VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Jahon iqtisodiyoti bugun kimning qo'lida?

05/10/2009

Katta Yigirmalik jahon iqtisodiyotini tebratuvchi eng yirik birlashmaga aylanmoqchi.  Pittsburgda o’tgan sammitda bunga ahd qilingani, deydi mutaxassislar, Osiyo va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarning global maydondagi roli oshib borayotganidan darak beradi. 

Jahon inqiroz iskanjasidan chiqishga harakat qilarkan, moliyaviy barqarorlik Katta Yigirmalik qo’lida ekani sir emas. Yaqingacha global bozorni asosan sakkiz davlat – AQSh, Yaponiya, Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Rossiya yuritib kelayotgan edi .

Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun yangi davr boshlanmoqda deydi.

“Katta Yigirmalik endi jahon iqtisodiyoti va moliyaviy tizimini yurituvchi, uni nazorat qiluvchi eng ulkan tashkilot bo’ladi”,- deydi Braun.

Bu shundan dalolat beradiki, o’tgan 40 yil mobaynida global siyosiy-iqtisodiy muvozanat ancha o’zgardi.

Bu ijobiy yangilik, deydi amerikalik yetuk mutaxassis Filips Levi.

“Bu degani jahonda taraqqiyot sur’ati oshdi. Raqobat kuchayib, davlatlar buni ochiq tan ola boshladi”,- deydi u.  

Tahlilchilar asosan Xitoy, Hindiston va Lotin Amerikasi davlatlariga ishora qilmoqda.  Eng ko’p sarmoya jalb qilgan yirik jamiyatlar.  

Iqtisodiy sharhlovchi Mark  Zandi nazarida:

“Bu davlatlar iqtisodiyoti hali yosh va umidga to’la. Aholi soni va ishchi kuchi jihatdan ularga bas kela olmaysiz. Ularda mahsulotga talab kuchli. Bozor jadal. Amerika va boshqa davlatlar, tabiiyki, bu mamlakatlarga ko’proq mahsulot olib kirishni istaydi. Savdo rivojlangan sari esa ular yanada kuchayadi”.

Katta Yigirmalik hozir jahon iqtisodiyotining 85 foizini egallab turibdi, qolaversa dunyo aholisining uchdan ikki qismi bu davlatlarda yashaydi va mehnat qiladi. Har qanday moliyaviy masala avvalo shu jamiyatlarda yechimini topishi kerak, chunki qolgan mamlakatlar ularga ko’p jihatdan tobe.

“Katta Yigirmalik inqirozdan chiqsa, dunyo undan chiqadi”,- deydi global bozor, talab va ta’minotni yorituvchi ekspert Lezli Gelb. 

“Dunyodagi ko’plab muammolar kaliti, shubhasiz, mana shu 20 taraqqiy etgan davlat qo’lida. Birga ishlamasa bo’lmaydi. Agar faqat o’z manfaatlarini ko’zlasa, hech biri oldinga siljimaydi.  Ular bir-biriga shu qadar bog’langanki, o’zboshimchalikka yo’l yo’q”.    

Katta Yigirmalik oldida turgan ikki muhim masala, deydi mutaxassislar,  byudjetdagi kamomad va eksportga tobelik.

Iqtisodiy tahllilchi Filips Levi nazarida Xitoy va AQSh bo’yniga ko’plab majburiyatlar yuklanmoqda.

“Hozir dunyodagi moliyaviy manzarani kuzatsangiz,  Xitoy faqat qarz berayotganiga, Amerika esa qarz olayotganiga guvoh bo’lasiz. Xitoy kredit ajratishni,  boshqalar esa tavakkal qilishni bas qilishi kerak. Xitoyni ko’ndirish oson bo’lmaydi”,- deydi Levi.
 
Moliyaviy muvozanat buzilmasligining oldini olish shu tariqa Katta Yigirmalik uchun bugun va ertaning dolzarb mavzusi.  Hozir har bir davlat krizisdan qancha zarar ko’rganini sarhisob qilmoqda.

Katta Yigirmalik kelasi yil iyun oyida uchrashadi. Ungacha iqtisodda ijobiy o’zgarishlar bo’ladi degan umid bor.  


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available