VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Amerika cho'chqa grippi vahimasida

13/10/2009

Negative stain EM image of the swine influenza A/CA/4/09
Shimoliy yarimsharda cho’chqa grippi tarqalar ekan, Amerikada emlanish zarurat sifatida ko’rilmoqda.  Necha yoshda bo’lishingizdan qat’iy nazar vaksina olish maslahat berilmoqda.

Bugungacha jahon bo’ylab bu kasallik to’rt mingdan oshiq odamni o’ldirdi.  Ularning to’rtdan uch qismi Shimoliy Amerikada.

AQShda qayerga bormang, cho’chqa grippidan saqlanish haqidagi e’lonlarga ko’zingiz tushadi. Ayniqsa yoshlar va bolalar xavf ostida. 

H1N1 nomli virus grippning o’tkir turi deya qayd etilsa-da, AQSh Kasalliklarning oldini olish idorasi nazarida vahimaga hojat yo’q. Masala bilan mashg’ul Dan Rats kasallik ko’p hollarda yengil kechadi deydi. 

“Ko’pchilik undan sog’ayib ketmoqda”,- deydi Rats.

Biroq tuzalmayotganlar ham kam emas.  

Vials of H1N1 flu vaccine by drug maker Sinovac Biotech Ltd., Beijing, China (File
Virusga qarshi vaksina tayyor
Mutaxassislar diqqatni homilador ayollarga qaratmoqda. Amerikada ona bo’lish arafasida bo’lgan 100 dan ortiq juvon virus bilan olishmoqda va 20 dan ziyodi unga bardosh bera olmagan.

Bolalar orasida ham unga chalinganlar ko’p. Yaqinda Merilend va Texas shtatida ikki o’smir cho’chqa grippidan jon berdi.  Soppa-sog’ yurgan yoshlar uning qurboniga aylanmoqda.

Gap shundaki, grippning keng tarqalgan, oddiy deya qaraladigan turi ham yiliga dunyo bo’ylab yuz minglab odamlarni hayotdan olib ketadi.

Yangi virus cho’chqadan tarqalgan deya taxmin qilingan edi, ammo izlanishlar buni isbotlamadi.

Mutaxassislar grippning yangi turlari Shimoliy Amerika emas, Osiyodan chiqishi mumkin deb taxmin qilayotgan edi.

“Sabab shuki, parranda grippi chiqqaniga ancha bo’ldi. Bu virusning ko’rinishi o’zgarib, biror yangisi paydo bo’ladi deb qo’rqayotgan edik. Odatda Osiyo mamlakatlari ularning  o’chog’i bo’lib kelgan. Lekin mana yangi virus o’z qit’amizdan tarqala boshladi”,- deydi Rats.

H5N1 virusi – parranda grippi, odamlarga kasal qushlardan yuqa boshlagan deyiladi.

O’tgan yillar ichida Osiyoda minglab inson vafot etgan. Parranda grippi 60 foiz hollarda o’limga yetaklaydi.

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti har bir davlatni parranda va cho’chqa grippidan ogoh bo’lishga chaqirib kelmoqda. Boshida yengil tuyulgan bu virus o’ta salbiy oqibatlarga olib borishi mumkin,  deydi olimlar.



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Tabiblik insonparvarlik deb yashayotgan amerikalik
O'zbekistonda bepul tibbiy xizmat faqat qog'ozda
Cho'chqa grippi virusidan saqlanish bo'yicha tavsiyalar
Cho'chqa grippi tufayli haj safariga cheklovlar qo'yilmoqda
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Osiyoda xavfli virusning yangi ko'rinishlari aniqlangan
Parranda grippi Rossiya va Laos qishloqlarida kuzatilmoqda
Parranda grippi yana ko'rina boshladi - o'nlab inson hayotiga zomin bo'lgan Vietnamda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available