VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Sarmoyaga tashna O'zbekistonda Xitoy roli oshib bormoqda


29/09/2009

Xitoy Xalq Respublikasi kommunistik inqilobning 60 yilligini nishonlamoqda. Iqtisodiy hamkorlikka qiziqqan Markaziy Osiyoga chegaradosh Xitoy mintaqa siyosati va hayotida muhim rol o’ynab kelmoqda. 

Xitoy energoresurslarning yangi xaridori sifatida ko'riladi. Turkmaniston va Xitoy o'rtasida gaz savdosi bo'yicha tuzilgan shartnomaga ko'ra, tranzit O'zbekiston orqali o'tadi. Bu quvurlardan nafaqat turkman, balki o'zbek gazi ham Xitoy tomonga o'tishi ehtimoldan xoli emas.

O'zbekistonda gaz va neft zaxiralarini qidiruvchi Xitoy-O'zbekiston qo'shma korxonasi faoliyat yuritadi. Yaqinda uran moddasini aniqlash va qazib chiqarish bo'yicha ham Xitoy bilan yangi korxona tuzildi.

Markaziy Osiyo allaqachon Xitoyning arzon tovarlari bozoriga aylanib bo'lgan. Savdo-sotiq tarixi esa qadim asrlarga borib taqaladi.

Yangi tarixda esa Xitoy Rossiya bilan bir qatorda turkiy xalqlar mustamlakasida faol ishtirok etgan davlatdir. 

Xitoy kommunistik mafkuraning 60 yilligni tanta qilar ekan,  Sharqiy Turkiston  - Shinjon uyg'ur muxtoriyatida yana bir norozilik namoyishi shavqatsiz bostirildi.

Turkiya Urumchida kuzatilgan bu g'alayonlarni genositga qiyoslagan bir paytda, bir necha million uyg'ur yashovchi mintaqa davlatlari sukut saqladi.

“Uyg'urlar mintaqa davlatlarga suyana olmaydi, xususan O'zbekistonga. Chunki o'zbelar hali o'z haq-huquqlarini talab qila olishgani yo'q. Uyg'urlarda erksevarlik juda kuchli. Xitoydek mamlakatga qarshi qancha yillardan buyon necha avlodlar kurashib kelayapti. Xitoylar metropoliya sifatida ularni turli jinoyatlarda ayblasi mumkin, lekin bu kurash zamirida asosan mustaqillik yotadi”, - deydi  sharhlovchi Baxtiyor Isabek.

Tarixchi olim Fayzulla Isxoqov fikricha yaqin yuz yilikgacha Sharqiy Turkiston Qo'qon xonligining bir qismi bo'lgan. Xitoy so'nggi davrda bu hududni tugal bosib olishga muvaffaq bo'lgan.

“Katta millatlar albatta kichik, mayda millatlarni yutishga harakat qiladi. Xitoy hukumati hozir sanoatni rivojlantirish uchun avtonomiyaga asosan xanlarni jalb qilmoqda. Bu sharoitda ular soni albatta tobora ko'payib boraveradi”, - deydi olim.

Tarixchi nazarida bugun Marakziy Osiyo va Xitoy aloqalarida, ayniqsa uyg'urlar haq-huquqlariga oid vaziyatda mintaqa davlatlari Xitoy qarshisida juda ojiz.

“Bir tomondan Xitoy mintaqa davlatlari bilan chegaradosh. O'zbekiston bilan bevosita chegara bo'lmasa ham, masofa yaqin va iqtisodiy aloqalar yo'lga qo'yilgan. Qolaversa Xitoy O'zbekistonga harbiy jihatdan ham ko'mak berib turadi. Uyg'urlar masalasi ko'tarilsa, aloqalar keskinlashishi mumkin. Lekin bundan faqat mintaqa davlatlari yutqazadi. Xitoy uchun ular juda kichkina davlatlar”, - deydi Isxoqov.

Shinjonda uyg'ur va xanlar orasida yuz bergan so'nggi namoyishlar chog'ida yuzdan ortiq uyg'ur halok bo'lgani ta'kidlanadi.

Xitoy hukumati bu g'alayonlarda AQShda yashayotgan uyg'ur yetakchilari, jumladan Jahon Uyg'urlari Kongressi rahbari Robiya Qodirni ayblagan. 

Dunyo bo'ylab bugun 20 millionga yaqin uyg'ur bo'lsa, ularning aksariyati Sharqiy Turkistonda, qolgani esa Markaziy Osiyo, Yevropa va Shimoliy Koreyada istiqomat qiladi.



Sharh va izohlar:

1. Uyg'uristonni mustaqil davlat qilish zarur

Shaxsan men Uyg'uristonni mustaqil davlat qilish kerak deb o'ylayman, chunki xitoyliklar uyg'urlarni siqib chiqarmoqchilar. Bu esa bizdek qardosh mamlakat uchun zarur. Shaxsan men O'zbekistonni ushbu mamlakatni ozod qilishga undayman.
Fikr bildiruvchi: Jackson (O'zbekiston)
10-02-2009 - 09:12:25

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Tahlilchilar: uyg'ur masalasi turkiylar qurultoyida ko'tarilisin
Uyg'ur-Xitoy mojarosi o'zbekistonliklar nigohida
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bojxona bitimi imzoladi
O'zbekistonda uyg'ur jamoasi kichrayib bormoqda
Kanadalik uyg'ur Toshkentdan Xitoyga deportatsiya qilinishi mumkin
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Uyg'ur imomning rafiqasi uning aybsiz ekanini ta'kidlamoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli" qaror kutmoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli qaror" kutmoqda
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti AQShga qarshi blokmi?
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available