VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Vashingtondagi sinagogada namoz o'qildi

28/09/2009

Yaqinda Vashingtondagi yahudiy ibodatxonasida musulmonlar namoz o’qidi.  Turli din va elat vakillari to’planib, hamjihatlik va totuvlik haqida so’zladi. Ommaviy axborot vositalarini har bir din haqida chuqur va xolis ma’lumot berishga undadi.

Amerika islom dunyosi bilan aloqalarni yaxshilashga harakat qilayotgan bir pallada, poytaxtdagi tarixiy sinagogaga yetakchi musulmonlar tashrif buyurdi.  Shu paytgacha Vashington bunday manzaraga guvoh bo’lmagan. Ulamolar va jamoatchi faollar, turli e’tiqod vakillari birga ibodat qildi.

Arab-Isroil mojarosi yechimini kutar ekan, musulmonlar va yahudiylar orasidagi tafovut so’nggi yillarda yanada avjiga chiqqan. Ayrim dindorlar “ta’na-dashnom emas, fikr-mulohaza almashaylik” demoqda.  Bir dasturxon atrofida to’planib, insonparvarlik xususida muloqot yo’lga qo’yildi. 

"Bu musulmon, yahudiy va nasroniylarni bog’lovchi qadriyat", - deydi mamlakatda tanilgan imom, Shimoliy Amerika Islomiy Jamiyati rahbari Said Said.

“Xayriya juda muhim ko’mak. Och-nahor odamlarga yordam qo’lini cho’zish --insoniy burch. Olloh bizga shuni uqtiradi. Iymonli bo’lish bu boshqalarga yordam berish degani”,- deydi u. 

Yig’inda Oq uy vakili Mara Lanverslays ham ishtirok etib, prezident Barak Obamaning diniy birdamlik haqidagi so’zlarini yetkazdi. 

“E’tiqodlararo muloqot zamon talabi. Biz faqat muammo haqida emas, o’xshash jihatlarimiz, farqli tomonlarimiz borasida ko’proq fikr almashib, amaliy chora-tadbirlar bilan chiqishimiz kerak. Din jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi axir”,- deydi rasmiy.

Xayriya ishlarini birga olib borish, mablag’ to’plash, ko’mak dasturlarini birga yuritishga kelishib olindi. Nasroniy tashkilotlari musulmon va yahudiylar bilan hamkorlikka tayyor.  

“Maqsadimiz xor-zor yashayotgan insonlarga umid berish, ular uchun imkoniyat yaratish”,- deydi faollardan biri.

Ravin Deyvid Shnayer Vashingtondagi katta ibodatxonada ma’ruza o’qiyDi.  Falastinliklarga hamdardlik sifatida ro’za tutdi. Isroilni bu insonlarni ezayotganlikda ayblab, adolatga chaqirmoqda. 

“Safdoshlarim bilan har payshanba ro’za tutishga ahd qilganman. Isroil siyosatini yumshatib, G’azo sektorida ahvol yaxshilanmaguncha, shunday qilishda davom etamiz”,- deydi ravin. 

E’tiqodlararo birdamlik mavzusida turkum tadbirlar Amerika bo’ylab tashkil etilmoqda. Turli shaharlarda sayllar, ko’rgazmalar va xayriya kechalari uyushtirilmoqda.   

Nadiya Fatir ismli jamoatchi faol fikricha, odamlar boshqa dinlarni qoralashdan avval ular haqida bilishi, o’rganishi lozim.

“Odamlarga o’z e’tiqodimiz haqida qancha ko’p gapirsak, shuncha yaxshi. Shundagina ular musulmon, yahudiy, nasroniy va boshqalar haqida ko’proq biladi, mazmunini tushunadi. Sinagoga, masjid va cherkovlarga borishsin”,- deydi Nadiya Fatir.

Ulamolar orasida san’at shaydolari ko’p. Ravin Shnayer ancha mashhur gitarist.

"Diniy yig’inlar musiqasiz o’tmasin",- deydi ravin. "E’tiqod ham, musiqa ham ilohiy bir in’om",- deydi u.



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Faol muslimalar: Eskicha qarashdan voz kechish kerak
AQSh musulmonlari siyosatdagi o'zgarishni amalda ko'rmoqchi
Dunyo ahli Obamani qanday baholamoqda?
Obama musulmon olamiga: Ayollarni hurmat qiling
Musulmonlar Obamadan real o'zgarishlar kutmoqda
Barak Obama: Falastin davlati vujudga kelishi kerak
Amerika nazarida diniy erkinlik umumbashariy bo'lishi kerak
Obama Oq uyda iftor o'tkazib, islom va Amerika haqida so'zladi
Obama musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi
Razvedka boshqarmasi tilshunoslarga muhtoj
"Nyu-York Tayms": Markaziy Osiyoda diniy radikalizm avjida
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQSh Kongressida endi musulmon a'zo bor
"Markaziy Osiyoda musulmonlar o'zlik izlamoqda"
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Musulmon adib dindoshlarini uyg'onishga chaqirmoqda
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available