VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda sarmoya uchun imtiyoz bor, to'siqlar ham ziyoda


08/10/2009

[insert caption here]
Sarmoyadorlar fikricha, O'zbekistonda banklar faoliyati erkin qilib qo'yilishi kerak
Jahondagi iqtisodiy inqiroz O’zbekistonga uncha ta’sir etmaganini da’vo qilayotgan rasmiy Toshkent AQSh, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlaridan sarmoya jalb qilish ishlarini jadallashtirgan. 

Yaqinda Jenevada Yevropa Ittifoqi-O’zbekiston iqtisodiy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Shu oy oxiri, 21-23 oktyabr kunlari Toshkentda Osiyo va Islom taraqqiyoti banklari bilan hamkorlikda O'zbekistonga xorij sarmoyasini jalb etish bo'yicha xalqaro konferensiya rejalangan. 

Bu sa’y-harakatlarga qaramasdan, O'zbekistonga xorij investitsiyasining kirishi juda og’ir kechmoqda.

1 oktyabr kuni Jenevada Yevropa davlatlari sarmoyasini O'zbekistonga jalb etish muhokama qilingan edi. Tahlilchilar fikriga ko'ra, O'zbekiston iqtisodi sarmoyaga juda muhtoj.  Investitsiya mamlakatga erkin tarzda emas, siyosiy muzokaralar yo’li bilan kirayotgani kuzatiladi. Bu muzokaralar har doim ham kutilganidek yakunlanmaydi.         

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov 5 oktyabr kuni Ummon sultonligiga safaridan qaytdi. Tashrif davomida neft va kimyo sanoatida hamkorlikka kelishilgan. Imzolangan memorandumga ko`ra,  O`zbekistonda sement zavodi qurilishi rejalangan. 

Shartnoma qiymati haqida ma'lumot yo'q. 6 oktyabr kuni Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi Qozog'istonda bo'lib, o'rtada 6 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

Ikki qo'shni davlatdagi sarmoya muhitini solishtirgan tahlilchilar Qozog'istonda biznes yuritish O'zbekistonga nisbatan ancha erkin ekanini ta`kidlashadi. 

Ismi oshkor etilmasligini so`ragan suhbatdoshimiz  xorijlik sarmoyadorlar uchun konsalting-maslahat xizmati ko`rsatadi. Uning so’zlariga qaraganda, hukumat sarmoya uchun imtiyozlar va`da qiladi-yu, tadbirkor biznesni boshlagach yuzaga keladigan to`siqlar bu imtiyozlarni yo`qqa chiqaradi.

"Hukumat imtiyozlar bergandan ko'ra amaldagi to'siqlarni olib tashlasin. Birinchisi, bu banklar bilan ishlash. Banklar davlat funksiyasini bajaradi, nazorat qiladi, biror operatsiya bajarish uchun juda ko`p vaqt yo`qotasiz", - deydi u.

“Men konsalting xizmatini eksport qilaman. Eksport bo'yicha qo'yilgan  to'siqlar, keraksiz hujjatlar tadbirkor hafsalasini pir qiladi. Bu nafaqat eksport operatsiyasi, balki biznesni barcha sohalariga tegishli holat”, - degan fikrda suhbatdoshimiz.  

O`zbekiston xorij sarmoyasini jalb etish uchun Navoiy viloyatida erkin savdo hududini tashkil etdi. Hukumat qaroriga ko`ra, sarmoya kiritgan tadbirkorlar soliq, viza, bojxona to`lovlari bo`yicha  qator imtiyozlarga ega bo`ladi. Biroq hozircha bu savdo hududiga investitsiyalar oqib kirayotgani kuzatilmaydi.

Sharhlovchilar sarmoya uchun to`siqni nafaqat konvertatsiya yoki banklar faoliyatidagi muammolar, balki sarmoya sohalari nazoratda ekanida ko`rishadi.

“O'zbekiston bozorlarida sog`lom raqobat shakllanmadi. Katta daromad keltiruvchi sohalar, bu boradagi investitsiyalar asosan davlat nazoratida”, - deydi tahlilchi Suhrob Ismoilov.

So’nggi paytda O`zbekiston hukumati  Xalqaro Valyuta Jamg`armasi, Jahon Banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki kabi moliyaviy idoralar bilan aloqani qayta tikladi. Hukumat bu moliyaviy birlashmalarga umid bilan qaramoqda.

“Sarmoya muhitini yaxshilash bo`yicha biror ijobiy ish qilinayapti deb hisoblamayman. Bilasiz, O`zbekistonda asosiy sohalarni hammasi monopoliya ostida, gaz-neft, paxta sanoati. Davlat tashkilotlari xohlaganini qiladi. Investorlarning esa faqat puli kerak, lekin ularni bu yerda ishlashi uchun hech qanday sharoit yaratilmagan”, - deydi iqtisodchi Jahongir Shosalimov.

Tahlilchilarga ko`ra, iqtisodiy muhitda real o`zgarishlar bo`lmas ekan,  umidlar oqlanmasligi mumkin.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekiston banklari moliyaviy inqiroz iskanjasida
"General Motors" O'zbekistondagi biznesidan mamnun
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash uchun nima zarur?
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
AQShdagi o'zbek mutaxassislari moliyaviy inqirozni sharhlaydi
Jahon bozoridagi tanglik O'zbekistonga qanday ta'sir qilmoqda?
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available