VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Pokistonda armiya Tolibonga qarshi yangi urush boshladi

17/10/2009

[insert caption here]
Janubiy Vaziristonga 30 ming harbiy safarbar etilgan
Pokiston armiyasi Afg’oniston bilan chegaradosh hudud – Janubiy Vaziristonda Tolibonga qarshi yirik harbiy amaliyotlar boshlagan.

Pokiston rahbariyati va qo’mondonlar poytaxt Islomobodda majlis qilgach, Janubiy Vaziristonga qo’shin tortilgan, harbiylar hujumga kirishmoqda.

Oxirgi paytlarda Pokiston terror xurujlaridan boshi chiqmay qoldi. Xalqaro va xavfsizlik tashkilotlari nishonga olinmoqda, Lohur notinch, Islomobodda harbiy qarorgohlar qattiq zarba yegan. So’nggi ikki haftadayoq 175 odam nobud bo’lgan. Hukumat bu hujumlarda Janubiy Vaziristonda o’rnashib olgan toliblarni ayblaydi.

Armiya ishga kirishar ekan, Pokistonning ayrim hududlarida komendant soati e’lon qilingan, uyali aloqa xizmati ochirilgan.

Rasmiylarning aytishicha, hozir Janubiy Vaziristonda 30 ming harbiy bor; ular 10 ming kishilik Tolibon armiyasiga bas kelishi kerak. Mintaqa havodan ham nishonga olinmoqda.  Garchi armiya soni jihatdan ustun bo’lsa-da, Amerika Ovozi bilan suhbat qilgan mutaxassislar jang mushkul bo’ladi, demoqda.

Sobiq harbiy Mahmud Shoh so’zlariga ko’ra, Tolibon qonun-qoidaga qarab jang qilmaydi. Bu urushda an’anaviy jang usullari ish bermaydi. Tolibon ochiq maydonda emas, tog’u toshlar, chekka mintaqalarda olishadi, o’z joniga qasd qilish – ular uchun odatiy hol, deydi sobiq harbiy.

Armiya avval ham shu kabi amaliyotlar o’tkazgan. Natijada hukumatga hayrixoh qabila vakillari Tolibon o’ljasiga aylanib, muxolif partiyalar bu operatsiyalarni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortgan edi.

BMT Gumanitar yordam dasturi rahbari Manuel Bessler mintaqadagi tinch aholi taqdiriga e’tibor qaratmoqda. Bahordan beri 70-80 ming odam uy-joyidan bosh olib ketgan. Armiya hujumga kirishar ekan, kuniga 70-100 oila Janubiy Vaziristonni tark etmoqda. Qish qahratonida ularni yegulik, boshpana, kiyim va dori-darmon bilan ta’minlash kerak bo’ladi, deydi u.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available