VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qozog'iston boj zonasi orqali Jahon Savdo Tashkilotiga kirmoqchi


11/10/2009

Qozog'iston
Qozog'iston Jahon Savdo Tashkilotiga kirish ahdida qat'iy
Qozog’iston kelasi yilga borib Rossiya va Belarus bilan iqtisodiy ittifoqqa kirishga tayyor va ular bilan hamkorlikda Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish ahdida qat’iy.  

Bu davlat Sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Janar Aytjanova Vashingtonda AQSh siyosatdonlari va tadbirkorlari oldida so’zlab, jarayon murakkab ammo samarali kechmoqda dedi.  

Yagona boj zonasi, yagona pul birligi

Qozog’iston, Rossiya va Belarus yagona boj zonasiga aylansa, 160 milliondan ortiq aholi yashovchi yirik bozor hosil bo’ladi.

Bu esa, deydi Janar Aitjanova, Qozog’istonga chetdan sarmoya jalb etish, faqat neft sohasi emas, iqtisodiyotning boshqa jabhalarini ham rivojlantirish, savdo-sotiqni jadallashtirish uchun ayni muddao.

Aytjanovaning aytishicha, boj zonasi 2010 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.  Uch davlat oxirgi yillar mobaynida moliyaviy tizimini uyg’unlashtirib, qonun-qoida va tartibni bir qolip-shaklga keltirgan, deydi Janar Aytjanova. Yaqin kelajakda, deydi u, bu uch davlat yagona pul birligiga ham o’tishi kutilmoqda.

Qozog’iston Vashingtondan ko’proq investitsiya so’rar ekan, Amerika siyosiy doiralarida bu ittifoq aslida Rossiya qo’l ostida bo’ladi degan xavotir hukmron.

Janar Aytjanova “Bu tashvish o’rinsiz, uch davlat bir-biri bilan shunday bog’langan bo’ladiki, u yerda hech kim o’zboshimcha harakat qila olmaydi”,- deydi.  

Zonaga tashqaridan mahsulot olib kirish oson bo'ladi, qo’shni davlatlarning biznes qilishi yengillashadi degan umidlar bor. Lekin mutaxassislar nazarida regiondagi muammolar faqat ittifoq tuzish bilangina yechilib qolmaydi. O’zgarishlar qog’ozdagi va’dalarga emas, amaliy qadamlarga, siyosiy irodaga bog’liq.  Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga kiruvchi Tojikiston va Qirg’iziston ham unga taklif qilingan. 

Iqtisodiy zona tuzilsa, qo'shnilar ham qiziqib qoladi

[insert caption here]
Iqtisodiy integratsiya, deydi Qozog'iston rasmiylari, zamon talabi
Xalqaro Transportirovka Ittifoqi (International Road Transport Union) Qozog’iston va atrofdagi davlatlarda anchadan beri ishlab keladi.

Tashkilot rahbar muovini Umberto de Pretto fikricha, qanday blok bo’lishidan qat’iy nazar Markaziy Osiyo iqtisodiy birdamlikka intilishi, Qozog’iston bunda o'z hissasini qo'shishi kerak.  

Yonma-yon yashaydigan xalqlar rahbarlarining fikri bir joyda emasligi sabab ham regionda biznes qilish qiyin kechmoqda, deydi Umberto de Pretto. 

Qozog’istonning Rossiya va Belarus bilan boj ittifoqiga kirayotgani yomon emas, buning Markaziy Osiyoga ham foydasi salmoqli bo'ladi, deydi ishbilarmon. Bu davlat regionda iqtisodiy tayanchga aylanarkan, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston ham hamkorlikni oshirmasa bo’lmaydi, deydi Umberto de Pretto.   

Yuqorida tilga olingan davlatlar Qozog’iston bilan o’zaro savdo-sotiq tobora jadal ekanini ta’kidlaydi. Janar Aytjanova ham buni tasdiqlaydi. 

Qirg’iziston va Tojikiston regional integratsiya tarafdori ekanini bayon etgan, ammo O’zbekiston va Turkmaniston mintaqaviy birdamlik haqida boshqacha fikrda. Bu mamlakatlar o’ziga xos taraqqiyot yo’liga ega ekani va rivojlanish sur’ati bir tusda emasligini  aytib, turli bloklarga uncha qiziqish bildirmaydi. 

Jahon Savdo Tashkilotiga a'zolik yo'lida Qozog'istonga qo'yilgan talablar serob
   
Janar Aytjanova Qozog’istonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirish harakatlariga bosh-qosh.

“Talab shuki, har bir a’zo bilan til topishib, ularning iznini olish kerak. Bu oson kechmaydi, ayniqsa Amerika va Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar qachon yakunlanishini bilmaymiz”,- deydi u. 

Tashkilot talablarini qondirish esa undan-da qiyin masala. Qonunchilik, ijro va tekshiruv tizimlari isloh qilinishi kerak. Korrupsiya va poraxo’rlik chuqur ildiz otgani,  davlat  ishi va jamiyatda oshkoralik yetishmasligi va kadrlar taqchilligi eng ulkan to’siqlar sifatida ko’riladi.  

Qozog’iston  Jahon Savdo Tashkilotiga Rossiya va Belarus bilan bir guruh sifatida, boj zonasi tarzida kirishni rejalagan. Lekin muzokaralar har bir davlat uchun alohida kechadi. Rossiya bu ishlarni ancha ilgari boshlagan. 

Bir paytda kirish uchun Qozog’iston va Belarus harakatlarni kuchaytirishi, 153 a’zo davlat bilan kelishishi kerak. 

Hozirgacha Markaziy Osiyodan faqat Qirg’iziston Jahon Savdo Tashkilotiga qabul qilingan.  

Bu uyushmaning asosiy maqsadi  ishlab chiqaruvchi, eksportchi va importchiga mahsulot va xizmatni xaridorga yetkazish yo’lida yordamlashish, jarayonni osonlashtirish.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Markaziy Osiyo sarmoya so'ramoqda, AQSh esa sharoit
AQSh tranzit yo'llari uchun Markaziy Osiyoga nima taklif qila oladi?
Qozog'istonda mustaqil gazeta yopilishi mumkin
Nur Otan: Nursulton Nazarboyev umrbod prezident bo'lsin
Qozoq-o'zbek chegarasida vertolyot qulagan
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Turkmaniston yoshlarni xorijga chiqarmay qo'ygan
O'zbekiston tashqi siyosatida Rossiya faktori
O'zbekistonda kelajak egalari qay ahvolda?
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
Amerikaliklar Rossiyaning yangi bazasi haqida nima demoqda?
O'zbekiston Rossiyaning mintaqadagi yangi bazasiga qarshi
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
Rossiya Qirg'izistonda harbiy baza ochishga ruxsat oldi
Markaziy Osiyo davlatlari Urumchi borasida sukutda
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
AQSh-O'zbekiston aloqalari jonlanar ekan, asosiy e'tibor xavfsizlikda
Nazarboyev: Qozog'iston Eronga uran uzatayotgani yo'q
Yadroviy chiqindilardan qutulish masalasi muhokamada
O'zbekiston nega iqtisodiy integratsiyadan chetda qolmoqda?
Qozog'iston internet nazoratini kuchaytirmoqda
Klinton: Inson savdosiga qarshi keskin choralar ko'rish kerak
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
O'zbekiston Shanxay-6 raisligini qo'lga olish arafasida
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
O'zbekistonning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasidagi kelajagi noaniq
Qozog'iston yadroviy energiya ombori bo'lmoqchi
Qozog'istonda mudofaa vaziri o'rinbosari hibsga olingan
Suv ustidan raqobat davlatlarni ikkiga ajratib qo'ymoqda
Nazarboyev rasmiylarni kamtarroq hayotga chaqirmoqda
Mintaqa davlatlari suv masalasida ikkiga bo'lingan
Markaziy Osiyo - NATO aloqalarida Rossiya dallollik qilmoqda
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
Hukumatlar ochiq aytmasada, Markaziy Osiyo krizisda
Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro sahnadagi rolini oshirish harakatida
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available