VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda bolalar ekspluatatsiyasi qoralanmoqda


14/10/2009

Bugun O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi yonida respublika paxta dalalarida bolalarning majburan ishlatilishiga qarshi namoyish o'tmoqda. Uni bir necha Amerika tashkiloti o'tkazmoqda. Ularning fikricha, O'zbekiston bunga doir qator xalqaro shartnomalarga a'zo bo'lishiga qaramay, bolalarning majburiy mehnatiga chek qo'ymagan.

Londonda joylashgan "Ekologik adolat uchun jamg'arma" (Environmental Justice Foundation) tashkilotining o'tgan yilgi vaziyat bo'yicha chop etilgan hisobotiga ko'ra, har kuzda paxta terimi mavsumi boshlanishi bilan yuz minglab bolalar endigina boshlangan o'qishini to'xtatib, dalalarga chiqariladi.

Bu xalqaro qonunga zid amaliyot, deydi Xalqaro mehnat huquqlari forumi (International Labor Rights Forum) tashkiloti direktori Bama Atreya.

"Bolalarni majburan ishlatish insonning asosiy huquqlariga ziddir. BMT Xalqaro mehnat tashkiloti hujjatlari va qator konvensiyalarda bu amaliyotning noqonuniyligi  tilga olinadi. O'zbekiston ularning barchasiga a'zo va demakki, xalqaro majburiyatlariga sodiq qolishi, iqtisodiy faoliyatini huquqlarni poymol etmasdan, bolalarni majburan mehnatga jalb qilmasdan olib borishi lozim," deydi faol.

[insert caption here]

"Ekologik adolat uchun jamg'arma" hisobotiga ko'ra, paxta dalalariga olib chiqilgan bolalar anti-sanitariya sharoitida yashaydi. Dalaga yaqin joyda toza ichimlik suvi yo'qligi bois, kanal va ariqlarda oqayotgan suv iste'mol qilinadi. Bu esa ko'p hollarda gepatit bilan kasallanishga olib keladi. Paxta terimi uchun olingan arzimagan pulni esa bolalar sifatsiz ovqatga to'lashga majbur, deyiladi tashkilot hisobotida. Ba'zilar bu yil bolalar paxtaga olib chiqilmadi deyilsa-da, Londondagi jamg'arma rahbari Juliyet Uilyamsning aytishicha, bugungi vaziyat oldingi yillardan keskin farq qilmaydi.

"Biz turli manbalar bilan ish ko'ramiz. Bu yilgi mavsumning boshlanganiga ikki hafta bo'libdiki, bolalar yana paxta dalalariga olib chiqilgan. To'g'ri, ba'zi joylarda bu hol kamroq kuzatilmoqda, biroq umuman olganda mamlakat bo'ylab bolalarni dalada ishlatmaslik haqida qaror chiqmagan. Hukumat majburiy mehnatga qarshi milliy harakat dasturini qabul qilgan, biroq uning ijrosi oqsamoqda," deydi Uilyams.

Namoyish tashkilotchisi - Bolalar mehnati koalitsiyasi
Namoyish tashkilotchisi - Bolalar mehnati koalitsiyasi
Vashingtondagi namoyish Bolalar mehnati koalitsiyasi (Child Labor Coalition) homiyligida o'tmoqda. Unga Amerikadagi bir necha tashkilot a'zo. Namoyishda shuningdek mahalliy talabalar ham qatnashmoqda.

"Biz bu tadbir orqali AQSh fuqarolari va hukumati diqqatini O'zbekistondagi bu kabi huquq buzilishlariga jalb qilmoqchimiz. AQSh hukumati bu borada faol harakat qilishi zarur. Davlat kotibi Xillari Klinton inson huquqlari Barak Obama ma'muriyati uchun dolzarb mavzulardan biri bo'ladi degan. Biz AQShning O'zbekiston bilan munosabatlarida buning isbotini ko'rishni va muammoning muhokama etilishini istaymiz," deydi Atreya.

Namoyishda qatnashayotgan Amerika o'qituvchilari federatsiyasi (American Federation of Teachers) vakili Antonia Kortezening aytishicha, o'zbek bolalari o'qishdan qolib ketmoqda. 

"O'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha jahonda uchinchi o'rinda ekan, kiyimlarimizning ko'pi o'quvchilar tergan paxtadan tayyorlangan bo'lishi mumkin. Biroq bu bolalar va o'qituvchilari o'qish paytida paxta dalasida emas, maktabda bo'lishi kerak. Masalaning ayanchli tomoni shundaki, ularni majburan ishlatib, foydasini davlat ko'rmoqda," deydi Antonia Korteze.

Ba'zi hisoblarga ko'ra O'zbekiston paxta savdosidan yiliga bir milliard dollarga yaqin daromad oladi. Bolalar esa kun-bo'yi dalada mehnat qilib, 2-3 dollar ishlaydi, biroq u pul ham ovqatga sarflanadi. O'zbek paxtasining bir tonnasi Liverpul paxta birjasida 1100 dollar atrofida bo'lib, bu kilosiga bir dollarga yaqin degani. Bolalarga esa kilosiga 3-6 sentdan to'lanadi, deyiladi "Ekologik adolat uchun jamg'arma" hisobotida.

11 million ishchi huquqlarini himoya qiluvchi Amerika mehnat federatsiyasi va sanoatlashgan tashkilotlar kongressi (AFL-CIO) vakili Stenli Gashekning aytishicha, namoyish O'zbekistondagi ahvol AQSh va jahon jamoatchiligi diqqat markazida ekanini ko'rsatish uchun o'tkazilmoqda.

"O'ylaymizki, matbuot xodimlari tadbirni keng yoritib, majburiy bolalar mehnati muammosini ko'tarib chiqadi. Yig'in O'zbekiston hukumatining bu boradagi siyosatini o'zgartirishga hissa qo'shadi degan umiddaman," deydi Gashek.

Ba'zilarning e'tiroz bildirishicha, bolalar mehnati muammosi G'arbda ham, Amerikada ham mavjud. Ammo, deydi Amerika xaridorlar ligasi (National Consumers League) ijrochi direktori Selli Grinberg, muammoning ko'lami turlicha.

"Amerika barkamol mamlakat emas albatta, biroq davlat O'zbekistonda bo'lgani kabi majburiy mehnatni qo'llab-quvvatlamaydi. Bizda o'ziga yarasha qonunlar bor va ularning ijrosi jiddiy nazorat etiladi," deydi Selli Grinberg.

Uning aytishicha, liga AQShdagi xaridorlarni o'zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olmaslikka da'vat etmoqda. So'nggi bir necha yil ichida Levi's, GAP, Tesco va Walmart kabi yirik to'qimachi kompaniyalar va savdo tizimlari o'zbek to'qimachilik mahsulotlarini ishlatmaslikka va sotmaslikka qaror qilgan.



Sharh va izohlar:

1. siyosat

Albatta bu masala dunyo miqyosida O'zbekistonni sharmandali tarzda namoyon etayotgan bosh masalalardan biridir. Shu asnoda bir voqeani eslab o'tmoqchiman. Tunov kuni opam bilan telefon orqali gaplashdim. Opam maktab o'qituvchisi. Ular hamma paxtaga jalb qilingani bolalar ham o'qishni to'xtatgani, hamma javlon urib paxta dalalarida mehnat qilayotgani ayta boshladi. Bu gaplar oddiy holligini hisobga olib unchalik ahamiyat bermadim. Keyin jiyanimni koyib ketdi. " Jiyaning paxta tergani chiqibdi. Birinchi kundan uzi bn ergashtirib 10 kishini pahta terimidan olib qochib ketibdi. Maktab direktori esa bu qilmishi un uni rosa dupposlabdi. Maktab direktori bu hol qayta qayta sodir bulavergach jiyaningni pahta terimidan ozod qilib" Sen kelmagin, o'zim sening uchun paxta teraman" debti. Paxtaga chiqmagani mayli lekin shuni deb ishimni yuqotishni xohlamayman." deydi u. Bu borada bolani koyish kerak emas. Bu qilgan kichik qahramonligini munosib taqdirlash kerakligini ta'kidladim.
Fikr bildiruvchi: akmal (uzb)
10-17-2009 - 00:28:20

Download O'zbekistonda bolalarning majburan ishlatilishiga qarshi Vashingtonda namoyish
Download  (MP3)
Listen to This Report O'zbekistonda bolalarning majburan ishlatilishiga qarshi Vashingtonda namoyish
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available