VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qirg'izistonda SPID, vrachlar xatosi va oiladagi fojealar…


29/09/2009

[insert caption here]
Zarifa Shamsiyeva va Dilfuza Mustafaqulova va ularning farzandlariga vrachlar xatosi va loqaydligi tufayli VICH infeksiyasi yuqtirilgan edi. 2007 yilning apreli. 
Jahonda SPID kasalligiga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalar asta samara bera boshlagan. Ularning Markaziy Osiyo mamlakatlariga qachon yetib borishi noma’lum. 

Mintaqada kasallik ko’lami keng ekani tan olinadi, ammo unga yetaklovchi immunitet taqchilligi virusidan bugun qancha odam aziyat ckehayotgani haqida aniq ma’lumotlar olish qiyin.  

Buning ustiga xastalikka yo’liqqanlar ko’p hollarda kamsitiladi va jamiyatdan uzoqlashadi. 

Ikki yil muqaddam Janybiy Qirg'iziston kasalxonalarida 40 dan ziyod chaqaloq va bir necha ona shifokorlar xatosi va beparvoligi oqibatida VICH infeksiyaga chalingan edi.

Qirg'iziston parlamenti azosi Gulnara Derbishevaning aytishicha, hozir ular diskriminasiyaga duchor bo’lmoqda. 

“Xastalarning hamqishloqlari ulardan hazar qiladi. Ko’pchilik muloqotdan qochadi, bordi-keldi qilmaydi. Atrofdagilar nazarida ushbu kasallikka faqatgina bangi va fohishalar chalinadi”, - deydi deputat.

Qonunchi ko’p oilalar buzilib ketayotgani, otalar o’z farzandlarini tashlab ketayotganiga e‘tibor qaratgan. Uning aytishicha, davlat berayotgan nafaqa - 800 qirg’iz so’mi (20 AQSh dollaridan ozroq) hech narsaga yetmaydi. Deputat Derbisheva VICHga chalinganlarga davlat miqyosida keng yordam zarur, deb hisoblaydi.

Huquqshunos Fotima Xabibullina jabrlangan bolalar va onalar manfaatlarini himoya qilib keladi. Uning nazarida davlat bu insonlarni o’z holiga tashlab qo’ygan, biron moddiy ko’makdan darak yo’q, o’z paytida chaqalog’i kasallangan xonadonlar uchun ajratilgan 10 ming  so’mni (taxminan 250 AQSh dollari) hamma ham ololmagan.

O’sh viloyati Novqat tumanilik bir guruh ayollarning farzandlari shifoxonada VICHga yo’liqqan. Ba’zi onalar bolalariga yaralangan ko’kraklarini tutib, o’zlari ham kasallangan. Biz bilan suhbatga rozi bo’lgan juvon muhtojlikdan shikoyat qiladi. Uning kuyovi Rossiyada mehnat muhojiri bo’lib ishlab, uncha-muncha pul yuborib turgan. Hozirda vatanga qaytgan va bozorda sabzavot sotib bir navi tirikchilik qiladi. U farzandi va rafiqasiga qanday yordam berishni bilmaydi. Bir tomondan qari onasini boqishi kerak, uy solishi lozim. U rafiqasidan ham shubha qila boshlagan va qayerdan yuqtirib olgan bo’lsang, o’sha yoqdan davo izla, deya uydan quvgan.

O’shlik faxriy Muhammadjon O’rinboyevning aytishicha, odamlar VICH infeksiya yuqtirish hollari qayd qilingan viloyat va tuman kasalxonalarida tibbiy yordam olishdan qo’rqib qolishgan.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, Qirg’izistonda hozirgacha VICH infeksiyaga chalingan 2476 nafar bemor qayd qilingan. Ularning qariyb  yarmi O’sh viloyatida istiqomat qiladi.

Tahlilchilar fikricha, Qirg’iziston sog’liqni saqlash tizimi ahvoli o’nglanmaguncha, kasallikning oldini olish va davolash ishlari yo’lga qo’yilmaguncha, jiddiy o’zgarishlarga umid bog’lash qiyin. O’z navbatida mahalliy shifokorlar aholini ogohlikka chaqiradi.

Respublikada taniqli doktor Mamasobir Burhonov ayrim kasalxonalarda ayrim xodimlar o’z ishiga mas’uliyatsiz qarashi, qing’ir yo’l bilan pul topish niyatida hatto ignalarni bir necha bor qo’llash hollari borligini afsus bilan tan oladi.

Bu vaziyatda har bir bemor muolaja qilayotgan shifokor harakatini diqqat bilan kuzatishi, xushyorlik hamda talabchanlik ko’rsatishi  kerak bo’ladi, deydi doktor Burhonov.

Aytish joizki, VICH infeksiyaga qarshi ko’rashda Qirg’iziston asosan xalqaro moliyaviy tizimlar ko’magiga tayanadi. O’tgan yil Global jamg’arma mamlakatga  ushbu maqsadda 28 million AQSh dollari ajratgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
SPIDga qarshi vaksina izlanmoqda, shifodan darak bormi?
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston kasalxonalarida VICH yuqtirish hollari ko'paygan
Yoshlar va seks: Jinsiy tarbiya ortidagi bahslar
Musulmon dunyosi SPID balosini qachongacha yashiradi?
SPID Osiyo mamlakatlari bo'ylab keng tarqalmoqda
O’zbekistonda SPID bilan kasallanganlar ikki baravar ko’paydi
O'zbekiston SPID bo'yicha mintaqada birinchi o'rinda
O'zbekiston donor qoniga tashna
Vashington SPID bo'yicha AQShda birinchi o'rinda
Tibbiy xato fojiaga yetaklaydi, ammo professional uni tan oladi
Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available