VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh tranzit yo'llari uchun Markaziy Osiyoga nima taklif qila oladi?


01/10/2009

Afg’oniston va Pokistonda jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirayotgan xalqaro koalitsiya, qo’shinni zarur anjomlar bilan ta’minlashda Rossiya qatori Markaziy Osiyo, Kavkaz va hatto Boltiqbo'yi davlatlari yordamiga tayanmoqda. 

Noharbiy yuk tashuvchi Shimoliy Ta'minot Tizimi (Northern Distribution Network) degan yangi sistema vujudga kelgan.

[insert caption here]

Afg'onistonga shimoliy tranzit yo'li orqali kelayotgan yukning ko'pi O'zbekistondan o'tadi 

Yaqingacha Amerika va NATOning Afg’onistondagi kuchlari uchun barcha zarur jihoz, qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak, nimaiki narsa bo’lsa, hammasi qo’shni Pokiston orqali olib kelinayotgan edi.

Hozir ham yukning 70 foizi Pokiston uzra yetkazilmoqda. Ammo uning shimoli-g’arbi dushman territoriyasi ekan,  xavfsiz yo’nalishlarga talab katta. Rossiya va Markaziy Osiyo yordamga tayyor ekanini ma’lum qilgach, tranzit imkoniyatlari kengaydi. 

Qolaversa Boltiq dengizi bo’yida yirik portlarga ega Latviya bu borada eng ko’p ko’mak ko’rsatayotgan davlatlardan biri bo’lib qolmoqda.

Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi, yangi yo’nalishlardan, yuk manzilga muntazam yetib borayotganidan mamnun.

Yangi tizimga bog'langan umidlar

Andryu Kachins (Andrew Kuchins), tranzit tizimini o’rganib chiqqan amerikalik olim fikricha, Qo’shma Shtatlar bu sistemaga tayangan holda, Markaziy Osiyo va Afg’oniston bo’ylab yangi tijorat yo’li barpo etishi mumkin. Qadim Ipak yo’lini tiklash zamon talabi, deydi u, ammo bunga erishish hozir o’ta og’ir ko’rinadi.    

"O’zbekiston", deydi amerikalik yana bir siyosatshunos Tom Sanderson, "Afg’oniston yuzasidan yordam evaziga Amerikadan sarmoya va yaqin ittifoqchilik kutmoqda".

Rossiya Qirg’iziston janubida yangi baza ochish harakatida ekan, deydi Toshkentda rasmiylar bilan gaplashgan tahlilchi, O’zbekiston Vashington bilan yaqinlashishga, zarur bo’lsa, AQSh harbiylariga joy ajratishga ham shay ekaniga ishora qilmoqda.

“Rossiya Afg’onistonda tinchlikni tiklash uchun “ko’proq hissa qo’shamiz” deb turibdi. Lekin G’arbda va Markaziy Osiyoda, ayniqsa O’zbekistonda Kremlning bu so’zlariga ishonch past. Agar Amerika Afg’onistonda qo’shinlar sonini, qo’mondonlar so’rayotganidek, yana bir necha o’n mingga oshirsa, qo’shni davlatlarda bazalar ochilishi ehtimoldan xoli emas”, - deydi Sanderson.

"O’zbekiston kutayotgan sarmoyaga kelsak", - deydi Kachins va Sanderson, "bu davlat avvalo sharoitni yaxshilashi, xalqaro talab va standartlarga javob bera olishi kerak".   

“Afg’onistondagi qo’shinlarni O’zbekiston mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi muhokamada”, - deydi Tom Sanderson. 

“Lekin bu tovarlar Amerikaga ma’qul tushishi lozim. Qolaversa, Pentagon katta kompaniyalar bilan uzoq yillik shartnomalar tuzgan va ularni bekor qilishga tobi yo’q. Ta’minotchini yangilash, oddiy qilib aytganda,  AQSh uchun hozir ortiqcha boshog’riq bo’ladi”.  

Biroq bugungi tranzit yo’nalishlari, yuqorida tilga olinganidek, yangi savdo tizimi uchun poydevor bo’lishi mumkin.  

Amerika istasa, deydi mutaxassislar, mintaqada iqtisodiy birdamlikka erisha olmayotgan davlatlar orasida vositachilik rolini o’tay oladi. 

Transit tizimi hozirda chegara va boj xizmatlari, eksport-import, transport, bank va boshqa sohalarni  sinovdan o’tkazmoqda. Sistema korrupsiyaga botib ketgani, oshkoralik yetishmasligi, mutasaddilar orasida yulg’ichlik qanchalik chuqur ildiz otgani ko’zga yanada yaqqolroq tashlanmoqda.  

O’zbekiston, masalan, AQSh bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi, lekin Vashingtondan ichki masalalarga aralashmaslikni so’ramoqda. Mutaxassislar nazarida bu aloqalar yo’lida to’siq. Chunki sarmoya va savdo har bir jabha bilan bog’liq. Korrupsiya turmushning ajralmas bir qismi ekanini ko’rgan investorlar mablag’ olib kirgisi kelmaydi. O’zgarish islohot talab qiladi, bu esa ichki masala.  

"Tijoriy aloqalarni yo’lga qo’yish hamisha murakkab ish, lekin ular uzoq muddatda cheksiz eva beradi. Savdo rishtalari davlatlararo ishonchni tiklaydi, xalqlarni bir-biri bilan moliyaviy va madaniy jihatdan bog’laydi. Daromad hammaning joniga oro kiradi”, - deydi tahlilchi.

“Vashington Markaziy Osiyoda mavqeini kuchaytirmoqchi bo’lsa, savdo va transport sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shish haqida o’ylashi, aniq strategiya bilan chiqishi kerak. Balki shu yo’l bilan Afg’oniston iqtisodiyoti va u yerdagi ijtimoiy ahvolni yaxshilash uchun ham katta imkoniyatlar ochilar”, - deydi Tom Sanderson.  

Afg’onistonda tinchlikka erishish, Tolibon va al-Qoidadan qutulish Vashington uchun eng dolzarb masala bo’lib qolmoqda. O’zbekiston va uning qo’shnilari bilan hamkorlik hozir asosan Afg’onistonga borib taqaladi. 

Davlatlar fursatdan foydalanib Vashingtondan moliyaviy yordam so’rayotgani ajablanarli hol emas, ammo maqsad taraqqiy etish, jamiyat sifatida olg’a qadam tashlash bo’lsa, deydi mintaqa bilan ishlovchi rasmiylar, Markaziy Osiyo integratsiya, hamjihatlikka intilishi lozim. 

Reja va g’oyalar bir dunyo, lekin Amerika nazarida mintaqa hamon diktatorlar panjasi ostida yashayotgan, erkinlik shamoli deyarli esmayotgan, korrupsiya va siyosiy qo’rqinch iskanjasidagi jamiyatlar. 

Markaziy Osiyo shubhasiz Rossiya va Xitoy soyasida yashaydi, deydi “Amerika Ovozi” bilan muloqot qilgan ekspertlar, biroq G’arbdan, xususan AQShdan ko’proq ko’mak olish uchun hukumatlar ham o’zgarishlarga moyil ekanini isbotlay olishi zarur. 



Sharh va izohlar:

1. Uzbekistan

Albatta bu masalada hukumat obdon o'ylab qaror qabul qilishi kerak. Axir bu transchegaraviy, siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bir narsani ta'kidlash joizki AQSh hamisha yangi mustaqil davlatlarni moliyaviy tomondan qaram qilishni xohlaydi.
Fikr bildiruvchi: Ulug'bek ()
10-03-2009 - 21:01:42

Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Afg'onistonda o'zbeklar kim prezident bo'lishini istaydi?
Nazif Shahroniy: O'zbeklar Afg'onistonda federal tuzum tarafdori
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul?
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available