VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda


23/11/2009

[insert caption here]
Aholi grippning yangi turi haqida deyarli bilmaydi. Uning asoratlari va oqibatlari haqida turli mish-mishlar yuribdi.
O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligining bildirishicha, mamlakat cho'chqa grippiga qarshi kurashga tayyor. 

Rasmiylarning aytishicha kasallik shu paytgacha qayd etilmagan.

Lekin mutaxasisslar deydiki, virus O’zbekistonga yetib kelgan, hozircha epidemiya darajasida emas xolos.  

Aholi orasida cho’chqa grippining og'ir asoratlari,  jumladan H1N1 virusi tufayli o'lganlar soni ko’payayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori Erkin Musaboyevning O'zbekiston axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, izchil chora tadbirlar natijasida A (H1N1) grippini mamlakatga kirishining oldi olingan.

Mamlakatda cho’chqa grippi qayd etilganmi - yo'qmi, Musaboyev buni aniqlashtirmaydi.

“Tibbiy huquq” klinikasi rahbari, shifokor Vohid Karimovning ta’kidlahischa O'zbekistonda mazkur gripp bilan kasallanganlar yo'q deyish noo'rin, faqat bu holat hali epidemiya darajasida kuzatilmagan.

Vohid Karimov fikricha O'zbekistondagi vaziyatni epidemiya arafasida deb qayd etish to'g'riroq bo'ladi. Bir tomondan gripp mavsumi boshlangan, ikkinchi tomondan  esa ko'plab mehnat muhojirlari vatanga qaytmoqda.   

Sog'liqni saqlash vazirligining bildirishicha aholining faol qatlami grippga qarshi emlangan. Zarur dori-darmonlar zaxirasi mavjud. Gripp virusini tez aniqlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy uskunalar o'rnatilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston  A(H1N1) grippiga qarshi vaksinalarni Germaniyadan sotib olgan. Bu vaksinalar aholi uchun ancha qimmatligi ta'kidlanadi. Shu bois birinchi navbatda faol muloqot guruhiga kiruvchi kishilarni emlash lozim topilgan.

“Hozir asosan shifokorlar, o'qituvchilar va faol qatlamga kiruvchilar emlangan. Vaksina aholi uchun ancha qimmat”, -deydi Vohid Karimov.

Dori-darmonlar qimmat va ayniqsa soxta vositalar ko'paygan bir paytda cho'chqa grippi tug’dirayotgan xavf odamlar hayotini yanada qiyinlashtirgan.

“Bu chochqa grippi degani ayniqsa yurakka ta’sir qilmoqda. Agar tomoq og'riq biror asorat qoldirgan bo'lsa, odamlar astmadagi kabi nafas qisilishidan o'lib qolishayapti. Dori-darmonlarning sifati tushib ketgan, ta’siri yo`q. Emlash degan narsa unutilgan”, - deydi toshkentliklardan biri.   

Sog'liqni saqlash vazirligi aholi orasida grippga qarshi targ'ibotni  kuchaytirgani kuzatiladi. Maktablarda va boshqa jamoat joylarida xavfsizlik niqoblarini taqish majburiy belgilangan.

Yaqinda O'zbekiston cho'chqa grippi tahdidi bois Qozog'iston bilan chegarani vaqtincha yopib qo'ydi. Qirg'izistonda grippdan bir necha kishi o’lgani qayd etiladi.  

O'zbekistonda ham gripp tufayli o`lim holatlari ko`paygani tilga olinadi. Toshkentdagi 16 – shoshilinch tibbiy markazda bir necha odam cho`chqa grippidan vafot etgan. Rasmiy idoralar bu ma`lumotlarni tasdiqlamagan. 

“Shifokorlarning o'zlari aytib turgandan keyin ishonmay bo'ladimi? Tez yordamdan kelgan shifokor aytayapti. Emlash kerak odamlarni. Nega bizda bunday narsalar yo’q”? – deya kuyunadi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan fuqarolardan biri.  

A(H1N1) grippini O'zbekiston sharoitida o'zini qanday ko'rsatishi hali to'liq o'rganilmagan. 



Sharh va izohlar:

1. gripp karantin

Hamma narsa xudodan. Ajali yetgan o'ladi.
Fikr bildiruvchi: xxx (yerdan)
12-04-2009 - 09:52:13

2. Talabalar emlanmoqda

Hozirgi kunda barcha oliy o'quv yurtlari talabalari H1N1 virusiga qarshi emlanmoqda. Dekabr oyida virusning xavfi ko'payarmish...
Fikr bildiruvchi: Madina (O'zbekiston)
12-03-2009 - 13:37:08

3. himoyachi zot bor

Salom hammaga, vahima qilmanglar! Bo'lsa bo'pti-da gripp. Undanda qo'rqinchli bo'lgan kasalliklar ham bor-ku.. Bizni himoya qiladigan zotga tavvakal qilamiz. Allohu akbar! Olg'a o'zbekistonliklar....
Fikr bildiruvchi: Jasur (O'zbekiston)
12-03-2009 - 07:43:58

4. Kurash

To'g'ri O'zbekiston alohida bir o'lka emaski uni viruslar chetlab o'tsa. Lekin unga qarshi baravar kurash olib borsak, uni albatta yengamiz deb o'ylayman. Kerak bo'lsa mahalliy sharoitlarda uning davosini topishimiz kerak.
Fikr bildiruvchi: Bobur (O'zbekiston)
11-26-2009 - 12:07:58

5. Sog'lom hayot

Globallashuv jarayoni : deraza oynasi kabi uni toza havo kirsin deb ochasiz. Shunda toza havo bilan birga har turli chang to'zon kiradi. Xuddi gripp va boshqa illatlarning tarqalishi va davlatdan davlatga o'tishi ham ayni shu globallashuvning salbiy ko'rinishi. Bunga qarshi sog'lom turmushni targ'ib qilish eng yaxshi himoya deb bilaman. Har kim o'ziga mas'uliyatni olib oddiy gigiyenaga rioya qilsa, bu xavf jiddiy tus olmaydi. Sog'lom jamiyatga bu va boshqa viruslar rahna sola olmaydi! Hech qachon.
Fikr bildiruvchi: smart (O'zbekiston)
11-26-2009 - 07:30:08

6. gripp

To'g'ri, bu kasallik bizda bor-yo'qligini bilmayman, lekin vahima avjida. Odamlar orasida mish-mish kuchayip ketdi, faloncha odam o'lganmish, pismadoncha odam kasalmish... Hatto bugun, qo'y grippi tarqalibdi, bundan Hamza tumanida beshta bola o'libdi degan mish-mish eshitdim. Rosa kuldim. Balki mavsumiy gripp keng tarqalgani uchun vahimalar shunaqa kuchayib ketgandir.
Fikr bildiruvchi: Abror (O'zbekiston)
11-25-2009 - 19:36:19

7. yolg'on

Men tanigan odamlarning birontasi bu grippdan qo'rqishmayapti. Bizning xalqimiz bo'lar bo'lmasga qo'rqmaydi. Bizda bitta maqol bor: 40 yil qirg'in kelsa ham ajali yetgan o'ladi. Biz qo'rqmaymiz.
Fikr bildiruvchi: Qodirbek (O'zbekiston)
11-24-2009 - 10:01:53

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Grippning yangi turiga qarshi emlash kampaniyasi avjida
O'zbek jurnalistining Amerika taassurotlari
Amerika cho'chqa grippi vahimasida
Tabiblik insonparvarlik deb yashayotgan amerikalik
Amerikada menhat qilib vatanga qaytayotgan yoshlar
O'zbekistonda bepul tibbiy xizmat faqat qog'ozda
Cho'chqa grippi virusidan saqlanish bo'yicha tavsiyalar
Turkmaniston yoshlarni xorijga chiqarmay qo'ygan
Cho'chqa grippi tufayli haj safariga cheklovlar qo'yilmoqda
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Osiyoda xavfli virusning yangi ko'rinishlari aniqlangan
Parranda grippi Rossiya va Laos qishloqlarida kuzatilmoqda
Parranda grippi yana ko'rina boshladi - o'nlab inson hayotiga zomin bo'lgan Vietnamda
O'zbekistonda og'ir turmush sharoiti aholi salomatligini yemirmoqda
Diabetga qarshi yangi vosita ishlab chiqildi
AQSh xalqini ehtimoliy pandemiyaga qarshi tayyor turishga chaqirmoqda
 
  Bosh mavzu
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik