VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston Qirg'izistonga gaz bermayapti


02/10/2009

O’zbekiston katta qarz sabab Janubiy Qirg’izistonga gaz ta’minotini to’xtatgan. Shimolga esa gaz uzatish 30 foizga qisqargan. Rasmiy malumotlarga ko’ra, Qirg’iziston 19 million dollar qarzdor va uni to’lamasa, gaz ta’minoti tiklanmaydi.

Bu haqda Bishkekda o’tgan matbuot anjumanida “Qirg’izgaz” ochiq hissadorlik jamiyati boshlig’i Salamat Aytikeyev aytgan. Aholi vakillarining aytishicha, gaz oqimi kesilgani jiddiy muammolarga olib kelgan.

“O’z hovlilarida yashayotganlar eplab-amallab vaziyatdan chiqishga urinayapti, lekin ko’p qavatli uylarda istiqomat qiladiganlarga juda qiyin bo’ldi”, - deydi keksa ayol.  Ko’pchilik butunlay elektr tarmoqlaridan foydalanishga o’tgan. Gaz o’chgach, aholi va oshxonalar aksariyati o’tin, ko’mir va elektr quvvatidan foydalana boshlagan.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, O’shda tabiiy gaz ta’minoti to’xtagandan so’ng o’tgan ikki kun ichida 10 ga yaqin turar-joy va umumiy oshxonalar yong’indan shikastlangan. Favqulotda vaziyatlar vazirli xodimlari fikricha, olov aksar hollarda elektr simlaridan chiqqan. Buning ustiga, elektr korxonalari 1 oktyabrdan e’tiboran tejamkorlik maqsadida o’lkada kuniga besh soat elektr ta’minoti to’xtatilishini ma’lum qilgan.

O’shlik faxriy Muhammadjon Urumboyevning aytishicha, tabiiy gazning umuman to’xtatilishiga yurtdoshlar tayyorgarlik ko’rmagan. Ko’pchilik tezak yoqishga o’tayapi. Muhammadjon aka elektr tarmog’iga katta kuchlanish oqibatida yong’inlar chiqayotganini ta’kidlaydi. Bu esa yirik moddiy zararga olib keladi, deydi u.

Yoqilgan gaz uchun qarzlarni aholidan va korxonalardan undirish maqsadida O’sh shahrida maxsus shtab tuzilgan. Shtab tarkibiga shahar ichki ishlar hamda moliya politsiyasi yetakchilari kiritilgan. O’sh shahar meri muovini Muhiddin Mamasodiqovning aytishicha, sahar aholisining iste’mol qilgan gazdan 72 million so’m (1.6 million AQSH dollari) qarzi mavjud.

“Qarzlarni yig’ish uchun mahalliy hukumat tizimlari, moliya politsiya xodimlaridan 24 guruh tuzganmiz. To’rt kun ichida 2 million so’m qarz undirdik”, - deydi mer muovini.

Mutaxassislarning aytishicha, gazdan noqonuniy foydalanayotganlar uchun jiddiy jazo choralari qo’llaniladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Qirg’iziston yiliga 750 million kubometr tabiiy gaz iste’mol qiladi. Undan faqat to’rt foizi mamlakatning o’zida qazib olinadi. Qolgani O’zbekistondan sotib olinadi. 

O’tgan yil tabiiy gazning har ming kubometri 145 dollarga sotib olingan bo’lsa, bu yilgi narx – 240 dollar deb belgilangan. Qirg’iziston dunyo bozorida yonilg’i narxi tushganini sabab qilib, ushbu narxni pasaytirishni so’rab keladi.



Sharh va izohlar:

1.

Qirg'izlar o'zi aybdor!!! Nima O'zbekiston qarab o'tirarmidi qarzini bermasa. Yana qancha 19 million AQSh dollariga!!!
Fikr bildiruvchi: Sultan (UZ)
10-08-2009 - 11:46:12

2. These site is very like

Men özüm Azerbaycanliyam amma özüm Hollandiyada qaliram. Isterdimki men size Ingilis dilinde danissam amma deyirem belke meni anlayarsiz, insallah, çünki Azerbaycan ve Özbekistan eyni qanan eyni canan eyni dinen milletdi. Heç bir vaxt bunu yadimizdan çixarmiyaq biz birik.
Fikr bildiruvchi: Azerbaijani_Boy (The Netherlands)
10-05-2009 - 18:31:04

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mintaqa davlatlari suv masalasida ikkiga bo'lingan
Gaz va suv masalasida O'zbekiston va Rossiya - ittifoqchi
Yadro energiyasiga talab osharkan, nazorat ham kuchayadi
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
O'zbekistonlik olimlar: mintaqa rahbarlari kelishib ishlashi lozim
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli
Energiyaga boy O'zbekistonda chiroq deyarli kunda o'chadi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
Markaziy Osiyo gaz zaxiralari rohatini kim ko'rmoqda?
Markaziy Osiyo davlatlari suv va energiyani baham ko'rishga rozi
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
Qimmat yonilg'i ayrim davlatlar siyosatini o'zgartirmoqda
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available