VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi


03/11/2009

[insert caption here]
Advokaturada islohotlar ijobiy o'zgarishmi?
Ayrim mutaxassislar nazarida bugun islohotlarni boshdan kechirayotgan O'zbekiston advokaturasi mustaqillik huquqidan yanada uzoqlashgan.  

Hukumat qaroriga binoam advokatlar faoliyatiga doir bir necha o'zgarishlar amalga oshirildi.

Rasmiylarning aytishicha advokat huquqlari va qonuniy vakolatlar kengaytirildi. 

Lekin bu kasb egalarining tushuntirishicha islohotlar aslida advokaturani Adliya vazirligiga tobe qilib qo'ydi. Mustaqil faoliyat uchun kurashgan advokatlar ishidan chetlatilmoqda.

O'zbekistonda advokatlarni fuqarolik jamiyatining faol qatlami sifatida baholash qiyin. Islohotlar davom etmoqda, yangi qoidalar amalga kiritilmoqda biroq mohiyatan o'zgarishlar sezilmaydi.

Yaqinda mustaqil “Ekspertlar ishchi guruhi” so'nggi olti oy mobaynida advokaturada amalga oshgan islohotlarga oid  tahlil e'lon qildi.

“Bu yangiliklar 2009 yildan boshlab kuchga kirgan. Biz shu fursatda ular qanday ishlayotgani, qanday natija berayotgani  yuzasidan monitoring o'tkazishni rejalagan edik. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, advokatlarga  berilgan professional huquqlarni hayotga tatbiq etilishi juda qiyin kechmoqda”, - deydi guruh vakili Suhrob Ismoilov.

Advokatlarni qayta litsenziyalash bo'yicha o'tgan sinov ular sonini bir qadar siyraklashtirgan edi. Bu  sinovdan o'tmaganlarning aksariyati jamoatchilikka mustaqil faoliyati bilan tanilgan, xususan huquq faollari va muxolifatchilarni himoya qilgan advokatlar bo'ldi.

Advokaturadagi islohotlardan yana biri, prezident farmoniga muvofiq, Advokatlar Palatasini tashkil etilishi bo'ldi. Palatani muvofiqlashtirish Adliya vazirligiga yuklandi.    

“Qonun kuchga kirdi. Advokatlar har uch yilda malakasini oshirishi shart. Malaka kurslari tashkil qilinib, shunda o'qitiladi. Lekin advokatlar safini tozalash uchun uch yil kutishga ham hojat qolmagan. Chunki advokatlar markazlashgan idoraga aylandi. Palata tuzildi. Davlat atributlari qabul qilinayapti. Bu degani sal kam davlat tashkilotiga aylanayapti",- deydi  sinovdan o'ta olmagan advokat Ruhiddin Komilov, bir necha siyosiy mahbuslarni himoya qilgan mutaxassis. 

"Adliya vazirligining buyrug'ini ko`rdim, Advokatura haqidagi qonunga ko'ra deb chiqarayapti. Bu qonun advokatlar uchun, Adliya vazirligi uchun emas.  Adliya vazirligining advokatlar haqidagi qonunga ko'ra ish yuritishi bu juda kulguli narsa”, - deydi u. 

Suhrob Ismoilov fikricha islohotlar ayrim ijobiy o'zgarishlarga ham yo'l ochayapti. 

“Masalan, ilgari advokatlar qamoqxonadagi mijozini ko'rish uchun qamoqxona noziridan, shuningdek, mahbusning o'zidan ariza olishi kerak edi. Hozirgi o'zgarishga ko'ra  bunday arizalar kerak emas,  advokat uchrashish  huquqiga ega. Yana bir o'zgarish - advokat ish jarayonida texnik vositalardan foydalanishi, tergovdan keyin ayblov xulosasini olishi mumkin. Lekin tergovchilar, huquq-tartibot organlari, sudyalar, mansabdor shaxslar tomonidan bunga qarshi rasmiyatchilik kayfiyati juda kuchli”, - deydi Suhrob Ismoilov.

Amaliyotda  fuqarolar advokatlarni qonuniy himoyachi emas, ko'proq vositachi tomon sifatida qabul qilishadi. Advokat vakolatlari va e'tirozlari sud, huquq-tartibot organlari tomonidan inobatsiz qoldirilar ekan, vaziyatga o'zgarish bo'lishi qiyin. 

“Sud faqatgina sud-tergov jarayonida aniqlangan holatlarga ko'ra hukm chiqarishi kerak, ayblov xulosasiga tayanib emas.  Lekin mana,  sudlar ayblov xulosasiga tayanib, shu fikrlarga ko'ra  hukmlarni o'qib yotibdi. Bu masalaning oldini olish uchun sud mustaqil bo'lishi kerak, bizda esa sudlar mustaqil emas ”,  - deydi ism-sharifini ochiq aytishni istamagan advokatlardan biri.   

Qonunchilikka binoan sud -mustaqil hokimyat. Sudyalar prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi. 2009 yildan boshlab qamoqqa olish haqida sanksiya berish sudlar vakolatiga o'tkazildi.

Mutaxassislarning qayd etishicha bu islohotlar boshlanganidan keyin ham noqununiy hibslar ko'rsatkichi pasaymagan va prokuratura talabi sud tomonidan rad etilish holatlari juda kam kuzatiladi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mehmonlar va faollar huquq ahvoli haqida turlicha fikrda
O'zbekistonda advokatlar "sinovlardan" shikoyat qilmoqda
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
O'zbekistonda advokatlar safi tozalanmoqda
O'zbekistonda advokatlar endi yagona palataga a'zo bo'lishi shart
O'zbekistonda huquq himoyachilarining o'zi himoyaga muhtoj
O'zbekistonda kelasi yildan boshlab o'lim jazosi bekor qilinadi
Huquq himoyachisiga qarshi jinoiy ish qo'zg'atildi
Himoyachilar himoya izlab hukumatga murojaat qilmoqdalar
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs