VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Viloyatlarda 7-sinfdan boshlab bolalar paxtada


11/10/2009

[insert caption here]
Terim mavsumi dekabrgacha davom etishi kutilmoqda
Ayrim tumanlarda 5-sinf bolalari ham paxta termoqda

Yig’im-terim mavsumi munosabati bilan viloyat maktablarida darslar bekor qilingan, hokimiyat ko`rsatmasiga binoan, bolalar dalaga olib chiqilgan. 

Asosan, 7-sinf, ayrim  tumanlarda  6-sinfdan boshlab o'quvchilar paxta terimiga ommaviy safarbar qilingani xabar qilinmoqda.

Rasmiy Toshkent mamlakatda bolalar majburan ishlatilayotganini rad etib keladi. O'zbekiston bolalar huquqlarini kafolatlash to'g'risida BMT konvensiyasini ratifikatsiya qilgan, bolalar mehnatining og`ir turlarini taqiqlash bo`yicha qonun qabul qilingan.

Faollar fikricha, qonunlar qog`ozda, bolalar esa har doimgidek dalada. Lavhani muxbirimiz Malik Mansurdan tinglasak.

Toshkent viloyatida 7, 8, 9-sinflar paxta terimiga chiqarilishi munosabati bilan maktabda darslar to`xtagan.

“O'qishlar to'xtagan, hamma paxtada, oqituvchilar ham yotog’i bilan jalb qilingan. Yettinchi sinfdan boshlab majburiy qilib belgilangan”, - deydi huquq himoyachisi Akrom Muhiddinov.

Qashqadaryoda viloyat televideniyesida hokimiyat terimga safarbarlikni kuchaytirish haqida murojaat bilan chiqqan. Qarshi shahridagi maktablarda 8,9-sinf o`quvchilari paxta dalasiga jo’natilgan. Jizzaxda ham yuqori sinf o`quvchilari bir oyga paxtaga olib ketilgan.

“Shahardagi o`quvchilar ertalab paxtaga olib ketiladi, kechqurun olib kelinadi. Ayrim tumanlarda o’quvchilarni bir oylik muddat bilan olib ketishgan, tunu kun paxta dalasida bo`lishadi”, - deydi mahalliy faollardan biri.

Sirdaryoda yuqori sinf o’quvchilaridan tashqari qishloq maktablarida 6-sinfdan boshlab o’quvchilar paxta terimiga olib chiqilayotgani haqida ma'lumotlar bor.

“7,8,9-sinf o’quvchilariga 10 noyabrgacha deb ko`rsatma berilgan.  Tumanlardagi vakillarimiz berayotgan malumotga ko`ra, 5, 9-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar paxta terimiga jalb qilingan”, - deydi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Karim Bozorboyev.

Bir kilosi 85 so'm

Ma`lumotlarga ko`ra, bu yilgi terimda bir kilogramm paxta uchun 85 so`m ish haqi belgilangan. Bu pul paxta terimida o`quvchilarga beriladigan oziq-ovqat pulini ham qoplamaydi.  

“Bola yuz kilo paxta tera olmaydi-ku. Uni yeyishi bor, ichishi bor, oyog`idagi botinkani o`zi hozir falon pul turadi. Yeydigan ovqati bo`lka non bo`lsa, 85 so`m nima u? Hozir bir quti gugurt ham yuz so'm turadi. Bu pulga hech kim ishlamaydi, mardikor ham terimdan ko`ra bozorda yuk tushirishni afzal biladi”, - deydi Akrom Muhiddinov.

Mardikor bu pulga paxtaga chiqmaydi

O'zbekistonda ishsizlik darajasi juda yuqori, ishsizlarning ko’pi tumanlar, qishloqlarga to`g`ri keladi. Biroq ularni paxta terimiga jalb etish qiyin.

“Maktab bolalarini majburiy ishlatish mumkin, ishsizlar esa bergan haqi qoniqtirmasa paxta termaydi”, - deydi faollardam biri.

Mulohazalarga ko`ra, o`quvchilar arzon ishchi kuchi, ularni ortiqcha e`tirozlarsiz ommaviy ravishda safarbar etish mumkin – shu bois bolalar paxta terimida asosiy kuchi sifatida qolmoqda.

Paxta terimi dekabrga qadar cho`zilishi mumkin. Har yili dalaga 2 million atrofida bola olib chiqiladi, ta`lim berish to`xtaydi, maktablar hasharchilar uchun yotoqxonaga aylantiriladi. 

Karim Bozorboyevning aytishicha, sobiq ittifoq davridan buyon buzilmay kelayotgan an`ana o`zbek yoshlarida og`ir mehnatga nisbatan ko`nikmani hosil etmoqda.

“Sovet paytida biz ham paxtaga chiqardik, chopiq qilardik, izg`irin davrigacha paxta dalasida yurar edik. Bu narsa hozirgacha bartaraf qilinmadi. Buning ostida yoshlarimiz kelajagi yotibdi. Bu degani ertaga ular malakali ta`lim ololmaydi, kimdir poda boqadi, kimdir hozirgi mehnat muhojirlari o`rnini egallaydi. Biz hozirdan ularni shunga tayyorlab borayammiz. Qancha odamlar ishsiz o`tiribdi, qanchasi tashqarida bola-chaqam deb yuribdi. Davlatimiz bu bilan o`sha mehnatkashlar o`rniga kadrlar tayyorlamoqchi”, - deydi Bozoboyev.    

Fermer: hasharchilarsiz hosilni yig'ishtirish qiyin

“Bizga yordam berishmasa, paxtamiz dalada qolib ketadi. Birinchi terimga ulgurmasak, ikkinchisi qolib ketadi, shuning uchun ham o`quvchilar yordam bermasa bo`lmaydi. Avvallari kombaynlar bor edi, hozir yo`q, juda qimmat, fermer kombayn olish qudratiga ega emas. Rossiyadan, Amerikadan kombaynlar keladi, ular juda qimmat. Bug`doy o`radigan kombayn xarajatini o`zi daromadimizni deyarli yeb ketadi”, -deydi fermerlardan biri.

Boshqa bir fermer so’zlariga ko`ra, hukumat paxta bahosini 500 so`mdan belgilagan. Terimga to`lanadigan 85 so`m, hasharchilarning oziq-ovqati, transport va boshqa xarajatlarini qo`shib hisoblaganda terimning o'zi fermerga 200 so`mdan ko`proqqa tushadi. Bundan qolgani esa erta bahordan hozirgacha paxta yetishtirishga ketgan xarajatlarni qoplashi gumon.

“Asosiy muammo nimada? O`g`itni bahosi, soliqlar, xizmat ko`rsatishdagi boshqa baholar ham dunyo andozalariga to`g’ri keladi, lekin paxtani, bug`doyni sotib olish bahosi hech bir narsaga to`g`ri kelmaydi. Juda arzon, biz o`z haqqimizni ololmayapmiz”, - deydi fermer.

O'zbek paxtasiga boykot e'lon qilingan

Xalqaro maydonda bolalar mehnati evaziga terilgan o`zbek paxtasini boykot qilish kampaniyasi davom etmoqda. Hozirgacha dunyo miqyosidagi bir necha yirik savdo kompaniyalari bu boykotga qo`shilgan. O`zbekistonda bolalarni majburiy  mehnatga jalb etish masalasi AQShdagi siyosiy doiralarda ham muhokamaga chiqmoqda. 

Senator Tom Xarkin  bu borada AQSh Kongressiga rezolyutsiya taqdim etgan. 

Yaqinda AQSh matbuotida senator Xarkinning bolalar mehnati va o`zbek paxtasi haqida maqolasi e`lon qilindi. Unda ta`kidlanishicha, O`zbekiston paxta savdosidan yiliga milliard dollarga yaqin daromad ko`radi, biroq bu pullar hukumatni va davlatga qarashli korxona rahbarlarinigina boyitmoqda. Ertadan kechgacha paxta dalasida mehnat qilayotgan bolalar esa faqat ovqat puli uchun ishlashga majbur.

Tahlilchilar: hukumat, alohida guruhlar mavjud tartibdan pul qilmoqda. Ular islohotdan manfaatdor emas.

Mustaqil ekspert Rashid Taymurov fikricha, asosiy eksport vositasi hisoblangan paxta yetishtirish, sotish tizimi o`zgarishsiz qolayotgani hukumat doirasidagi guruhlar manfaati bilan bog`liq.

“O`zbekistonda buning uchun barcha sharoitlar mavjud, markazlashgan tizim yaratilgan. Paxta ortiqcha xarajatlarsiz ommaviy safarbarlik hisobiga yig`iladi. Fermerlar paxta yetishtirishga, uni arzon bahoda sotishga majbur qilingan. Bu bozor iqtisodiga mutlaqo qarama-qarshi tizim”, - deydi ekspert.        

Taymurovning aytishicha, paxta yakkahokimligi mamlakat  iqtisodiga zarar yetkazmoqda. Fermerdan paxtani arzon sotib olishdan manfaatdor bo`lgan guruhlar qishoq xo`jaligida islohotlar o`tkazishga qarshilik qilmoqda.

“O`zbekistonda yerlar sho`rlanishda davom etayapti, paxta yakkahokimligi suv zaxiralarini qisqarishiga ham olib keldi. Paxta eksportidan tushayotgan daromadni xalq turmush darajasini ko`targani kuzatilmadi. Mamlakat miqyosida faqat bir sohaga urg’u berilishi iqtisodni boshqa sohalarining oqsashiga ham sabab bo`ldi”, - deydi ekspert.

Rasmiy Toshkent parvoyiga keltirmaydi

AQSh Mehnat vazirliligi yaqinda bolalar majburiy  mehnati evaziga yetishtrilayotgan mahsulotlar ro`yxatiga o`zbek paxtasini ham kiritdi.

14 oktyabr kuni AQShdagi  bir nechta nodavlat tashkilotlari o`zbek o`quvchilarini paxta terimiga jalb etishni to`xtatish talabi bilan O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi yonidada norozilik namoyishi rejalashtirgan.

Paxta terimi bilan bog`liq bu yilgi vaziyat ham xalqaro maydonda kechayotgan noroziliklar O`zbekiston hukumati uchun ahamiyatsiz qolayotganini ko`rsatmoqda.



Sharh va izohlar:

1. paxta

Paxtaning narxi qachon ko'tariladi?
Fikr bildiruvchi: noma'lum (O'zbekiston)
10-18-2009 - 10:24:13

2. Xolismi shu?

Mening ukam 8-sinf, paxtaga chiqmadi. Amakimni og'li 7- sinf, paxtaga chiqmadi. Mahallamizdagi bolalar paxtaga chiqqani yo'q.
Fikr bildiruvchi: Vali (AQSh)
10-12-2009 - 19:25:19

3. repressiya davom etmoqda

Bizning Navoiy viloyatiga yangi taqirbosh hokim keldi. Hammaning adabini bermoqda. Yaqinda bizning tashkilotda Janob Sh.M.Mirziyoyevning TELEFONOGRAMMASI O'QIB ESHITTIRILDI. Unga ko'ra, 10-20 OKTABR KUNLARI HAMMA PAXTAGA OMMAVIY SAFARBARLIK... SHU KUNLARGA REJALASHTRILGAN MARAKALAR, TO'Y HASHAMLAR BEKOR QILINADI, HATTO DEHQON BOZORLARINING YOPILISHI HAM KUZATILADI. Bu nima og'ir bosim emasmi, xalqqa qarshi, odamlarga qarshi? Yangicha tushuncha bilan tushuntirib, TV orqali safarbarlikka da'vat qilib, kishilarni vatanparvarlikka chorlab hal qilsa bo'ladiku. Hattoki Navoiy Pedagogika Instituti rektori janob X. Ibragimov turmushga chiqqan, homilasi bor talabalar ham paxtaga chiqishini qattiq tayinlagan. Qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilmaslik to'g'risidagi ma'lumotlarni ham bekor qilgan. Nogiron talabalarni hattoki yo'l chetidagi paxtalarni terishi kerak deb da;vat qilgan. Xalq to'lqindir, xalq kuchdir, bir kun keladi hamma narsa ostin-ustun bo'ladi, bu aniq...
Fikr bildiruvchi: otsiz (O'zbekiston)
10-12-2009 - 10:57:20

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Paxta monopoliyada ekan, bolalar mehnatidan voz kechilmaydi
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
O'zbekistonda bolalar mehnati AQSh Senati diqqatida
Qishloq farovonligi yilida yangi banklarga ishonch past
O'zbekistonda fermerlar o'tkazilayotgan yer islohotidan norozi
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
O'zbekistonda dehqondan yer majburan tortib olinmoqda
Karimov qishloq hayotini yaxshilashni va'da qilmoqda
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
O'zbekistonda o'quvchilar paxta terimiga jalb qilinmasligi mumkin
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
G'allakorlar: dehqonchilik bugun to'qchilik emas, azob
AQSh O'zbekiston dehqonlariga yordam berishga urinmoqda
O'zbekiston qishloq xo'jaligi sovet o'tmishida muzlab qolgan
Suv tanqis O'zbekistonda tuproq ham yaroqsiz holga kelmoqda
O'zbekistonda maosh va narx-navo birga oshadi
O'zbekistonda bolalar mehnatining og'ir shakllari taqiqlandi
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
O'zbekiston paxtasi jahon bozorida rad etilmoqda
O'zbekiston qonunlarida bolalar huquqi kafolatlangan, amaldachi?
G'alla va paxtaga boy O'zbekistonda aholi un va moyga zor
Oq oltindan daromadning huzurini kim ko'rayapti?
Paxta bahosi paxtakor yil bo'yi to'kkan terga arzimaydi
O'zbekistonda muammo ko'p, yechimi ko'rinmaydi
Jahon Banki: O'zbekiston iqtisodiy o'sish bo'yicha mintaqada ikkinchi
Markaziy Osiyoda dehqon qachon yer egasi bo'ladi?
O'zbekistonda sholi ekish cheklanmoqda
Fayzulla Xo'jayev ham kommunizmga, ham demokratiyaga ishongan
O'zbekistonda xalq hayotini yaxshilash mahalliy hokimlar qo'lidami?
Plan bajarildi, paxtakor nega qarzga botyapti?
Qo'shib yozish, bo'rttirib ko'rsatish O'zbekistonda hamon amalda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available