VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Markaziy Osiyo sarmoya so'ramoqda, AQSh esa sharoit


08/10/2009

AQSh dollari
Markaziy Osiyo xorij, xususan Amerika sarmoyasiga muhtoj, ammo bugungi vaziyat investorlar talabiga ko’p jihatdan javob bermaydi.  

Vashingtonda mintaqa savdo va sarmoya vazirlari hamda Amerika arboblari va biznes doiralari ishtirokida o’tayotgan muloqotda bugungi imkoniyatlar, qonuniy shart-sharoitlar va sarmoya talab qiluvchi sohalar haqida so’z ketmoqda.  

AQSh Savdo Palatasi, Oq Uy huzuridagi Savdo Vakolatxonasi, Davlat departamenti va elchixonalar tashabbusi bilan uyushtirilgan uchrashuvlarda davlat moliyachilarining mintaqaga qiziqishi yuqori ekani ta’kidlanmoqda. Lekin Qozog’istondan tashqari boshqa davlatlar bilan biznes hamkorlik ancha sust ekani ham ko’zga tashlanmoqda.

Regiondan kelgan vazirlar g’arbu-sharq bilan hamkorlik avjiga chiqayotgani haqida gapirmoqda. Amerika moliyaviy yordamiga ham katta umid bog’langan.

[insert caption here]
Villiam Byorns, AQSh Davlat kotibi muovini fikricha oshkoralik va qonun ustuvorligi ta'minlanmagan holda chetdan sarmoya kelishi qiyin 
Vashington hamkorlikka hozir ekanini bildirmoqda.  

AQSh Davlat kotibi muovini Villiam Byorns (William Burns) “Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan yaqindan ishlashga, va sarmoya jalb qilishga ko’maklashishga tayyormiz”, deydi. 

“Tadbirkor uchun oshkora va adolatli muhit yaratib bersangiz, sarmoya kelishi qiyin kechmaydi”,- deydi Byorns, vazirlar va rasmiylarga qarata.  

“Qoidalar oydin va aniq bo’lsin, biznes qilish qimmatga tushmasin,  qonun ustuvorligi ta’minlangan bo’lsin”,- deydi AQSh rasmiysi.  Korrupsiyasiz jamiyatni topish qiyin, deydi davlat kotibi muovini, ammo unga qarshi kurashuvchi vositalarni ishga solish eng muhim talablardan biri.

“Shu bois kuchli fuqaro jamiyati va mustaqil axborot vositalariga ega bo’lish uchun harakat qilmoq zarur”, - deydi AQSh rasmiysi. “Yulg’ichlik va poraxo’rlikni ular fosh qiladi.  Bu esa samarali boshqaruvga yo’l ochadi. Tizim oshkora ishlashini ta’minlaydi. Bunga erishish oson emas, biroq iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot shuni talab qiladi”,- deydi Villiam Byorns.

O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston savdo va sarmoya vazirlari amerikalik investorlarning korrupsiya va bugungi sharoit haqidagi shikoyat va tashvishlariga javob berar ekan, muammo ildizi chuqur ekani tan olinmoqda. Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston vakillari islohotlar olib borilayotganini, ular sekin, ammo effektiv kechayotganini ta’kidlashdi. 

[insert caption here]
Elyor G'aniyev, O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, deydiki mamlakatga chetdan o'tgan bir yil ichida uch barobar ko'p sarmoya kirgan
Elyor G’aniyev, O’zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri deydiki, respublikada islohotlar jadal,  biznes qilish uchun ruxsat olish osonlashgan, ko’plab cheklov va to’siqlar olib tashlangan va soliq imtiyozlari oshirilgan.

Elyor Ga’niyevning aytishicha, O’zbekistonda soliq tizimi yangilanib, daromad solig’i o’tgan olti yil ichida 40 foizdan 12 foizga tushgan. 

“Chetdan sarmoya jalb qilishga kelganda”,- deydi G’aniyev, “ko’rsatkichlarga qarash kerak. O’tgan bir yil ichida tashqaridan uch barobar ko’p investitsiya olib kirilgan”. 

Amerika mintaqada Qozog’iston neft sanoatiga eng ko’p sarmoya qilgan bo’lsa-da, Markaziy Osiyo uchun Rossiya va Xitoy eng yirik hamkorlar bo’lib qolmoqda. 

AQSh hukumatining umidi shuki, bugun Afg’onistonga noharbiy yuk tashilayotgan yo’llar kelajakda, mintaqaviy birdamlik sharti bilan, yangi bir savdo tizimi hosil qilsin.  

Vashington bunda vositachilik qilishi, davlatlarga tijoratni takomillashtirish uchun yordam berishi mumkin. Mintaqa bo’ylab ish olib borayotgan biznesmenlardan biri firkicha mahalliy qarash va ish yuritish uslublari o’zgarmasa bo’lmaydi. 

[insert caption here]
Umberto de Pretto, Xalqaro Transportirovka Ittifoqi rahbar muovini nazarida Markaziy Osiyo bo'ylab chuqur ildiz otgan poraxo'rlik va korrupsiya savdo yo'llarida katta to'siq
Umberto de Pretto
, Xalqaro Transportirovka Ittifoqi (International Road Transport Union)  degan yirik kompaniya rahbari muovini nazarida vazirlarning Vashingtonda yig’ilib, fikr almashayotgani, davlatlar dardini yetkazayotgani, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz gaplashayotgani ijobiy hol.  

Lekin, deydi u, quruq gaplar bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi.  Korrupsiya va yulg’ichlik eng asosiy to’siq va rahbarlar uni rad eta olmaydi, deydi ishbilarmon.

Biznes bu amaliy harakat degani, deydi Umberto de Pretto, haqiqat shuki, bugun mintaqada savdo-sotiq bilan shug’ullanish eng mushkul sohalardan biri.

“Markaziy Osiyo hukumatlari harakat qilsa, yangi bir biznes o’chog’iga aylanishi mumkin.  Hamma bundan foyda ko’radi. Afsuski, mahsulot chegaralarda soatlab, hatto kunlab qolib ketadi. Boj olish jarayonini yengillashtirish, zamonaviylashtirish kerak. Pora bermay ishlash deyarli mumkin emas. Siyosiy mentalitet o’zgarsa,  balki ichki tizimlar ham tubdan o’zgara boshlashi mumkin”, - deydi Jenevadan asoslangan kompaniya vakili.  

Vashingtonda kechayotgan tadbirlarda yana ko’plab masalalar ko’tarilmoqda, mulohazalar bir dunyo. Qozog’iston yetakchi iqtisodiy kuch ekani qayd etilmoqda, uning Jahon Savdo Tashkilotiga kirish harakati muhokamada, shuningdek Markaziy Osiyo qachon integratsiya tomon yo’naladi degan savollar o’rtaga tashlanmoqda.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
 
  Bosh mavzu
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Yirik sarmoyachi arab matbuotini oshkoralikka undamoqda
LASIK amaliyoti har doim ham xavfsiz emas, deydi shifokorlar
AQSh Isroil va Falastinni muzokaraga chorlamoqda
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
Toyota Amerikadagi ilk zavodlaridan birini yopadi
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Afg'onistonda xavfsizlik bir yilda mahalliy armiyaga o'tishi mumkin
Rossiyadagi xalqaro mutaxassislar mahalliy qonundan nolimoqda
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
Amerikadan norozi odamlar ko'p, lekin uning yordamiga umid katta
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik