VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Varshavada O'zbekistondagi siyosiy mahbuslar masalasi ko'tarildi


09/10/2009

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha yaqinda Varshavada o'tgan yig`ilishida o`zbekistonlik faollar asosiy e`tiborni mamlakatdagi siyosiy mahbuslar taqdiriga qaratdi. 

Huquq faollari ularni qamoqdan ozod etish talabi bilan murojaat qildi. Mamlakatda o`nlab siyosiy mahbus turli ayblar bilan qamoq jazosini o`tamoqda.

O’zbekistonda siyosiy tutqinlarni ozod etish talabi bilan Yevropa ittifoqiga yo`llangan murojaatga xorijdagi va mamlakatdagi ko`plab inson huquqlari tashkilotlari imzo chekkan. 

Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo`mitasi rahbari Bahodir Namozov o’zbek siyosiy mahbuslari masalasida Varshavadagi majlisda ma’ruza qilgan. Uning aytishicha, huquq himoyachilari siyosiy tutqinlar taqdiri haqida qanchalik qayg’urmasin mahbuslar va tazyiqlar ortib bormoqda.

“Anjumanda siyosiy mahbuslar bilan bog`liq ahvol haqida axborot berdim. O`zim bilan birga  siyosiy mahbuslar ro`yxati bor edi, kengaytirilgan ro`yxat. Unga shu yil qamoqqa olingan siyosiy mahbuslar ham kiritilgan. Mana yaqinda huquq himoyachisi Farhod Muxtorov ustidan hukm chiqdi, uni ham siyosiy mahbuslar qatoriga qo`shish mumkin. Jiddiy qabul qilishayapti, lekin ularda ham ta`sir ko`rsatish chegaralangan”, - deydi Bahodir Namozov.

O'zbekistonda vijdon tutqinlari sifatida atalayotgan, diniy e`tiqod bo`yicha qamalgan yuzlab mahbuslardan tashqari yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar va huquq himoyachilaridan iborat mahbuslar guruhi ham bor. Yozuvchi Mamadali Mahmudov 1999 yilda sodir etilgan portlashlarda ayblanib, 14 yilga qamalgan.

Mahmudovning yaqinlari deydiki, 10 yildan ortiq umrini qamoqda o`tkazgan yozuvchi bugun salomatligini deyarli yo`qotgan. Adabiyotshunos olim Botir Norboyevning aytishicha, Mahmudov faol fuqarolik pozitsiyasiga ega o`zbek yozuvchilaridan biridir.

“Mamadali Mahmudov o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishida fidoyilik ko`rsatgan  yozuvchilardan biri. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o`rinbosari bo`lib ishlagan, jamoat ishlarida faol qatnashib kelgan. Yozuvchi sifatida har doim haqiqatni yozishga intilgan. “O`lmas qoyalar” romani asosan turkiy birlik haqida, unda shu birlikka raxna solayotgan guruhlar fosh qilinadi.  Hozirga kelib, uni qamalishi ham tushunarsiz bo`lib turibdi”, - deydi adabiyotshunos.

Faollar fikricha, ijoddagi keskin tanqidlari uchun qamoq jazosiga hukm qilinganlardan yana biri shoir Yusuf Juma. Hokimiyat vakilini haqoratlashda ayblanib, 5 yilga qamalgan shoir jazo muddatini shafqatsiz sharoiti bilan tanilgan “Jasliq” qamoqxonasida o`tamoqda.

3 oktyabr kuni shoir bilan qizi Feruza uchrashgan. Ma`lumotga ko`ra, Yusuf Juma uchrashuvdan uch kun avval jazo kamerasidan chiqqan. Shoir jazo kamerasida qiynoqqa tutilgan.

“Yusuf Jumani qamalishida piketlar rol o`ynagan bo`lsa-da, uning ijodida keskin bir ruh bor. Haqorat qilish yoki boshqa emas, shu hayotdagi kamchiliklarni, muammolarni tanqid qilish. Qamalishiga shu tanqidiy ruh ham sabab bo`ldi shekilli”, - deydi shoir haqida adabiyotshunos Botir Norboyev.

Vijdon tutqinlari qo’mitasi rahbari Bahodir Namozovga mustaqillik munosabati bilan e`lon qilingan umumiy amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o`tmoqda.

“Davlat ularni siyosiy mahbus deb hisoblamasayam, baribir saqlab o`tiribdi. Qancha og’ir jinoyat qilganlar chiqib ketdi amnistiya bilan, siyosiylarga esa hech qanday yengillik tegmadi. 28 avgustda e`lon qilingan amnistiya ham hozircha birorta siyosiy mahbusga qo`llangani yo`q”, - deydi Namozov.

Huquq faollari siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishda hukumat bilan muloqot yuritayotgan Yevropa Ittifoqi ko`magiga ko`z tikmoqda. Faollarning aytishicha, siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarish Yevropa bilan uzilgan munosabatlarning tiklanishida asosiy shartlardan bo`lishi kerak.



Sharh va izohlar:

1. siyosat

Buni odatiy hol deb baholab bulmaydi. O'tish davridagi bir bosqich. Albatta bu uzoq davom etmasligi tabiiiy chunki yaqin kelajakda bunga hojat qolmaydi. Butun millat bir ideal fikr birligida birlashar ekan, bu birlikni buzishga imkoniyat ham, hojat ham qolmaydi. Shunda hammasi o'z o'rniga tushadi. O'shanda ularning aytmoqchi bo'lgan haqqoniy so'zlari jamiyat ravnaqi uchun emas balki birligi uchun xizmat qiladi!
Fikr bildiruvchi: Akmal (uzb)
10-17-2009 - 00:54:51

2. Ozodlik

Davlatimizning xaq yo'ldan yurishini so'rayman va men ham mahbuslarning ozod etilishini so'rayman.
Fikr bildiruvchi: ulugbek (O'zbekiston)
10-16-2009 - 04:27:41

3.

Bu odatiy hol bo'lib qolgan O'zbekistonga shoiru yozuvchilarni, haqgo'ylarni qamatish.
Fikr bildiruvchi: Aziz (Buyuk Britaniya)
10-10-2009 - 15:25:45

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amnistiyadan umid, ozodlik bu safar kimga nasib etmoqda?
Huquq tashkilotlari: Dilmurod Sayid ozod etilsin
Jurnalist Dilmurod Sayid 12 yarim yilga qamaldi
Yevropa vakili O'zbekistonda kimning dardini tinglayapti?
Sobiq ittifoq davlatlari jurnalistlar uchun eng xatarli hududlar
Huquq faollari: Shoir Yusuf Juma dahshatli qiynoqlar ostida
O'zbekiston prezidentini tanqid qilgan shoir qismati
O'zbekiston "Freedom House" dan eng past baho oldi
O'zbekistonda yana bir jurnalist qamoqqa olingan
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
Yevropa delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifidan umidlar...
Siyosiy mahbuslar yaqinlari bilan uchrasha olmayapti
Yevropa-O'zbekiston aloqalari - huquq masalasi chetda qolmoqda
Faollar: O'zbekiston - siyosiy mahbuslar makoni
Amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin
Sharhlovchilar: O'zbekiston xalqiga mustaqillik hissi hamon begona
A'zam Turg'unovning ishi sudda; tazyiqlar davom etmoqda
Muxolifatchi shoir Yusuf Juma taqdiri noma'lum qolmoqda
Dunyo ahli O'zbekistondagi ahvol haqida to'liq ma'lumotga ega emas
Siyosiy mahbuslar amnistiya tartibida ozodlikka chiqadimi?
Faollar: Tashqi dunyo O'zbekistonda ahvol og'ir ekanini tushunmayapti
O'zbekistonda yana bir mahbus qiynoqlardan jon bergan
Huquq faollari Yevropa Ittifoqi qarorini yoqlamoqda
Toshkentda piketga chiqqan huquq faollari kaltaklangan
O'zbekiston qamoqxonalarida: bir mahkuma qissasi
Yozuvchi Mamadali Mahmudov amnistiyaga tushmadi
Qamoqdagi jurnalistlarning yaqinlari amnistiyaga umid qilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available