VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Amerikalik noshir Qirg'izistondan deportatsiya qilingan


30/09/2009

[insert caption here]
Jek Ronald - "persona non grata"
Yaqinda, aniqrog'i 20 sentabr kuni, Qirg’izistonning Manas xalqaro aerportidan amerikalik noshir deportatsiya qilingan. 

Bishkekka AQSh Davlat departamenti va Xalqaro Jurnalistlar Markazi taklifi bilan borgan Jek Ronald (Jack Ronald) Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) qora ro'yxatida "persona non grata" - "xush ko’rilmaydigan inson" sifatida turgani uchun orqaga qaytarilgan. 

60 yoshli Jek Ronald MDHga a’zo mamlakatlarga 1998 yildan beri 16 bor safar qilgan, barchasi jurnalistik treyninglar va malaka oshirish kurslari olib borish uchun. 

Jek Ronald faqat ingliz tilida gapiradi. Amerika matbuot doiralarida mohir noshir va muharrir sifatida tanilgan. Indiana shtatida chop etiladigan Commercial Review, iqtisodiy-tahliliy gazeta asoschisi.  

U Vashingtonda asoslangan nodavlat tashkilot – Xalqaro Jurnalistlar Markazi tashabbusi bilan Qirg’iziston va qo’shni davlatlarda bir necha marta bo’lgan.  

“Amerika Ovozi” bilan suhbatda, u bu safar Bishkekda qanday kutib olishganini  izohlaydi:

"Odatdagidek aeroportda 70 dollar to’lab viza oldim. So’ngra pasport tekshiruv punktiga bordim. Hujjatlarimni olib ko’zdan kechirishdi. Aniqlashlaricha mening pasport nomerim maxfiy va maxsus bir ro’yxatda turgan ekan. “Uzr,  “persona non grata” ekansiz” deyishdi. Biroz o’tib qo’limga deportatsiya qog'ozini (⇒ko'ring) tutqazib, jilmayib orqaga qaytarib yuborishdi". 

"Qirg’iziston rasmiylari juda muloyim va diplomatik muomala qilishdi. Protokol shu, sizni mamlakatimizga kirita olmaymiz deyishdi”,- deydi jurnalist.   

Jek Ronald voqeadan afsusda, ammo hayron emas. 10 yildan oshibdiki, sobiq Sovet davlatlaridagi eng nozik masalalardan biri, axborot vositalari va matbuot  erkinligi sohasiga o’z hissasini qo’shib keladi. Hududga jamiki safarlari jurnalistlar salohiyati va malakasini oshirish bilan bog’liq. Belarusdan tortib, O’zbekistongacha.

Manas aerportida rasmiylar unga Belarusda oxirgi marta qachon bo’lgani va nima qilgani uni “xavfli” bir shaxsga aylantirganini aytishgan.  Noshir Belarusdan haydalmagan, ammo bu davlat telekanali uni “propagandist” va “dushman” deya ta’riflab,  maxsus ko’rsatuvlar bergan.

Jek Ronald “Belarusda matbuot xodimlari faoliyati bilan tanishganman, davra suhbatlari o’tkazib, u yerdagi gazeta va jurnal xodimlariga noshirlik va tahrir sirlarini, matbuotni yuritish yo’llarini, reklama va e’lonlardan tushgan daromadni nashr taraqqiyoti uchun qanday sarflashni o’rgatganman”,- deydi.

Bu safar Xalqaro Jurnalistlar Markazi Jek Ronaldni Bishkekka u yerdagi Amerika Universiteti jurnalistika fakulteti faoliyatini sarhisob qilish uchun yuborgan.  

Maqsad, deydi markaz xodimlari, bu dargohda ta’lim sifatini yaxshilash. Loyiha uchun moliya AQShdan ajratilgan. Davlat departamenti Bishkekka deportatsiyadan norozi ekanini bildirgan va rasmiylar “Qirg’iziston bilan gaplashayapmiz”,- deydi.

AQSh bilan ko’p-qirrali aloqa qilish istagidagi Qirg’izistonga har yili minglab amerikalik kirib chiqadi. Ularning ko’pi atrofdagi davlatlarda ishlagan yoki xizmat safarlarida bo’lgan shaxslar. 

Qanchasi “persona non grata” sifatida qayd etilgani noma’lum,  deydi rasmiylar, ammo Qo’shma Shtatlar uning fuqarolari mintaqada “xush kelibsiz” deb kutib olinishini istaydi.

Jek Ronald sobiq ittifoqqa qaytish, hamkasblari bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. 

“Men xavfli inson emasman”,- deydi u. “Amerikaning kichik bir shahrida kichik bir gazeta nashr etib, hurmat e’tibor qozongan matbuotchiman”,- deydi Jek Ronald. 

“Qirg’izistonga hamisha erkinlikka intilgan jamiyat sifatida qaraganman. U yerdagi jurnalistlardan ko’p narsa o’rganganman. O’shdagi Matbuot Markazida bo’lganimda yoshlar orasida so’z va fikr erkinligiga qiziqish, o'sishga intilish naqadar kuchli ekanini ko’rib, tasanno deganman”, - deydi Jek Ronald. 

“Mening deportatisya qilinganim siyosiy tuzumlar va ularning qo’rqinchiga bog’liq.  Oddiy odamlarning bunga daxli yo’q”,- deydi noshir. 


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
To'fonlar ostida kuy bastalayotgan iste'dod sohibasi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available