tarbiyalovchi video-o'yinlar ishqibozlari soni oshib bormoqda
Video-o’yinlarga odatda ko’nchilochar mashg’ulot sifatida qaraymiz. Ayniqsa bolalarning jonu dili.  

Lekin ayrim xalqaro tashkilotlar,  jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti mutaxassislari uni tinchlik va demokratiyadan saboq beruvchi vosita sifatida qo’llamoqchi.

Urush va qurg’oqchilik odamlar tinkasini quritgan, qahatchilik hukmron orol manzarasi… Chetdan oziq-ovqat yetkazilmasa, aholi nobud bo’lishi mumkin.

BMT Oziq-ovqat dasturi doirasida yaratilgan video-o’yinni istagan payt internetdan ko’chirib olsa bo’ladi. Uni o’ynab turib, bolalar urush zonasiga yegulik yetkazish ahamiyatini tushunib yetadi.

Tashkilot xodimasi Jenifer Parmalining aytishicha, o’yin 17 tilga tarjima qilingan:

“Bolalar muammo qanday hal qilinishini o’z ko’zi bilan ko’radi, jarayonda ishtirok etadi. Ham qiziqarli, ham foydali”.

Yana bir video-o’yin esa zulmkor hukumatlarni tugatishda tinch namoyishlar qanchalik qo’l kelishini amalda ko’rsatib beradi.

Video-o’yinda voqealar sobiq Yugoslaviya poytaxti Belgradda ro’y beradi.

[insert caption here]
Bu video-o'yinlarni BMT Oziq-ovqat dasturi veb-saytidan ko'chirib olish mumkin
Video-o’yinlar bo’yicha mutaxassis Ivan Marovich bundan o’n yil oldin Yugoslaviya prezidenti Slobodan Miloshevichga qarshi tinch namoyishlarda qatnashgan. 

U paytlari oddiy talaba edi. G’alayon ish berib, siyosiy tuzum ichdan yemirila boshlagan, 2000 yilgi saylovdan so’ng Miloshevich ishdan bo’shagan edi. Oradan ko’p o’tmay prezident qamoqqa olinib, Gaaga tribunalida sudlangan, jarayon tugab ulgurmay vafot etgan edi.
 
Repressiv hukumatlarga qarshi qo’l keladigan usullarni video-o’yinga kiritganman, deydi Marovich.

“Ish tashlash, boykot, tinch namoyishlar va hokazo. Bu usullar shafqatsiz hukumatlarga qarshi qudratli vositaga aylanishi mumkin”,-Ivan Marovich.

Xalq mehri va xayolini zabt etish ham muhim vazifa, deydi u.

“Tinch namoyishdan maqsad – hukumatga xayrixoh insonlar e’tibori, hurmatini qozonish, davlatda kuchlar muvozanatiga ta’sir qilish. Sizga moyil odamlar ham buni ko’rib ilhomlanadi”, - deydi Ivan Marovich.

Boshqa bir video-o’yinda Sudanning qonli Darfur mintaqasi tasvirlanadi. Oxirgi bir yilda mintaqada zo’ravonlik ko’lami keskin kamaygan. Ammo hukumat va jangarilar o’rtasidagi uzoq yillik urush millionlab insonlar hayotini butunlay o’zgartirib yuborgan.

Darfur video-o’yinida odam o’z hayotini yangidan boshlashi, boshqalar bilan muloqot qilishi mumkin. Buning uchun chatxona va xatlardan foydalansa, hatto og’zaki gaplashsa ham bo’ladi, deydi mutaxassis Skott Sekser:

“O’yinda Darfurdagi muhit tasvirlangan. Mintaqada nimalar ro’y berayapti, odamlarning holi nima kechdi? Darfurdan qochgan va hozir lagerda yashayotgan  oila qissasi bilan tanishasiz”.

O’yin davomida boshqa davlatdagi odamlar bilan gaplashish mumkin. Chatda yozilgan matn bir necha tilga tarjima qilinadi.

“Yaponiyadagi odamlar bilan gaplasha olaman. Chunki tekstni yozganim zahoti u yapon tiliga o’giriladi”,-deydi Skott Sekser.

Bu video-o’yin qatnashchilarining demokratiya va mojarolar yechimi bobida xat-savodi oshadi. Ular demokratik davlatda fuqaro, sud, adolat va huquq kabi tushunchalar nimani anglatishini tushunib yetadi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Medvedevning tavbasi: Rossiya rahbari muammolarni tan oldi
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available
O'zbekistonda uyg'urlar masalasi - qaltis mavzu