VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi yana bir sammit arafasida


07/10/2009

9 oktyabr kuni Moldovada Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining  navbatdagi sammiti boshlanadi. Rahbarlar moliyaviy inqiroz oqibatlariga qarshi kurash xususida gaplashishi kutilmoqda. 

Sharhlovchilar nazarida krizisdan chiqish uchun a’zo davlatlarda Kreml yordamiga umid tobora yo’qolib bormoqda. Hamdo’stlik, deydi mutaxassislar, Kremlning siyosiy ambitsiyalaridan charchagan.

Moldovada MDH sammiti boshlangan kun Ashxabodda Turkmaniston va Tojikiston prezidentlari uchrashadi. Sharhlovchilar nazarida mintaqa davlatlari o`zaro hamkorlik uchrashuvini MDH darajasidagi sammitdan ustun ko`rayotgani e’tiborga molik.

“MDH inqirozga yuz tutgan tashkilot. Uni sammitida ishtirok etish shunchaki yaxshi niyat va ko`proq Rossiyaga xayrixohlik tufayli amalga oshayotgan edi. Chunki bu tashkilotni ushlab turishdan faqat Rossiya manfaatdor”, - deydi siyosatshunos Farhod Tolipov.

MDH sammitida Qozog`iston, Tojikiston bosh vazirlari, Turkmaniston bosh vaziri o`rinbosari, O`zbekistonning Moldovadagi elchisi qatnashishi aytilmoqda.

Sammitda 20 dan ortiq hujjat muhokama qilinadi. Aksariyat hujjatlar moliyaviy inqiroz oqibatlariga qarshi kurashda hamkorlik qilishga qaratilgan. MDH  a`zolarida bu borada tashkilot yetakchisi Rossiyadan ko`makka umid tobora so`nib bormoqda.

“Bu borada Rossiya qanday yordam berishi mumkin, moliyaviy inqirozdan eng ko`p aziyat chekkan davlatlardan biri o`zi bo`lsa! Shuning uchun bu yerda inqirozdan qanday qutulish masalasi emas, balki MDH doirasidagi choralardan yordam bo`lishi qiyinligi muhokama qilinishi mumkin. Moliyaviy inqiroz deganda birinchi galda rivojlangan qudratli davlatlar siyosatini kuzatishimiz kerak. Inqiroz boshlanishi ham, boshqaruvi ham G`arb davlatlariga taqaladi, ular ishtirokisiz qanday samarali choralar ko`rish mumkin?” - deydi Farhod Tolipov.

Rossiya O`zbekiston aloqalari  ham bir qadar sovuqlashgan, ayniqsa, Kreml mintaqa suv taqsimoti muammosida ishtirok eta boshlagach. Rossiya va`da qilingan sarmoyalar ham oqlanmagan. Rossiyaning MDH a`zolari bilan aloqalari bir qadar tarang. Sammit arafasida Belarus va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar yana taranglashdi.

Kreml Belarusga va`da qilgan sarmoyalarini paysalga solmoqda. Rossiya Belarusdan Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olish qarorini kutmoqda.

Qig'iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyevning sammitdagi ishtiroki ham asosan Kreml va`da qilgan sarmoyalar bilan bog`liq. 7 oktyabr kuni Rossiya delegatsiyasi Bishkekda qo`shimcha harbiy baza masalasini, Qambarota GESi uchun mablag` ajaratish rejasini muhokama qilgan. Sharhlovchilarning aytishicha, mintaqa davlatlari Kreml qo`lida geosiyosiy ustunlikni ta`minlash vositasi bo`lib qolmoqda. 

“Rossiya Markaziy Osiyoni qo`lga kiritish harakatida, mintaqadagi ko`plab voqealar Rossiya idoralari ishtirokida yuz bermoqda. Qozog`iston va Qirg`izistonda inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat bir-ikki yil avvalgiga nisbatan ancha yomonlashdi. Bu Rossiyaga yaqinlashgan sari bo`lmoqda”, - deydi  sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov.

Gruziya va Rossiya o`rtasidagi urush, Abxaziya va Janubiy Osetiyaning Kreml tomonidan mustaqil deb tan olinishi MDH aloqalarini ancha murakkablashtirgan.
Ushbu voqealardan so`ng Gruziya MDHni rasman tark etdi.  

Sharhlovchilarning aytishicha, Moldova Rossiya o`z geosiyosiy ambitsiyalarini harbiy kuch yordamida amalga oshirishi mumkin bo`lgan hududlardan biri.

Bu ehtimol MDH davlatlarini hushyor tortirayotgan bo`lishi mumkin. Moldovada saylovlar natijasida kommunistlar o`rniga Yevropa bilan integratsiyaga intilayotgan demokratlar hokimiyatga keldi. Moldova prezident saylovi arafasida turibdi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Gruziya MDHni tark etdi, boshqalar ham ergashadimi?
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang
Mintaqa davlatlari NATO bilan hamkorlikni kuchaytirish tarafdori
Tahlilchilar: MDHda "Janubiy Osetiya" va "Abxaziya"lar ko'p
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Lebedev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining yangi ijrochi kotibi
Hamdo'stlik tashkilotlari mintaqa rivoji uchun nima qilmoqda?
Rossiya MDH davlatlarining norasmiy sammitiga mezbonlik qilmoqda
Rossiyaning MDHdagi siyosati AQSh matbuoti nigohida
Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'z kelajagini muhokama qildi
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available