VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda ishsizlik, qo'rquv - diniy radikalizmga yetaklovchi omillar


21/10/2009

[insert caption here]
Nomozxonlarga ta'qibdan bezigan odamlar mamlakatdan chiqib ketmoqda. Ular jangarilarga qo'shildi, deb gap tarqalgan hollar ham uchraydi
Afg’onistonda Tolibon kuchga to’lar ekan, Pokiston armiyasi chegarada, Janubiy Vaziriston mintaqasida jangarilarga qarshi kurashmoqda. 

Matbuot xabariga ko’ra, toliblar Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekistondan panoh qidira boshlagan. Sharhlovchilar nazarida radikalizmga yetaklovchi omillar bartaraf etilmas ekan, vaziyat o’zgarishi qiyin.

18 oktyabrda Tojikistonning Isfara shahri yaqinidagi otishmada to'rt jangari o'ldrilgan. Avvaliga ular O'zbekiston Islom Harakati a`zolari ekani, keyinroq “Bayot” guruhiga aloqadorligi aytildi.

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, mintaqada ekstremistik guruhlar faollashgan.

“Pokiston hukumati ham choralarni kuchaytirishga harakat qilayapti. Shunda Afg’onistonda toliblar oyog`i ostida yer yonishi mumkin. Boshqa qochadigan tomon yo`q. Tabiiyki, ular jon talvasasida Qirg’iziston, Tojikiston orqali O`zbekistonga, Qozog`istonga ham o`tishga harakat qiladi. Qirg`izistonda, Tojikistonda bo`layotgan voqealar ham shundan dalolat bermoqda”, - deydi sharhlovchi Fayzulla Is’hoqov.

Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, Pokiston armiyasiga qarshi kurashda toliblar bilan bir safda o’zbek jangarilari ham urushmoqda. O`zbekiston Islom Harakati safidagi o`zbeklar soni bir nech yuz kishi ekani taxmin qilinadi. Yaqinda harakat yetakchisi Tohir Yo’ldosh halok bo’lgani haqida ma’lumot paydo bo’ldi, biroq jangarilar buni rad eti.

Afg’onistondagi harbiy amaliyotlar davrida faoliyati parchalangan bu harakatning o’zbeklar hisobiga qayta oyoqqa turishi sabablari yuzasidan turli munozarali qarashlar mavjud.

“Ular safida tojiklar ham bor, hatto ruslar ham borligi aytiladi. Ularni qanchaligini hozir aniqlash qiyin. Tohir Yo`ldosh borligida ham ular tarqoq edi, hozir endi o`ldirilgan bo`lsa, yanayam tarqoqlashgan. Guruh jinoyatchi odamlarni jalb etib harakat qilyapti, pulini berib turadi. Ijtimoiy vaziyat ham bunga imkoniyat berayapti. Bola chaqasini, o`zini boqolmagan odamlar u tomonga boradi-da! Lekin hech kim ularni oqlayotgani yo’q”, - deydi Fayzulla Is’hoqov.

Huquq himoyachisi Sur’at Ikromovning aytishicha, fuqarolarni radikallik sari yetaklayotgan omil faqat ishsizlik emas. Nomozxonlarga taz’yiqlar kuchaygan,  ta`qiblardan bezgan fuqarolar mamlakatdan chiqib ketmoqda.

“Odamlar qo’rqqanidan ham chiqib ketayapti, masalan, yaqinlari, qarindoshlari qamalgan. Ular chiqib ketgandan keyin organlar qidiruv e`lon qiladi. Uyiga borishadi, yaqinlari “ish qidirib, Rossiya, Ukraina, Qozog`iston yoki boshqa bir davlatga ketgan”, deydi. Keyin ularga qidiruv e`lon qilishadi va jinoyatchiligini oldindan e`lon qilishadi. Shu bilan qidiruvga beriladi. Shunaqa qilib ayrimlar o`zini e`tiqodi bilan ham qo`shilishi mumkin, jangarilar esa borgan sari ko’payib bormoqda”,  - deydi Sur’at Ikromov.

Nodavlat tashkilotlar ekstremizm ildizini hukumat siyosatida ko’rishadi.

“Terrorizm bo’yicha qancha ishlarni ko’rdik, o’qidik, birortasida isboti yo`q, lekin odamni terrorchi deb e`lon qilib, uzoq yillarga qamab yuborgan. Davlat tomonidan uyushtirilgan bir narsa ketayapti, ya’ni isbotsiz qamashning o`zi jinoyat, terror”, - deydi Sur’at Ikromov.

Mahalliy faollar so`nggi paytda mamlakatda kuzatilgan otishma va zo`ravonliklarni diniy e`tiqod bo`yicha mavjud taz’yiqlarning natijasi sifatida ham baholaydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mintaqada ekstremizm kuchaygani haqiqatmi?
Tojikiston, Pokiston jangarilarga qarshi hamkorlik qiladi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
O'zbekiston Afg'onistonda tinchlikni tiklashga yordam berishi kerak
Tolibon safi xorijiy jangarilar hisobiga kengaymoqda
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
O'zbekistonda e'tiqod erkinligi kafolatlanganmi?
O'zbekistonda erkin e'tiqod qilish mumkinmi?
Inkor etilsa-da, e'tiqod erkinligi muammoligicha qolmoqda
Ilmsizlik, ishsizlik - aqidaparastlikka yetaklovchi omillar
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
O'zbekiston banklari moliyaviy inqiroz iskanjasida
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
Moliyaviy inqiroz mehnat muhojirlarini uyiga qaytarmoqda
Og'ir iqtisodiy sharoit o'zbekistonlik ayollarni xorijga haydamoqda
O'zbekistonliklar Rossiyada tekinga ishlatilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available